Mundarija 1


Chilonzor tumani bandlikka ko‘maklashish markazi faoliyatida foydalanadigan asosiy, me’yoriy xujjatlar


Download 226 Kb.
bet4/10
Sana26.01.2023
Hajmi226 Kb.
#1128330
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
БКМ 4-курс.Чилонзор тумани лотин

3.Chilonzor tumani bandlikka ko‘maklashish markazi faoliyatida foydalanadigan asosiy, me’yoriy xujjatlar

Davlat mehnat huquq inspeksiyasi Chilonzor tumani bandlikka ko‘maklashish markazining tarkibiy bo‘linmasi bo‘lib, Mehnat vazirligi Davlat mehnat huquq inspeksiyasining quyi bo‘linsi hisoblanadi.


Inspeksiya vazirliklar, idoralar, hokimliklar, shuningdek, qaysi idoraga qarashliligi, mulkchilik va xo‘jalik yuritish shaklidan qat’iy nazar, barcha korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va mulkdorlar tomonidan mehnat va aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qonunlarga qanday rioya qilinayotganligi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi.
Chilonzor tumanida Davlat mehnat inspektori lavozimida oliy yuridik ma’lumotga va mazkur mutaxassislik bo‘yicha kamida uch yil ish tajribasiga ega bo‘lgan shaxs ishlaydi.
Tuman davlat mehnat huquq inspeksiyasining (inspektorlarining) asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- idoraviy bo‘ysunishidan, mulkchilik va xo‘jalik yuritish shaklidan qat’i nazar, barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, vazirliklar, hokimliklar, konsernlar, uyushmalarda ma’muriyat, mulkdor tomonidan mehnat qonunlari va «Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga qanday rioya qilinayotganligi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish.
- mehnat qonunlari va «Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunini buzishlarni ma’muriyat tomonidan bartaraf etish haqidagi davlat mehnat huquq inspeksiyasi yozma ko‘rsatmalarining huquqiy vositalar bilan bajarilishini ta’minlash.
-mehnat vazirligining tarkibiy bo‘linmalariga mehnat qonunlari va «Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining bajarilishini nazorat qilish va huquqiy yordam ko‘rsatishda ko‘maklashish.
- mehnat qonunlari va «Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni bo‘yicha aholi o‘rtasida axborot-tushuntirish ishlarini olib borish.
- mehnat qonunlari va «Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunini bajarish bo‘yicha vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, korxonalar va muassasalarning ish tajribasini o‘rganish, ularga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish.
Davlat huquq inspektori quyidagi xuquqlarga egadir:
1. Mehnat haqidagi qonunlarga hamda «Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi Qonunga rioya qilinishini, shuningdek ma’muriyat tomonidan jamoa shartnomasi shartlari, mehnat bitimlarining bajarilishini va ularning amaldagi qonun hujjatlariga muvofiqligini nazorat qilish maqsadida vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, uyushmalar, konsernlar, birlashmalar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarni belgilangan tartibda tekshirish.
2. Tekshirish jarayonida paydo bo‘ladigan masalalar yuzasidan mulkdorlar va mansabdor shaxslardan tegishli ma’lumotlar, hujjatlar va tushuntirishlar olish.
3. Nazorat qilish maqsadidagi barcha hujjatlar va boshqa ma’lumotlar bilan tanishish.
4. Mulkdorlardan va boshqa mansabdor shaxslardan O‘zbekiston Respublikasining mehnat haqidagi va aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qonunlar buzilishlari aniqlangan hollarda ularni bartaraf etishni talab qilish.
5. Mehnat haqidagi va aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qonunlarning yo‘l qo‘yilgan buzilishlarini bartaraf etish uchun vakolatli mansabdor shaxslar bajarishlari majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar berish (1-ilova)*.
6. Mehnat haqidagi va aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qonunlarning buzilishida aybdor bo‘lgan mansabdor shaxslarga amaldagi qonunlarda belgilangan miqdorda jarima solish
7. Mehnat haqidagi va aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qonunlarning qo‘pol ravishda buzilishida aybdor bo‘lgan mansabdor shaxslarga nisbatan chora ko‘rish uchun korxonalar va tashkilotlarning yuqori organlariga yoki huquqni muhofaza qilish organlariga taqdimnomalar kiritish.
8. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, birlashmalar, korxonalar, tashkilotlar, muassasalarning mehnat haqidagi va aholini ish bilan ta’minlanish to‘g‘risidagi qonunlarga zid bo‘lgan buyruqlari va boshqa me’yoriy aktlarining amal qilishini to‘xtatib qo‘yish, zarur bo‘lgan hollarda esa belgilangan tartibda ularni bekor qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga takliflar kiritish.

Download 226 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling