Mundarija 1


Chilonzor tumani Bandlikka ko‘maklashish markazida xodimlar soni va tarkibi


Download 226 Kb.
bet8/10
Sana26.01.2023
Hajmi226 Kb.
#1128330
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
БКМ 4-курс.Чилонзор тумани лотин

5. Chilonzor tumani Bandlikka ko‘maklashish markazida xodimlar soni va tarkibi
CHilonzor tumanidagi mavjud mehnat resurslaridan yuqori darajada foydalanish hududda amal qilayotgan mehnat bozorining faoliyat ko‘rsatishi bilan chambarchas bog‘liq. Mehnat bozori esa o‘z navbatida huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, demografik, tabiiy shart-sharoitlar asosida va bir qator omillar ta’siri ostida shakllanadi va amal qiladi.
Tumanda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash va aholini ish bilan bandligini oshirish davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
Mehnat resurslarini Chilonzor tumani iqtisodiyoti sohalarida oqilona taqsimlanishi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning imkonini beradi. Mehnat resurslari soni mehnatga layoqatli yoshdagi aholi soni va mehnatga layoqatli yoshdan kichik va katta yoshdagi ishlovchilar soni yig‘indisi sifatida quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:

MR = MLA + IO‘P, bunda:


MR - mehnat resurslari;


MLA -mehnatga layoqatli yoshdagi aholi;
IO‘P - ishlayotgan o‘smirlar va pensionerlar.

Mustaqil ravishda ish qidirayotganlar soni ishga joylashtirishga ehtiyoj sezadigan aholining hisoblangan sonidan hisobot davri oxiridagi holati bo‘yicha Bandlikka ko‘maklashish tuman markazida rasman ishsizlar sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan shaxslar sonini chiqarib tashlash yo‘li bilan quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:


IM = IB - RR, bunda:

IM - ish bilan band bo‘lmaganlar, mustaqil ravishda ish qidirayotganlar;


IB - ishga joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band bo‘lmagan aholi (ishsizlar);
RR - ishga joylashtirishga muhtoj bo‘lganlarni aniqlash paytida rasman ro‘yxatdan o‘tkazilgan ishsizlar.
Ishga joylashtirishga muhtoj shaxslar (ishsizlar) soni mehnat resurslari sonidan mehnat bilan bandlar sonini va iqtisodiy faol bo‘lmaganlar sonini chiqarib tashlagan holda quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
MM = MRA - B - IFA, bunda:
MM - ishga joylashtirishga muhtoj band bo‘lmagan aholi (ishsizlar);
MR -mehnat resurslari;
B - bandlar;
IFA - iqtisodiy faol bo‘lmagan aholi.
3-jadval

Download 226 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling