Reja: Aminlar. Nomlanishi, turlari, olinishi


Download 494.82 Kb.
bet1/6
Sana08.03.2023
Hajmi494.82 Kb.
#1252316
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Azot saqlovchi organik birikmalar va oqsillar


Azot saqlovchi organik birikmalar va oqsillar


Reja:


1. Aminlar. Nomlanishi, turlari, olinishi
2. Fizik va kimyoviy xossalari

3. Aminokislotalar sinflanishi, nomlanishi, olinishi va kimyoviy xossalari
4. Oqsillarni tarkibi, tuzilishi va xossalari

1. Aminlar. Nomlanishi, turlari, olinishi

Azot saqlovchi birikmalar xayotda juda katta ahamiyatga ega. Atmosfera azotning asosiy manbai bo’lib, azotni fiksatsiyasi natijasida ammiak hosil bo’ladi, so’ngra u esa organik birikmalarni hosil qiladi. Ushbu bobda ammiakni organik hosilalari aminlarning kimyosi yoritiladi. Alkilaminlarda azot sp3 gibridlangan uglerodga birikkan, arilaminlarda esa azot sp2 gibridlangan benzol uglerodiga yoki benzolga o’xshash xalqaga birikkan.
R − Ar − <
R alkil guruh Ar aril guruh alkil amin aril amin
Aminlar ammiakga o’xshab kuchsiz asoslardir. Ammo ular kuchli zaryadlanmagan asoslar bo’lib ko’p miqdorda fiziologik jarayonlarda hosil bo’ladi. Aminlar oddiy asoslar bo’lib biologik kislota-asosli reaksiyalarda ishtirok etadi; ular biologik nukleofil almashinshlarda ko’p xolatlarda nukleofildir. 1912 yilda “Vitamin” so’zi kiritildi va bu moddalar ovqat ratsionida bo’lganida singa, pellagra, avitaminoz, raxit va shu kabi kasalliklarni oldini oladi xamda ular “Vital aminlar” deb nomlanadi. Ko’pchilik xollarda ushbu fikrlar tasdiqlandi; ayrim vitaminlar aminlar ekanligi isbotlandi. Ko’pchilik xollarda vitaminlar amin emas. Shunga qaramay, vitamin degan nom bizning tilimizga kirdi va ilgari kimyogarlarga biologik jarayonlarda asosiy o’rinda ekanligi tan olingan. Spirt va galoidalkillarda uglerodda funksional guruhlarni almashinish darajasiga ko’ra birlamchi, ikkilamchi yoki uchlamchilarga sinflanadi, aminlar esa ulardan farq qilib, azotdagi almashinish darajasiga ko’ra sinflanadi. Aminlarda azot bitta uglerod atomi bilan bog’langan bo’lsa birlamchi, ikkita bilan esa ikkilamchi, uchta bilan esa uchlamchi amin deb nomlanadi.

Birlamchi amin Ikkilamchi amin Uchlamchi amin
Azotga bog’langan guruhlar alkil yoki aril guruhladan tashkil etgan bo’lishi mumkin.
Tizimli IYUPAK nomlanish bo’yicha aminlar asosan ikki hil nomlanadi: alkilaminlar yoki alkanaminlar. Birlamchi aminlar alkilaminlar deb nomlanib, azot tutgan alkil guruhi nomiga amin qo’shimchasini qo’shib hosil qilinadi. Alkanaminlar deb nomlanganda, alkil guruhi alkan deb nomlanadi va amin qo’shimchasi qo’shiladi.

Fenilamin Trimetilamin
Anilin IYUPAK nomlanishi b o’yicha benzolni amino hosilasi deb qaraladi. Anilinnni hosilalari nomlanishida raqamlanish aminoguruh birikkan uglerod atomidan boshlanadi. O’rinbosarlar alfavit tartibi bo’yicha yoziladi, raqamlanish yo’nalishi odatda “birinchi o’rindagi farq” qoidasi bo’yicha boshqariladi.

4-Ftoranilin 5-Brom- 2 -etil anilin
Arilaminlarni arenaminlar deb ham nomlash mumkin. Shunday
qilib, anilinni nomi muqobilligiga qaramasdan kamdan-kam benzolamin deb foydalaniladi.
Ikkita aminoguruh tutgan birikmalarni nomlashda tegishli alkan yoki aren nomiga - diamin qo’shimcha qo’shib nomlanadi.

1,2- propandiamin 1,6-geksandiamin 1,4 - benzoldiamin
Aminoguruhlarni sinflarini nomi va shunga o’xshash birikmalar identifikatsiyalanganda asosan kichik guruhdan kattaga qarab nomlanishi maqsadga muvofiqdir. Aminoguruhlar gidroksilguruhlar va karbonil guruhlardan ustun turadi. Ushbu holatlarda aminoguruh o’rinbosar sifatida nomlanadi.

( 4- aminobenzaldegid)
Ikkilamchi va uchlamchi aminlarni birlamchi aminlarni N atomidagi hosilasi deb qaraladi. O’xshash birlamchi aminlarda dastlab birinchi eng uzun uglerod zanjiri raqamlanadi. O’rinbosarlarni o’rnini aniqlashda aminoguruh azotiga oldiga N- qo’shimcha qo’shiladi.


Download 494.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling