Mundarija 1
Download 226 Kb.
|
БКМ 4-курс.Чилонзор тумани лотин
1. CHilonzor tumani Bandlikka ko‘maklashish markazining tarixi va tashkiliy tuzilishi O‘zbekiston mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlab mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash, halqimiz hayotini farovon qilish uchun hamma sohalarda yaratuvchilik ishlari amalga oshirilmoqda. Ana shu sa’y-harakatlar tufayli bugun mamlakatimiz barqaror iqtisodiy rivojlanish yo‘liga o‘tdi, aholi ichida mulkdorlar qatlami paydo bo‘ldi, shular tufayli oilalar daromadi muntazam ko‘payib bormoqda, davlatimizning jahon hamjamiyati oldidagi obro‘-e’tibori tobora oshib bormoqda. Ushbu o‘zgarishlar asosini izchil islohotlar, iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlarida ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatishning bir tekisda barqaror o‘sishi tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Aholining hojatmand qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2016 yil 22 fevraldagi PF-4782-son Farmonini va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2016 yil 24 fevraldagi PQ-2498-son dan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mehnat organlari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2016 yil 20 apreldagi 117-son qarori qabul qilindi. Ushbu qaror vazirlik tizimida bir qator tuzilmaviy va funksional vazifalarni yanada takomillashtirish lozimligini belgilab berdi. Men amaliyot o‘tagan Toshkent shahar CHilonzor tumani Bandlikka ko‘maklashish markazi bandlik va mehnatni muhofaza qilish sohasiga oid normativ-xuquqiy xujjatlarga asoslanib faoliyat yuritadi. Mehnatga oid asosiy Qonun xujjatlarga “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksini kiritish mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2016 yil 20 apreldagi “Mehnat organlari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 117-son karori asosida Toshkent shahar CHilonzor tumani Bandlikka kumaklashish markazi Nizomi ishlab chikilgan bulib, u tuman Bandlikka kumaklashish markazining (keyingi urinlarda - Markaz deb ataladi) makomi, vazifalari, funksiyalari, vakolatlari va faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilab beradi. Markaz O‘zbekiston Respublikasi Mexnat vazirligining tashkiliy tizimi bulib, mintakaviy asosda Toshkent shahar Mexnat bosh boshkarmasiga, xamda tuman xokimligiga bo‘ysunadi va xisobot beradi. Markaz davlat boshkaruvining tuman bandlikka kumaklashish organi xisoblanadi. Markaz o‘z faoliyatini davlat boshkaruvining boshka mahalliy organlari, jamoat tashkilotlari, korxona va muassasalar bilan hamkorlikda olib boradi. Markaz tizimiga maxalla fukarolar yiginlarida ish bilan ta’minlash turgun (statsionar) punktlari kiradi. Ish bilan ta’minlanishga muhtoj aholini hisobga olish va ular bo‘yicha ma’lumotlar bankini shakllantirish bo‘limi Ishsizlarni kasbiy o‘qitish, jamoat ishlarini tashkil qilish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash guruxi Davlat mehnat huquq inspektorlari Vakansiyalar bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish Buxgalteriya va tashkiliy-xuquqiy guruh Ishga joylashtirish bo‘yicha mahalla fuqarolik yig‘inlari xuddudlari bo‘yicha biriktirilgan inspektorlar guruxi. Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlovchi markaz. Download 226 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling