Mundarija 1


-jadval Chilonzor tumanida ishsizlarni ishga joylashtirish va kasbga o‘qitish holati


Download 226 Kb.
bet7/10
Sana26.01.2023
Hajmi226 Kb.
#1128330
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
БКМ 4-курс.Чилонзор тумани лотин

2-jadval
Chilonzor tumanida ishsizlarni ishga joylashtirish va kasbga o‘qitish holati




2019 yil

2020 yil

Ishga joylashtirish

Kasbga o‘qitish

Ishga joylashtirish

Kasbga o‘qitish

Yanvar

49

31

84

34

Fevral

57

27

48

17

Mart

41

28

61

15

Aprel

34

39

115

19

May

15

13

125

25

Iyun

59

35

110

31

Iyul

154

27

120

31

Avgust

76

24

80

25

Sentyabr

84

37

120

26

Oktyabr

14

19

84

31

Noyabr

10

22

58

16

Dekabr

17

22

35

-

Jami

610

324

1040

301

Tumanda 2019 yilda Bandlikka ko‘maklashuvchi markazga murojat qilganlardan 610 kishi ishga joylashtirilgan, kasbga o‘qitilganlar 324 kishini tashkil qilgan. 2020 yilda esa 1040 kishi murojati bo‘yicha ishga joylashtirildi va 301 kishini tashkil qildi.


Mehnat bo‘limlarida fuqarolarni ro‘yhatga olish, ularni ishga joylashtirish, ishsizlik nafaqasini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida Nizom qabul qilingan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi «Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq ishlab chiqilgan, hamda O‘zbekiston Respublikasining barcha hududida mehnat bo‘limlariga ish qidirib murojaat qilgan fuqarolarni ro‘yhatga olish va ishga joylashtirish hamda ishga va ish haqiga (mehnat daromadiga) ega bo‘lmagan shaxslarni ishsiz deb e’tirof etish, ularga nafaqalar tayinlash va to‘lashning yagona tartibini belgilab beradi.
Ishga va ish haqiga (mehnat daromadiga) ega bo‘lmagan hamda ish bilan ta’minlangan, biroq ish o‘rnini, kasbini o‘zgartirish istagini bildirgan shaxslar davlat tomonidan kafolatlangan, mazkur Nizom tomonidan belgilab berilgan tartibda, mehnat bo‘limlarining ko‘maklashuvida ishga joylashish, kasbiy maslahatlar olish, kasbiy tayyorgarlik va qayta tayyorgarlik, malaka oshirish, axborotlar olish va ijtimoiy-quvvatlanish huquqiga egadirlar.
Mehnat bo‘limlari ishsiz fuqarolarga axborotlar, maslahatlar berib borish, ishga joylashtirish, kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish va ijtimoiy qo‘llab - quvvatlash bo‘yicha bepul xizmatlar ko‘rsatadilar.
Fuqarolarga mehnat bo‘limlari tomonidan xizmatlar ko‘rsatishning asosiy shartlaridan biri - ularning tuman (shahar) mehnat, axolini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoya qilish bo‘limi(bundan keyin mehnat bo‘limi)ga ushbu Nizomda belgilangan tartibda ro‘yhatga olinish uchun murojaat qilishlaridir.
Ayrim hollarda ish bilan ta’minlanmagan aholini hisobga olish - ularning mehnat bo‘limlariga bevosita murojaatisiz amalga oshirilishi mumkin.
Fuqarolarni yashash joyi bo‘yicha ro‘yhatga olishni fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining hududlariga biriktirilgan mehnat bo‘limining xodimlari, bevosita mehnat bo‘limida esa - mansab vazifalariga ish bilan ta’minlanmagan va ishsiz aholini ro‘yhatga olish va hisobini olish vazifalari yuklangan mehnat bo‘limi mutaxassislari amalga oshiradilar.
Mehnat bo‘limlariga maslahatlar olish uchun murojaat qilgan fuqarolarni ro‘yhatga olish - ish o‘rnini, yashash joyini, kasbini o‘zgartirish hamda mehnat faoliyatini boshlash, qaytadan boshlash, kasbiy tayyorgarlikdan, qayta tayyorgarlikdan yoki malakasini oshirishdan o‘tish istagini bildirgan shaxslarni hisobga olish maqsadida amalga oshiriladi.
Mehnat bo‘limlarining maslahatlariga muhtoj bo‘lgan fuqarolar, ularning doimiy yashash joylari qaerda bo‘lishidan qat’iy nazar, istalgan mehnat bo‘limiga murojaat qilishi hu quqiga egadirlar.
Mehnat bo‘limlariga maslahatlar olish uchun murojaat qilgan fuqarolarga nisbatan ularni ro‘yhatga olishda yoshi va boshqa tomonlari bo‘yicha cheklashlar belgilanmaydi.
Maslahatlar olish uchun murojaat qilgan fuqarolar «Maslahatlar olish yuzasidan murojaat qilgan fuqarolarni hisobga olish bo‘yicha ro‘yhatga olish daftari»da ro‘yhatga olinadilar. Bu daftarda quyidagi ma’lumotlar qayd qilinadi:

  • tartib raqami:

  • maslahatlar olish uchun murojaat kilgan sanasi 2

  • familiyasi, ismi va otasining ismi

  • tug‘ilganlik sanasi va joyi

  • doimiy yashash joyi (manzili)

  • ma’lumoti

  • ish joyi (bo‘lgan taqdirda)

  • murojaat etish sabablari

  • maslahatlar davomida berilgan axborotlarning qisqacha bayoni

  • izohlar.

Ro‘yhatga olish daftarini mehnat bo‘limining xodimi imzo chekib oladi va u to‘liq to‘ldirgandan keyin mazkur xodim tomonidan mehnat bo‘limiga qaytarib beriladi.
Maslahat olish yuzasidan ro‘yhatga olingan shaxslar to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlar. Ro‘yhatga olish varaqasiga murojaat qiluvchining so‘zlari asosida yozib qo‘yiladi va odatda, ularning hujjatlari orqali tasdiqlash talab qilinmaydi.
Maslahatlar olish uchun murojaat qilgan fuqarolarga yuridik va ijtimoiy mazmunga ega va mehnat bo‘limlari vakolatlariga kiruvchi boshqa, jumladan, fuqarolar tomonidan o‘zining xususiy ishini tashkil qilish imkoniyatlari va yo‘llar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham berilishi mumkin.
Ish qidiruvchilarni ro‘yhatga olish - qonunchilik tomonidan belgilangan tartibda ishga joylashtirish, kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga muhtoj bo‘lgan shaxslarni hisobga olish maqsadida amalga oshiriladi.
Ish kidirayotgan shaxs sifatida ro‘yhatga olish fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari hududiga biriktirilgan mehnat bo‘limi tomonidan ish qidirayotgan shaxsning yashash joylarida, ish bilan ta’minlanmagan aholini va ishsizlarni hisobga oluvchi xodim tomonidan ro‘yhatga olish, ish bilan band bo‘lmagan aholini va ishsizlarning hisobini oluvchi tegishli xodim tomonidan bevosita mehnat bo‘limida amalga oshirilishi mumkin.
SHu bilan birga, har bir mehnat bo‘limida, ana shu tuman (shahar) hududida doimiy istiqomat kiluvchi shaxslargina ro‘yhatga olinadilar.
Ish qidiruvchi fuqarolar mehnat bo‘limi xodimiga shaxsan quyidagi hujjatlarni topshiradilar:
- pasport yoki uning o‘rnini bosadigan va shaxsini tasdiqlaydigan o‘zga hujjat:
- mehnat stajini tasdiqlaydigan mehnat daftarchasi yoki boshqa hujjat (ilgari ishlamagan bo‘lsa bundan mustasno);
- ma’lumoti to‘g‘risida hujjat asl nusxasi yoki tartibda tasdiklangan nusxasi;
- kasbining yoki malakasining mavjudligini tasdiqlaydigan hujjat, uning asl nusxasi yoki o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan ko‘chirma nusxasi - kasbga ega bo‘lgan fuqarolar uchun;
- ish haqi to‘g‘risida ma’lumotnoma (mehnat daromadi, faoliyatining boshqa turlari bo‘yicha daromadlar) oxirgi 12 oy uchun joyidan yoki solik organlaridan (yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyatidan daromad olgan shaxslar uchun) - ilgari ishlagan, shu jumladan, sud hukmi bilan belgilangan jazo muddatini o‘tish muassasalaridan bo‘shatilgan shaxslar uchun.
Mehnat bo‘limiga ish qidirib murojaat kilgan har bir fuqaroga «Ish kidirayotgan fuqaroni SHaxsiy hisobga olish varaqasi» va zarur bo‘lganda, unga Qo‘shimcha varaqa ochiladi.
«Ish qidirayotgan fuqaroning shaxsiy hisobga olish varaqasi», agar fuqaro bevosita mehnat bo‘limiga murojat qilsa, ish bilan band bo‘lmagan aholini va ishsizlarni hisobga olish bo‘yicha mehnat bo‘limi xodimi tomonidan to‘ldiriladi.
Agar ish qidirayotgan fuqaro o‘zini o‘zi boshqarish organi hududiga biriktirilgan xodimga murojaat qilsa, unga SHaxsiy hisobga olish varaqasidan tashqari, Qo‘shimcha varaqa to‘ldiriladi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi hududiga biriktirilgan xodim tomonidan SHaxsiy hisobga olish varaqasining Qo‘shimcha varag‘ining o‘z vaqtida takdim qilish imkoniyati bo‘lmagan takdirda, ushbu xodim Qo‘shimcha varakdagi ish qidiruvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni mehnat bo‘limiga SHaxsiy hisobga olish varaqasiga kiritish uchun telefon orqali berish shart.
Ish qidirayotgan shaxslarni ro‘yhatga olish va hisobini yuritishni amalga oshiradigan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi xududiga biriktirilgan mehnat bo‘limi xodimi 5 kundan kechiktirmasdan, SHaxsiy hisobga olish varaqasining Qo‘shimcha varag‘idagi barcha o‘zgarishlar (yangi yozuvlar) to‘g‘risida, ularni o‘z vaqtida bevosita SHaxsiy hisobga olish varaqasiga kiritish uchun mehnat bo‘limiga xabar berishi shart.
Ish qidiruvchi sifatida mehnat bo‘limida ro‘yhatdan o‘tgan xar bir shaxsga mehnat bo‘limi xodimi tomonidan, uning kasbiy tayyorgarligiga, ish tajribasi va stajiga, sog‘ligi va yoshiga mos keladigan maqbul keladigan ish hamda korxona, tashkilot, muassasalar tomonidan mavjudligi tasdiqlangan bo‘sh ish o‘rinlarining soniga muvofiq, o‘qish yo‘nalishlari transport qulayligini e’tiborga olgan holda taklif qilinadi.
Ish qidirayotgan shaxsga maqbul keladigan ish topilmasa va ishga joylashtirish imkoniyati bo‘lmasa, u – ishsiz deb e’tirof etilib, mazkur Nizomda beligilangan tartibda unga nafaqa tayinlanadi.
Mehnat bo‘limlari tomonidan ish qidiruvchi shaxslarga ish taklif qilish va ishga joylashtirish faqatgina ular uchun maqbul keladigan ish bo‘yicha amalga oshiriladi.
Keyingi yillardagi iqtisodiy o‘zgarishlar aholini ish bilan band qilish muammosini murakkablashtirmoqda. CHunki mehnat resurslarining mehnatda band bo‘lish tarkibi o‘zgarmoqda. Bugungi kunning dolzarb bo‘lgan vazifasi mehnat resurslarini iqtisodiyot tarmoqlari o‘rtasida intensiv ravishda qaytadan taqsimlash, aholining mehnatda band bo‘lish tarkibini, tuzilishini aholiga xizmat ko‘rsatuvchi sohalar va yakka tadbirkorlik hisobiga o‘zgartirishga qaratilgan ishlar olib borilmoqda.
Hozirgi kunda aholini ish bilan ta’minlashning quyidagi yo‘nalishlari mavjud:
-davlat va nodavlat tizimlari mablag‘lari hisobidan ishlab chiqarishni tarkibiy jihatdan qayta tuzish dasturlarini amalga oshirish va shunga ko‘ra mehnat resurslarini taqsimlash;
-ishchi kuchi taklifi va unga bo‘lgan talabni iqtisodiy va huquqiy vositalar orqali tartibga solish;
-ishsizlarning va mehnat bozorida raqobatlasha olmaydigan aholi tabaqalarining ijtimoiy himoyasini ta’minlash uchun mahsus tadbirlar ko‘rish;
-ishchi kuchi sifatini oshirish;
- aholining iqtisodiy faolligini rivojlantirish;
-yakka tadbirkorlik va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash va boshqalar.
Respublikadagi iqtisodiy o‘zgarishlar aholini ish bilan band qilish muammosini hal qilishga qaratilmoqda. CHunki mehnat resurslarining mehnatda band bo‘lish tarkibi o‘zgarmoqda. Bugungi kunning dolzarb bo‘lgan vazifasi mehnat resurslarini iqtisodiyot tarmoqlari o‘rtasida intensiv ravishda qaytadan taqsimlash, aholining mehnatda band bo‘lish tarkibini, tuzilishini aholiga xizmat ko‘rsatuvchi sohalar va yakka tadbirkorlik hisobiga o‘zgartirishga qaratilgan ishlar olib borilmoqda.

Download 226 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling