Mundarija bеt
Po‘lat 40X (GOST 4543-71) materialining mexanikaviy xossalari
Download 0.49 Mb.
|
PZ
Po‘lat 40X (GOST 4543-71) materialining mexanikaviy xossalari
Po‘lat 40X (GOST 4543-71) materialiga mexanik ishlov berish unchalik qiyinchalik tug‘dirmaydi. Oson ishlov beriladi va qattiq qotishmali (asosan TK tipidagi) kesuvchi asboblar bilan ishlov berish maqsadga muvofiq. Xrom-nisbatan arzon element bo‘lib po‘latlarni ligerlash maqsadida ishlatiladi.U konstruksion po‘latlar sinfiga kirib tarkibida qisman erigan ferrid, qisman sementitda erib, karbid qo‘shimchalar xosil qiladi. 15X, 20X markali xromli po‘latlar asosan oddiy formali kichik o‘lchamli 1-1,5 mm chuqurlikgacha sementitlanadagan detallar ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Xromli po‘latlarni moylarda sovutib sementitlangan po‘latlarni toblaganda asosan oraliq parchalanish sodir bo‘lib detalning o‘rta qismi beynit strukturasidan tashkil topadi. Shuning uchun xromli po‘latlar uglirodli po‘latlarga nisbatan yo‘qori mustaxkamlik xossalariga ega bo‘lib detalning markaziy qismi kam plastiklikka ega va sementitlangan qatlam mustaxkamligi juda yo‘qori bo‘ladi. Xromli po‘latlar o‘ta qizish xususiyatmga ega bo‘lib (uglerodli po‘latlardan kamroq) va sementitlanganligi uchun tashqi sirti ko‘p uglerodli po‘latlarga xos bo‘ladi. Xromli po‘latlarning toblanuvchanlik darajasi unchalik yo‘qori emas. Xromli po‘latlar bo‘shatilgandan keyingi murtlikka ega bo‘lib asosan yo‘qori temperaturalarda sovutish tezligi oshirilib bo‘shatilishi kerak. Massiv detallar esa suvda bo‘shatiladi bunday po‘latlarga 0,1-0,2%gacha vannadi qo‘shish orqali ularning mexanik xossalari oshiriladi (40XFA) asosan qovushqoqligi ularning bir oz qaynashi orqali donadorligi maydalanadi toblanuvchanligi esa oshmaydi. Xrom vannadiyli po‘latlar asosan yo‘qori dinamik kuchlanishlarga ishlovchi detallar tayyorlash uchun ishlatiladi. Xromli po‘latlarga oz miqdorda bor elementi qo‘shish orqali (0,002-0,005%gacha) po‘latlarning toblanuvchanligi oshadi, lekin po‘latning sovuqlayin sinish xususiyati ko‘payadi. Bor qo‘shilgan xromli po‘latning toblanuvchanligi yo‘qori bo‘lib toblash vaqtidagi kritik diametri 30-45 mm tashkil qiladi (moyda toblanganda kritik diametr 20-30mm tashkil qiladi).Bor bilan legirlangan qo‘yidagi markali 35XR (40XR) xromli po‘latlarning mexanik xossalari qo‘yidagicha: и Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling