Mundarija bеt
Download 0.49 Mb.
|
PZ
Quyimlarni hisoblash
Mashinasozlikda talab etilgan aniqlik va sifat ko‘rsatgichlariga javob beradigan detallarni tayyorlash xomashyodan ma'lum bir kattalikdagi metall qatlami-kuyimni kesuvchi asboblar yordamida kesib olib tashlash usullari yordamida amalga oshiriladi. Shunday qilib quyim - bu xom ashyoga mexanik ishlov berish jaryonida talab etilgan o‘lchamlarini ularni chetlanishlar doirasida va yuza g‘adir-budirligini ta'minlash maqsadida olib tashlandigan metall qatlami. Detal chizmasida ko‘rsatilgan o‘lchamlarini chetlanishlariga va yuza g‘adir-budirligiga quyilgan talab qancha yuqori bo‘lsa, shuncha ko‘p marta mexanik ishlov berish (texnologik o‘tishlar) shart bo‘ladi. O‘z navbatida har bir texnologik o‘tish uchun quyimlar miqdori hisoblanadi. Detal yuzasining talab etilgan tozaligini va aniqligini ta'minlash maqsadida har bir texnologik o‘tishda olib tashlangan quyimlarning yig‘indisi umumiy quyim miqdorini tashkil qiladi. Quyimlar miqdori analitik usulda va jadvallar yordamida aniqlanadi. 130k6 tashqi yuzasiga mexanik ishlov berish uchun quyimlarni va oraliq o‘lchamlarni hisoblaymiz. Xom ashyo Truba 168-40-40X GOST 23270-89 bo‘lib massasi 151.52 kg ni tashkil qiladi. Detalga mexanik ishlov berishning texnologik o‘tishlari quyidagicha: detalni xomaki va tozalab yunish va jilvirlashdan iborat. Detalni bazasi bo‘lib uning markaziy o`qi xizmat qiladi. Ishlov berishda detalni o‘rnatish sxemasi. 130k6 yuzaga quyimlarni hisoblashni quyim elementlarini va texnologik o‘tishlarni jadvalga kiritishdan boshlaymiz. Prokat xom ashyoning holatini hisobga oluvchi Rz va T larning qiymati mos ravishda 150 mkm va 250 mkm ni tashkil qiladi [1.63]. Xomaki ishlov berishdan keyin Rz = T = 50 mkm, tozalab ishlov berishdan keyin Rz = T = 30 mkm. Jilvirlash uchun Rz = 5 mkm, T = 15 Olingan natijalarni hisoblash jadvaliga kiritamiz. Mexanik ishlov berish texnologik o‘tishlarining oraliq o‘lchamlari va quyimlarni hisoblash jadvali
Bu turdagi xom ashyo uchun fazoviy chetlanishlarning yig‘indi qiymati quyidagicha topiladi Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling