Mundarija: Bob. Mingtepa arxeologik yodgorligi
Mingtepa mustaqillik yillarida
Download 49.85 Kb.
|
Marhamat tumani haqida
Mingtepa mustaqillik yillarida
Ozod va obod Vatanimizda Mustaqilligimiz quyoshi porlagandan beri o’tmishimizga e’tibor kuchaydi. O’zlikni anglash davri boshlandi. Mamlakatimizda xalqimiz uchun mo’’tabar bo’lgan tarixiy joylarni asrash va ularni o’rganishga e’tibor qaratildi. Eng muximi natijalar salmoqli. Mingtepaning ming birinchi tepaligi deb e’tirof etilayotgan O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf “O’zbekiston” she’rida “Rimni alishmasman bedapoyanga”, deb daholarcha bashorat qilgan edi. CHindanda Olloh Mingtepa ostida qadimiy shahar borligini shoirning diliga solgan ko’rinadi. Haqiqatdan ham 2015-2016 yillari o’zbek-xitoy ekspeditsiyasi 2 metrdan ziyod yer ostidan bo’yi 1,7-2 metr keladigan ayrimlari himoyalangan xumlar joylashgan zaxira omborini topishga muvoffaq bo’ldi. Qazilma ishlari olib borilgan paytda ustaxonalar xarobalari, ichki shahar g’arbiy darvozalarining qolgan qismi va tashqi shahar sharqiy devori yonidagi qabriston topilgan. Bu 300 gektardan ortiq yer ostida qolib ketgan qadimiy shaharni ochishga qo’yilgan birinchi qutlug’ qadam bo’ldi. Mingtepa shahar xarobasining salohiyati va bugungacha saqlanib qolgan xolatiga e’tibor qaratsak, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologiya institutining Xitoy Xalq Respublikasi Ijtimoiy Fanlar Akademiyasi instituti bilan 2012 yildan beri olib borayotgan arxeologik qazishma ishlari natijasi bo’yicha olimlarning xulosasiga ko’ra undagi tepaliklar 64 ta bo’lib xozirgi kunda ellik ikkitasi saqlanib qolgan. Qal’aning ichki qismidagi markaziy tepalikning madaniy qatlami 10 m.dan ortiq. Eng quyi qatlami miloddan avval IV asrga oid. Bu yerda shahar arki bo’lgan tepalik saqlanib qolgan. Mingtepa mudofaa devorining har 38-40 m. masofasida kuzatuv minorasi o’rnatilib, uning uzunligi 18 m. eni 9 m, balandligi 5-6 m.ga yetadi. Topilmalar: toshyo’lak, ishlab chiqarish korxonasi, har xil o’lchamdagi xumlar, tosh, sopol, suyak qoldiqlari, hatto bir tomonida jangchi va ot, ikkinchi tomoniga ot yoki kiyikka o’xshash hayvon surati tushirilgan sopol parchasi topildi. SHaharning janubiy va g’arbiy darvozalarining o’rni va ularga tutash ko’chalarning o’rinlari aniqlandi. SHuningdek, shaharning mudofaa tizimi o’rganilib, ulardagi minoralar qurilishi bosqichlari haqida ilmiy asoslarga ega bo’lindi. Bu qadimiy mudofaa devorlari yaxshi pishirib tayyorlangan g’isht va paxsalardan tiklangan bo’lib ming yillar o’tsa ham o’zining sifatini va mahobatini saqlab qolganligi bilan kishini hayratga soladi. Shaharning tuzilishi, mahobati, bu yerda qadimiy hunarmandchilikni yuksak darajada rivojlanganligidan darak beradi. Hunarmandchilikning toshtaroshlik, kulolchilik, to’qimachilik, temirchilik kabi sohalari ancha rivojlanganligi bu yerdan chiqqan moddiy ashyolardan bilish mumkin. Sopollar qo’lda, yopma usulda va kulolchilik charhida tayyorlangan. Sopol idishlar yuksak did bilan nafis etib tayyorlangan bo’lib, ba’zilariga tirnab gul solingan. Topilmalarga tushirilgan rasmlar yuksak mahorat bilan ishlangan. “Bunday kompozitsiyali rasm vodiy kulolchiligida birinchi marta topildi”, deydi O’zbekiston-Xitoy xalqaro ekspeditsiya rahbari, tarix fanlari doktori, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Arxeologiya instituti prfessori B.X.Matboboev. Xitoy yozma manbalarida yoritilgan bu mahobatli qal’a ajdodlarimizni bir necha bor tashqi saltanatlar xujumidan himoya qilib qolganligini, xozirda u qadimgi shaharsozlik madaniyatini o’zida yaxshi saqlaganligini hisobga olib va yuqoridagi ilmiy izlanishlar, arxeologik topilmalar va xulosalardan kelib chiqib aytish mumkinki, Mingtepa shahar xarobasi Vatanimiz tarixida muhim o’rin egallovchi tarixiy yodgorlik hisoblanib, yurtimizning qadim o’tmishi, xatto ta’bir joiz bo’lsa ta’kidlash o’rinliki, insoniyatning ko’xna tarixidan so’zlovchi qadimiy yodgorlik ekanligi ma’lum bo’ldi. Download 49.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling