Reja: Aminlar. Nomlanishi, turlari, olinishi


Download 494.82 Kb.
bet6/6
Sana08.03.2023
Hajmi494.82 Kb.
#1252316
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Azot saqlovchi organik birikmalar va oqsillar

|
Сl

    1. СН2– СООН + NН3 → СН2 – СООН + НСl

| |
Сl NН2
1. Asoslar ta’sir ettirilganda tuzlar hosil bo’ladi: R – СООН + NаОН R – СООNа+ Н2О
| | NН2 NН2
2.Kislotalar bilan tuz hosil qilinishi: R – СООН + НСl R – СООН
| | NН2 NН3Сl

  1. Spirtlar bilan murakkab efir hosil qilinishi:

R – СООН + R'– ОН R – СООR'+ Н2О
| |
NН2 NН2

  1. O’zaro ta’siri- peptid bog’ hosil bo’lishi:

2–R– СООН + NН2–R– СООН
2–R– СО– NН–R– СООН+ Н2О
4. Oqsillarni tarkibi, tuzilishi va xossalari
Oqsillar α-aminokislotalarning qoldiqlaridan tashkil topgan tabiiy yuqori molekulyar (biopolimer), murakkab tuzilishli organik birikmalardir. Oqsillar barcha o’simlik va hayvon organizmi uchun juda zarur moddalardan biridir. Ular barcha tirik organizmlarning xujayra va to’qimalari tarkibida bo’lib, muhim hayotiy vazifani bajaradi.
Oqsillar tarkibiga asosan 4ta element kiradi: uglerod, vodorod, kislorod va azot. Ba'zi oqsillar tarkibida S, P, Fe va boshqa elementlar ham uchraydi. Oqsillarning gidrolizi natijasida ko’pincha 20 hil aminokislota hosil bo’ladi.
Agar oqsil moddalar gidrolizlanganda oxirgi mahsulot sifatida faqat aminokislotalar hosil bo’lsa bunday oqsillar-proteinlar deyiladi. Bundan tashqari murakkab oqsillar-proteidlar ham bo’lib, ularning tarkibiga α–aminokislotalardan tashqari boshqa organik va anorganik moddalar ham kiradi. Oqsil tarkibiga kiruvchi α–aminokislotalar o’zaro peptid bog’i – NH−CO− bilan bog’langan bo’ladi.
Oqsil moddalarining tuzilishini o’rganish va sintezini amalga oshirish XX asrning yarimidan kuchaydi. Hozirda oqsillarning birlmchi, ikkilamchi, uchlamchi va to’rtlamchi tuzilishlarini aniqlash va sintez qilishda ko’pgina muvaffaqiyatlar qo’lga kiritildi.
Hozirda oqsil kimyosi oldida turgan asosiy vazifa laboratoriya sharoitida yoki kimyo sanoatida oqsillarning sintezini amalga oshirishdir. Bu juda murakkab masala. Bu muammo hal bo’lsa, butun insoniyat muqarrar ulug’ yutuqqa ega bo’ladi. Chunki bu masala yechilganda tibbiyot, texnika va boshqa sohalarda qo’llaniladigan nihoyatda katta boylik yaratiladi. Oziq-ovqatni biokimyoviy va sintetik usullarini hosil qilish muammosi yechiladi.
Hujayra tarkibiga kiruvchi barcha organik birikmalar ichida oqsillar alohida o’rinni tutib, o’ziga xos bo’lgan biologik vazifalarni bajaradi. Oqsillar hujayra tuzilishida va funksiyasida alohida o’rinni tutib, genetik informatsiyani nasldan naslga o’tkazishda asosiy vositachi bo’lib xizmat qiladi. Shuning uchun ham tirik organizmlarning hayot faoliyatining barcha jarayonlarida ham hal qiluvchi vazifani bajaradi. Oqsillarni proteinlar ham deyiladi. Protein so’zi grekchadan olingan bo’lib (protosbirlamchi, muhim demakdir).
Ko’pchilik oqsil eritmalari konsentrlangan nitrat kislota bilan reaksiyaga kirishib, sariq yoki to’q sariq (zarg’aldoq) rang beradi. Bu reaksiya oqsil molekulasidagi aromatik (xalqali) aminokislotalar (fenilalanin, tirozin, triptofanlar) ga xos bo’lib, ular nitrat kislota bilan o’zaro reaksiyaga kirishib, sariq rangli nitrobirikmalarni hosil qiladi:

Tarkibida oltingugurt bo’lgan oqsillar ishqor bilan qizdirilsa parchalanib, oltingugurt sulfid hosil qiladi. Sulfid esa qo’rgoshin atsetat bilan reaksiyaga kirishib jigar rang yoki qora rangga ega bo’lgan qo’rg’oshin sulfid cho’kmasini hosil qiladi.

B ilasizmi?
Birlamchi tuzilishi birinchi bo’lib aniqlangan oqsil- insulin hisoblanadi (1954). Insulin molekulasi ikki polipeptid zanjiridan iborat bo’lib, ularning birida 21ta, ikkinchisida 30ta aminokislota qoldig’i mavjud. Uning sintezini amalga oshirishda birinchi polipeptid zanjirini hosil qilish uchun 89 ta reaksiya, ikkinchisi uchun 138 ta reaksiya o’tkazishga to’g’ri kelgan.
Olimlarning fikricha yaqin 10-20 yildan keyin yuqori sifatli oqsillar sintez qilishga qobil sun'iy bakteriyalar yaratiladi, ularning yordamida istalgancha yuqori sifatli oqsillar (sun'iy oziq moddalar) tayyorlash imkoniyati tug’iladi.
Download 494.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling