Mundarija: Bob. Mingtepa arxeologik yodgorligi


Download 49.85 Kb.
bet7/7
Sana30.01.2023
Hajmi49.85 Kb.
#1141703
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Marhamat tumani haqida

Havolalar


  • Andijon viloyati hokimligi sayti Arxivlandi 2011-12-28  Wayback Machine sayti .

2.1.ANDIJON VILOYATI

ANDIJON VILOYATI — OʻzR tarkibidagi viloyat. Fargʻona vodiysining sharqiy qismida. 1941-y. 6-martda tashkil etilgan. Mayd. 4,2 ming km2. Axolisi 2196,0 ming kishi (2000). Andijon viloyatida 14 qishloq tumani (Andijon, Asaka, Baliqchi, Buloqboshi, Boʻz, Jalaquduq, Izboskan, Marhamat, Oltinkoʻl, Paxtaobod, Ulugʻnor, Xoʻjaobod, Shahrixon, Qoʻrgʻontepa), 11 shahar (Andijon, Asaka, Marhamat, Oxunboboyev, Paxtaobod, Poytugʻ, Xonobod, Xoʻjaobod, Shahrixon, Qorasuv, Qoʻrgʻontepa), 5 shaharcha (Andijon, Boʻz, Janubiy Olamushuk, Kuyganyor, Polvontosh) va 95 qishloq fuqarolari yigʻini bor (2000). Markazi — Andijon sh.


Andijon viloyati tumanlari haqida alohida maqolalarga, mas, Asaka tumani, Shahrixon tumani va b. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng Andijon viloyatida, boshqa viloyatlarda boʻlgani kabi, boshqaruvning tarixiy va milliy shakli — hokimlik oʻrnatildi. Natijada hokimliklarda koʻproq mustaqillik, oʻz hududida oʻz hukmi va soʻzining taʼsirini oshirish, xoʻjalik va iqtisodiy boshqaruvda qatiyat bilan ishlash imkoniyatlari paydo boʻldi. Xokimliklar hayotga hamda i. ch. ga yaqinlashdilar. Andijon viloyati hokimi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda viloyat xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Tabiati. Andijon viloyati yer yuzasi asosan tekislik. Hoz. relyefi va yer yuzasidagi jinslar toʻrtlamchi geologik davrning katta-kichik daryolari va irmoqlarining faoliyatidan hosil boʻlgan. Viloyatning gʻarbiy qismi qirli tekislik (bal. 400 —500 m), sharqi (Andijon sh. dan sharqda) Fargʻona va Olay tizmalarining adirlaridan iborat. Andijon viloyati geologik aktiv zonada joylashgan, kuchli zilzilalar boʻlib turadi (q. Andijon zilzilasi). Iqlimi keskin kontinental, quruq. Togʻ tizmalari Fargʻona vodiysini sovuq havoning kirib kelishidan toʻsib turganligi uchun qishda Andijon viloyatida ob-havo birmuncha barqaror. Yozi issiq, iyulning oʻrtacha t-rasi 27,3°, kishi nisbatan so-vuq, yanv. ning oʻrtacha t-rasi —3°. Vegetatsiya davri 217 kun. Yiliga 200 — 250 mm yogʻin tushadi. Andijon viloyati Oʻzbekistonning boshqa viloyatlariga nisbatan suv resurslariga boy. Daryolari yogʻindan, togʻlardagi koʻp yillik qor va muzliklardan suv oladi. Asosiy daryosi — Qoradaryo (Sirdaryo irmoklaridan biri). Uning irmoqlari — Moylisuv, Oqboʻra, Aravonsoy va b. A. v. daryolarining suvi sugʻorish uchun ishlatiladi. Tuproqlari boʻz, qoʻngʻir, oʻtloqi, oʻtloqi-botqoq tuproqlar, qumtosh, mergel, less va chaqirtoshlardan iborat. Bahorda adirlar efemer oʻsimliklar b-n qoplanadi. Andijon viloyatining ekin ekilmaydigan tekislik qismida shuvoq-shoʻra oʻsimliklari, togʻ yon bagʻirlarida pista, bodom oʻsadi. Yovvoyi hayvonlar (boʻri, tulki, qobon va b.) kam uchraydi; sudraluvchilar, kemiruvchilar, qushlar, suv havzalarida baliqlar bor.
Aholisining koʻpchiligini oʻzbeklar tashkil etadi. Qirgʻiz, tojik, uygʻur, rus, koreys va b. ham bor. Rossiya Qoʻqon xonligini bosib olgach, bu yerga rus, ukrain, tatar, arman, yahudiy va b. koʻchib kelgan. 1 km2 ga oʻrtacha 517 kishi toʻgʻri keladi. Milliy tarkibi: oʻzbeklar — 88,8%, qirgʻizlar 3,8%, tatarlar 3,1%, ruslar 2%. Shaharliklar 657,7 ming kishi, qishloq aholisi 1539,2 ming kishi (2000).
Xoʻjaligi. Andijon viloyati respublika i. ch. da va madaniy taraqqiyotida yetakchi oʻrin tutgan viloyatlardan biri. Respublikaning 2,6% neftini, 8,3% paxtasini, 8,7% paxta tolasini, 8,7% oʻsimlik moyini beradi (2000; rejaga nisbatan). Tabiiy resurslar, q. x. xom ashyosi negizida ishlaydigan sanoat tarmoqlari, shuningdek aholiga isteʼmol buyumlari ishlab chiqaradigan korxonalar barpo etildi.
Viloyatda tadbirkorlik rivojlanib borayapti. Uni qoʻllab-quvvatlash maqsadlariga 2 mlrd. soʻmdan ziyod kredit berilib, 3,4 mln. AQSH dollari miqdorida chet el sarmoyasi jalb qilindi (2000). 1995-2000-y. lar mobaynida viloyat iqtisodiyotida 23,5 mlrd. soʻm chet el sarmoyasi kiritildi.
Sanoati. Viloyatda foydali qazilmalarni qazib chiqarish, paxtachilik va irrigatsiya bilan bogʻliq boʻlgan tarmoqlar, paxtani qayta ishlash, mashinasozlik va metallsozlik, elektrotexnika sanoatlari, qurilish materiallari i. ch., kimyo, yengil (ipgazlama, paypoq f-kalari va b.), oziq-ovqat sanoati eng rivojlangan tarmoqlardir. Viloyat mamlakatda neft va gaz qazib chiqarishda salmoqli oʻrin tutadi. Oʻnga yaqin neft va neft-gaz konlari (Andijon neft koni, «Xoʻjaobod», «Boʻston», «Janubiy Olamushuk», «Xartum», «Polvontosh», «Xoʻjausmon» va b.) ishlab turibdi. Xoʻjaobod — Andijon — Asaka gaz quvuri bor.
Andijon viloyatida dastlabki paxta tozalash z-dlari Andijon sh. da 1911-y. da, Asakada 1912-y. da, Shahrixonda 1915-y. da kurilgan. Sanoatning bu turi paxta yetishtirishga qarab tez rivojlandi. 1924-y. paxta z-dlarida 25 ming t xom ashyo kayta ishlangan edi. 1999-y. da mavjud 13 ta paxta qayta ishlash korxonalarida 325 ming t dan ziyod paxta qayta ishlandi. Viloyatda yetishtirilayotgan pilla, jun, teri umuman qayta ishlanmasdan, shundayligicha xom ashyo sifatida metropoliyaga joʻnatilar edi. 1907-y. yarim hunarmandchilikka asoslangan yogʻ z-di quriddi. Dastlab bu zavod bir kechakunduzda 50 t chigitni qayta ishlab, 8 t ga yaqin yogʻ chiqarar edi. 1954-y. da zavod yogʻ-moy k-tiga aylantirildi. 1960—70 y. larda Andijon sh. da «Elektrodvigatel», «Elektroapparat» kabi yirik korxonalar, Marhamatda esa «Elektrotexnika» z-di qurildi. 1941-y. Andijon sh. da motorsozlik z-di ishga tushirildi.
Mustaqillik yillarida viloyat industriyasi oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, tubdan rivojlanmoqda. Mavjud korxonalar davlat tasarrufidan chikarilib, mulkchilikning oʻzgacha shakliga kirib bormoqda. Xususan aksariyat yirik va oʻrta korxonalar negizida aksiyadorlik jamiyatlari tashkil etiddi. Viloyatda mulkchilikning barcha turiga oid 160 sanoat korxonasi bor (2000). Bulardan yiriklari: Bobur nomidagi ipgazlama i. ch. aksiyadorlik jamiyati (Andijon sh. da; tumanlarda boʻlimlari bor), «Andijon agrofirmasi» aksiyadorlik jamiyati, Andijon avtomobil oʻrindiqlari zavodi, Andijon biokimyo zavodi, Andijon irrigatsiya mashinasozlik zavodi, Andijon «Semurgʻ» trikotaj aksiyadorlik birlashmasi, Andijon don mahsulotlari» aksiyadorlik jamiyati, «Andijonkabel aksiyadorlik jamiyati», Chinobod paxta tozalash aksiyadorlik jamiyati.
1991—2000-y. lar davomida Andijon viloyatida jahon andozasi darajasidagi mahsulotlar ishlab chikaruvchi zamonaviy qoʻshma korxonalar bunyod qilindi. Viloyatda 79 qoʻshma korxona, 8447 kichik va xususiy korxona mavjud. Viloyatdagi qoʻshma korxonalar butun viloyat yalpi sanoat mahsulotining 53% dan koʻprogʻini ishlab chiqarmoqda (2000). Oʻrta Osiyoda yagona avtomobilsozlik korxonasi — OʻzbekJanubiy Koreya «OʻzDEU avto» kompaniyasi Asaka sh. da joylashgan. (q. Asaka avtomobil zavodi). Italiyaning «Akauka Federichi» aksiyadorlik jamiyati b-n hamkorlikda Asakada barpo etilgan Oʻzbek-Italiya «FAM» qoʻshma korxonasi soatiga turiga qarab 1 — 1,5 t makaron ishlab chiqarish quvvatiga ega. Shahrixon tumanidagi Segazaqum qishlogʻida kalava ip tayyorlaydigan va kelgusida undan gazlama toʻqiydigan «ANTEKS» ochik turdagi aksiyadorlik jamiyati korxonasi barpo etildi (1994-y. yanv. da boshlanib, 1999-y. okt. ida ishga tushirildi). Baliqchi tumani notoʻqima matolar ishlab chiqarish yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati shaklidagi Oʻzbek — Amerika qoʻshma korxonasi ham oʻz mahsulotlari b-n chet elda eʼtibor qozongan korxonalardandir. Qoʻshma korxona zamonaviy uskunalar bilan qayta jihozlandi. Kalava ip va xom gazlama tayyorlanadigan mazkur korxonada 1300 dan ortiq ishchi ishlaydi (2000). Shuningdek, viloyatda rivojlangan mamlakatlarning sarmoyalari jalb qilingan «Andijon-Praga», «Andijon durdonasi», «Navigul», «Uzkoromko», Oʻzbek-Rus-Britaniya «Mayek», «Al-Osiyo» qoʻshma korxonalari va Oʻzbek-Amerika «Oʻzdunrobita» qoʻshma korxonasi filiali bor.
Qishloq xoʻjaligi. Viloyat q. x. ning asosiy tarmogʻi — paxtachilikdir. Paxtaning yalpi hosili va hosildorligi jihatidan Andijon viloyati mamlakatda oldingi oʻrinlarda turadi. Ayniqsa mustaqillikdan keyin paxtakorga erkinlik berilgach, paxtachilikda tub oʻzgarishlar sodir boʻldi. 1997-y. dan chigitni keng maydonlarda plyonka ostiga ekish texnologiyasi joriy etildi (mazkur texnologiyami qoʻllashda viloyat hokimi, Oʻzbekiston Qahramoni Qobiljon Obidov katta jonbozlik koʻrsatdi). Paxta, gʻalla almashlab ekilishi yoʻlga qoʻyildi. Faqat mineral oʻgʻitlarga qarab qolmasdan mahalliy oʻgʻitlardan ham foydalanildi. Xususan gidroliz z-dining chiqindilaridan kompost tayyorlab, tuproq unumdorligini oshirishga ahamiyat berildi; ekin qator oralariga ammiak suvi oqizish oʻzlashtirildi. Gʻoʻza navlarini tuproq va iqlim sharoitiga koʻra tanlashga eʼtibor berildi. Har yili katta maydonlarda paxtaning «Oqlaryo», «Armugʻon», «Fargʻona-5» singari istiqbolli navlari sinab koʻrildi va muntazam yangilanib borildi. Keyingi yillarda sinovdan oʻtib, ertapishar, tolasi pishiq, chigiti toʻla, kasalliklarga chidamliligiga ishonch hosil qilingan «Oqlaryo» navi koʻproq ekildi. Natijada mamlakatning boshqa viloyatlariga qaraganda gʻoʻza Andijon viloyatida barvaqt yetilmoqda. Sent. oyiga qadar hosilning asosiy qismi yigʻib olinmoqda va yuqori navlarga oʻtkazilmoqda. 2000-y. da Oltinkoʻl tumanidagi «Ittifoq» jamoa xoʻjaligida gektaridan oʻrtacha 45,7 s, Asaka tumanidagi «Yangi hayot» jamoa xoʻjaligida 48,4 s atrofida hosil olindi. Shahrixon tumanidagi F. Joʻrayev nomidagi jamoa xoʻjaligining fermeri N. Toshmatov 60 s dan xirmon uydi.
Andijon viloyatida 2000-y. da sent. oyidayoq 305 ming t dan ziyod paxta tayyorlanib, shartnoma rejasi mamlakatda birinchi boʻlib bajarildi.
Gʻallachilikda ham «Andijon maktabi» yaratildi. Don 3 barobar koʻpayib, hosildorlik 1,2-marta oshdi. 2000-y. da gʻalla hosildorligi moʻljaldagi 70,8 s dan oshib ketdi. Marhamat tumanining Ulugʻtogʻ adirlarida Oxunboboyev nomidagi jamoa xoʻjaligining ijarachisi Muhammadsharif Toshpoʻlatov 67 s dan, Baliqchidagi Xayrixon Ergasheva nomidagi shirkat xoʻjaligida ijarachilardan Erkinboy Shukurov, Alijon Komilov, Turobjon Hakimov 85 s dan don olishdi.
Shahrixon tumanidagi «Oltin vodiy» jamoa xoʻjaligi gʻallachilik brigadasi boshligʻi Oʻzbekiston Qahramoni Sodiqjon Abdurasulov uzoq, yillar davomida donchilikda va paxtachilikda yuqori koʻrsatkichlarga erishdi. U A. v. da boshqa mintaqalardan keltirilgan yangi bugʻdoy navlarini sinash va ulardan moʻl hosil olish boʻyicha tajriba maktabi yaratdi. 2000-y. hosili uchun viloyatda 74 ming ga maydonga elita va superelita urugʻlari ekildi. Kuzgi bugʻdoyning istiqbolli «Andijon —1», «Andijon—2», «Chillaki» navlari sinab koʻrilib, ularning parvarish tartibi aniqlab chiqildi.
Keyingi yillarda boshqa viloyatlarda ham andijonliklar yaratgan yangi navlar keng ekilmoqda. 2000-y. da davlatga 250 ming t ga yaqin gʻalla topshirildi. Uning 150 ming t sidan ziyodini sara urugʻlik tashkil etadi. Gʻallachilik 1999-y. da Andijon viloyatiga 9,3 mlrd. soʻmdan ortiq daromad keltirdi.
Q. x. da, shuningdek bogʻdorchilik, tokchilik, sabzavotchilik, don va chorvachilik mahsulotlari yetishtirish bilan ham shugʻullaniladi. Bogʻdorchilikda Andijon viloyati anor, anjir, bodom, bexi, nok, shaftoli, olma, uzum yetishtirish bilan ayniqsa mashhur. Viloyatda aholi soni koʻpligi sababli adirlarda bogʻlar yaratishga katta ahamiyat berilgan. Shunday bogʻlardan eng mashhuri «Sohibkor» meva-tokchilik i. ch. shirkatlar uyushmasi bogʻidir. Mazkur bogʻ 1981-y. da, Asaka tumanidagi Fayziobod qishlogʻidan 3—4 km narida Asaka adirlarining suvsiz qovjirab yotgan yerlari bagʻrida pastdan quvur orqali suv chiqarib yaratilgan. Bogʻning barpo etilishi Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan qishloq xoʻjalik xodimi Tilavoldi Yoqubov nomi bilan bogʻliq. Andijon viloyati bogʻlarida mevali daraxtlardan tashqari tokning Andijon qora uzumi navi keng ekiladi.
Q. x. da foydaniladigan yerlar maydoni tomorqa yerlarini qoʻshgan holda 256,7 ming ga. Q. x. ekinlari ekiladigan jami yerlari 257,6 ming ga, shu jumladan haydaladigan yer 200,9 ming ga, yaylovlar 21,7 ming ga (2000). Barcha ekin maydoni 202,5 ming ga, shu jumladan don ekinlari 82,5 ming ga, paxta ekiladigan yer 110 ming ga, kartoshka, sabzavot-poliz ekinlari 4,9 ming ga, ozuqa ekinlari 16,1 ming ga, 3500 ga oʻrmonzor bor (2000). Grechixa va soya ham yetishtirilmoqda. Umuman viloyatda mirishkor dehqon yil davomida 2—3-martadan hosil olmoqda.
Andijon viloyatida Usmon Yusupov nomidagi Katta Fargʻona, Janubiy Fargʻona, Katta Andijon, Savay, Andijonsoy, Shahrixonsoy va b. kanallar bor. Adir zonalaridagi dalalarga suv nasos st-yalari yordamida chiqariladi. Qoradaryoda Andijon suv ombori barpo qilingan. Yerning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida 7,8 ming km kollektor-drenaj tarmoqlari qurilgan. Viloyatning hamma tumanlaridagi sugʻoriladigan maydonning asosiy qismida paxta va don ekiladi.
Andijon viloyatida 13 jamoa xoʻjaligi, 6 davlat xoʻjaligi, 13 xoʻjaliklararo korxona, 133 shirkat xoʻjaligi, 36 boshqa xoʻjalik, 2724 fermer xoʻjaligi mavjud. Jamoa xoʻjaliklarida chorvachilik asosan sut yetishtirishga ixtisoslashgan, togʻ oldi va togʻli tumanlarda qoʻychilik rivojlangan. 95 ming qoramol, 56 ming sigir, 65 ming qoʻy va echki, 190,2 ming parranda bor (2000).
Transporti. T. y. transporti viloyatda asosiy transport turlaridan biri. Uning uz. 2459 km (2000). Viloyatda dastlabki t. y. 19-a. oxirlarida qurilib, keyinchalik undan tarmoqlar davom ettirilgan. Urushdan oldin Asaka — Shahrixon (1931), Uchqoʻrgʻon — Toshkoʻmir (1935) va b. temir yoʻllar qurildi. Barcha avtomobil yoʻllarining 6,2 ming km qismi qattiq qoplamali (2000). Havo yoʻllari Andijon sh. ni Toshkent, Moskva, SanktPeterburg va b. shaharlar, shuningdek Kavkaz, Qrim bilan bogʻlaydi. Andijon sh. koʻchalarida, shuningdek Andijon sh. dan Kuyganyor shaharchasiga trolleybus qatnaydi.
Madaniy-maorif, sogʻliqni saqlash va sporta. 1999/2000 oʻquv yilida viloyatda 738 umumiy taʼlim maktabi boʻlib, 510 mingdan ziyod oʻquvchi, 24 gimnaziyada 7538 ming oʻquvchi, 32 akademik litseyda 5862 oʻquvchi, 28 musiqa va 62 sport maktabida 30940 oʻquvchi taʼlim oldi. Viloyatda 5 oliy oʻquv yurti bor: Andijon universiteti, Andijon qishloq xujaligi instituti, Andijon muhandislikiqtisodiyot instituti, Andijon tibbiyot instituti, Andijon tillar instituti. Andijon oliy oʻquv yurtlarida 10,8 ming talaba taʼlim oldi (2000).
1999-y. okt. da Kuyganyor shaharchasida (Andijon tumani) Oʻzbekiston Respublika Q. x. va suv xoʻjaligi vazirligi Q. x. ilmiy i. ch. markazining Sugʻoriladigan yerlarda gʻalla va dukkakli oʻsimliklar yetishtirish ilmiy tadqiqot in-ti tashkil etildi. In-tning asosiy vazifasi mamlakatda sugʻoriladigan yerlarda dehqonchilik sharoitiga moslashgan yangi don navlarini yaratish, tumanlashgan va istiqbolli gʻalla va dukkakli oʻsimliklarni yetishtirish texnologiyasini i. ch. dan iborat.
Viloyat shahar va tumanlarida 1998 — 2000-y. larda 19 kollej va akademik litseylar binolari qurilib ishga tushirildi. Ular zamonaviy dastgoh va texnika bilan jihozlandi. Viloyatda 20 kasb-hunar kollejida 22389 oʻquvchi, 28 akademik litseyda 15928 oʻquvchi oʻqiydi. Andijon sh. dagi va Oqoltin tumanidagi maishiy xizmat kasb-hunar kollejlari, Andijon tumanining Oqyor qishlogʻidagi sanoat kasb-hunar kolleji eng namunali oʻquv dargohlaridir.
Viloyatda 4 muzey (Andijon viloyat adabiyot va sanat muzeyi, Andijon viloyat oʻlkashunoslik muzeyi, Bobur uy muzeyi, Choʻlpon uy muzeyi), 508 ommaviy kutubxona (8150,4 ming nusxa asar), 183 klub, 37 madaniyat uyi, 966 badiiy havaskorlik jamoalari bor. Andijon sh. dagi Bobur nomidagi viloyat kutubxonasida (1967-y. ishga tushgan) 2000 oʻrinli qiroatxona mavjud (2000).
Andijon viloyatida 3 ta teatr bor. Yoʻldosh Oxunboboyev nomidagi Andijon viloyat musiqali drama va komediya teatri Oʻzbekistondagi toʻngʻich teatrlardan biri boʻlib, unga 1919-y. noyab. da Hamza asos solgan (q. Andijon teatri). Abbos Bakirov nomidagi Andijon davlat bolalar va yoshlar teatri 1990-y. 1 dek. da «Istiqbol» teatr studiyasi asosida tashkil etilgan (q. Andijon bolalar va yoshlar teatri). Andijon viloyat «Lola» qoʻgʻirchoq teatri 1968-y. apr. da Respublika davlat qoʻgʻirchoq teatri qoshidagi studiya bitiruvchilari asosida tashkil boʻlgan (q. Andijon qoʻgʻirchoq teatri).
Andijon viloyatidan Halima Nosirova, Lutfixonim Sarimsoqova, Tamaraxonim, Soyib Xoʻjayev, Abbos Bakirov, Gʻanijon Toshmatov. Muzaffar Muhamedov kabi yirik sanʼatkorlar; Fattohxon Mamadaliyev, aka-uka Ismoiljon va Isroiljon Vahobovlar kabi xalq hofizlari; Habiba Oxunova, Sherali Joʻrayev, Turgʻun Xontoʻrayev, Hoshimjon Olimjonov kabi Oʻzbekiston xalq artistlari, Toshkanboy Egamberdiyev (Asakadan) boshliq dorbozlar sulolasi yetishib mashhuru maʼlum boʻlishgan.
Andijon viloyatida 5 madaniyat va istirohat bogʻi, koʻplab koʻkalamzor xiyobonlar bor. Ayniqsa Andijon sh. dagi Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi (1934-y. tashkil etilgan) mashhurdir. 1997—2000-y. larda bogʻ butunlay qayta qurilib, nihoyatda koʻrkamlashtirildi. Ramziy burgut ostidagi qahvaxonaga uygʻunlashtirilib qurilgan «Amfiteatr» (2000) bayram tantanalari va b. tomoshalar oʻtkaziladigan maskanga aylangan. Andijon sh. ning jan.-sharqida — Bogʻishamolda 300 ga maydonni egallagan Bobur nomidagi milliy bogʻ (Bogʻi Bobur), Andijon sh. ning markaziy qismida Choʻlpon bogʻi tashkil etildi. Andijon viloyatida ziyoratgoh joylar koʻp. Sultonobod, Xonobod, Andijon dengizi kabi joylar chet ellik sayyohlarda katta taassurot qoldiradi. Xoʻjaobod tumanida Bobur qadamjolaridan biri — Lotkontepada ajoyib ziyoratgoh barpo etiddi. Bu ziyoratgoh Shirmonbuloq, Chilustun togʻlari bilan tutashib ketgan. Asaka, Shahrixon, Poytugʻ, Qoʻrgʻontepa sh. lari xalq hunarmandchiligi badiiy buyumlari tayyorlash bilan mashhur.
Viloyatda 14,1 ming oʻrinli (10 ming kishiga 64 oʻrin) 70 kasalxona muassasasi, 6233 vrach, shu jumladan 317 stomatolog (10 ming kishiga 28,7 vrach), 22 ming oʻrta maʼlumotli tibbiy xodim, 5 sanatoriy bor (2000). Andijon sh. da Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazining boʻlimi ishga tushirildi (2000).
Sport. Andijon viloyati sportchilari sportning 37 turi boʻyicha turli darajadagi musobaqalarda ishtirok etadi (2000). Chavandozlik, chim ustida xokkey, yengil atletika, futbol, tennis, sport gimnastikasi, boks va b. Chim ustida xokkey boʻyicha «Andijanka» ayollar jamoasi Yevropa chempionlari kubogi sohibi. 1996-y. dan «Andijanka» ayollar futbol jamoasiga aylantirildi. Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan murabbiy M. D. kim rahbarligida «Andijanka» 1998, 1999-y. larda Oʻrta Osiyo mamlakatlari ayollar futbol jamoalari musobaqalarida muvaffaqiyatli qatnashib, kubok hamda chempionlikni qoʻlga kiritdi.
Andijonda xizmat koʻrsatgan sport ustasi, Yevropa chempioni, jahon kubogi gʻolibi, jahon rekordchisi yengil atletikachi Svetlana Oʻlmasova va uning jamoadosh dugonasi Zamira Zayseva, boks boʻyicha Yevropa chempioni Feliks Pak, sambo boʻyicha Yevropa chemponi Mels An kabi mashhur sportchilar tarbiyalanganlar. Baydarkachi Tatyana Levina respublika terma jamoasi tarkibida keyingi oʻn yillar davomida yetakchilikni qoʻldan bermay kelmoqda (2000). Olimpiada oʻyinlarida sobiq Ittifoq terma jamoalari tarkibida andijonlik sportchilar muntazam ishtirok etganlar. Ular orasida Seul Olimpiadasining ogʻir atletika boʻyicha kumush medali sovrindori Noil Muxammadiyorov, chim ustida xokkey boʻyicha — Igor Davidov, Moskva Olimpiadasining chim ustida xokkey boʻyicha bronza medali sovrindorlari — Laylo Ahmedova, Nelya Gorbatkova, Alina Xam, Valentina Zazdravnix kabilar bor.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, Andijon viloyati sportchilariga ham xalqaro musobaqalarda qatnashishga keng yoʻl ochildi. 2000-y. da Sidney (Avstraliya) da oʻtkazilgan 27-olimpiada oʻyinlarida mamlakat boʻyicha yagona oltin medalni andijonlik bokschi Muhammadqodir Abdullayev oldi; bokschi Sergey Mixaylov bronza medali sohibi boʻldi. Bokschilardan Oʻtkirbek Haydarov, Ruslan Chagayevpar jahon chempionlaridir. Andijon sh. Respublika olimpiada oʻrinbosarlari bilim yurtining boks boʻyicha murabbiylari M. G. Qoʻchqorov, A. A. Razmaxov «Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustasi» unvoniga sazovor boʻlishgan. Andijondan mohir sportchilarni tayyorlashda sport murabbiysi V. A. Zolotaryovning katta xizmati bor.
Andijon sh. da zamonaviy sport inshootlari qurilgan: turli darajadagi xalqaro musobaqalar oʻtkaziladigan 35 ta tennis korti majmui (1998-y. da ishga tushgan; oʻn ming tomoshabinga moʻljallangan), «Navroʻz» futbol stadioni, «Yambol» sport majmui, chim ustida xokkey boʻyicha «Xalqaro doʻstlik» stadioni, shaxmat-shashka klubi, gimnastika majmui, suzish havzalari va b. Andijon tennis inshootida har yili professional tennischilarning xalqaro turnirlari muntazam oʻtkazib kelinadi. 1996-y. oʻtkazilgan «Chellenjer» turnirida jahondagi 26 davlatdan vakillar ishtirok etdi. 1997 — 1998, 1999-y. lari oʻtkazilgan xalqaro «Satellit» va «Istiqbol» turnirlarida ham 20 ga yaqin davlatlardan vakillar qatnashdi. Bu xalqaro turnirlardagi katta raketka ustalarining oʻyinlari andijonlik yosh oʻquvchi-tennischilar uchun katta mahorat maktabi boʻlib xizmat qilmoqda. Tennis klubida 150 ga yaqin yoshlar muntazam shugʻullanib keladi, ularga 5 murabbiy saboq beryapti (2000). Oʻquvchilar orasida respublika musobaqalari sovrindorlari bor.
Andijon viloyati «Navroʻz» futbol komandasi mamlakat milliy futbol chempionatida ishtirok etib keladi.
Viloyatda 70 bolalar va oʻsmirlar sport maktabi ishlaydi; ularda 32 ming oʻquvchi turli sport turlari bilan shugʻullanadi. Andijon sh. da olimpiada oʻrinbosarlari bilim yurti va ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablari yuqori malakali sportchilar tayyorlaydi.
Adabiyoti. Andijon olamshumul shuhrat egasi Zahiriddin Muhammad Bobur, Nodirabegimlar yurti. 20-a. yangi oʻzbek adabiyotining ulkan namoyandasi Abdulhamid Choʻlpon Andijonda tavallud topgan. Bu yerda Zokirjon Habibiy, Oraziy, Vosit Saʼdulla, Xoshimjon Razzoqov, Sayfiy, Anisiy, Azimiy, Boqir kabi oʻnlab gʻazalnavislar yashab ijod etdilar. Shu zaminda shakllanib obroʻ eʼtibor qozongan Sobir Abdulla, Sulton Joʻra, Komil Yashin, Toʻxtasin Jalolov, Saida Zunnunovalar oʻzbek adabiyoti rivojida alohida oʻrin va mavqega egadirlar. 20-a. ning soʻnggi oʻn yilliklarida sheʼriyatda Oʻzbekiston xalq shoiri Toʻlan Nizom, Respublikada xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Olimjon Xoldor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimlari Tursunoy Sodiqova va Xoldorjon Quronboyev, isteʼdodli shoirlar — Fozil Emin, Halima Qoraboyeva, Ismoil Toʻlak, Xanifa Solihova, Abduhalil Qoraboyev, Shukur Qurbon, Usmonxon Shukurov, Farid Usmon, Zamira Roʻziyeva, Qobil Mirzo, Munavvara Tillaboyeva, Xurshida, Nabi Jaloliddin; nasrda Xabibullo, Qamchibek Kenja, Sotvoldi Rajabov, Ubaydulla Sodiqov, Odiljon Olimov, Omina Tojiboyeva; dramaturgiyada Rahbar Fayziboyeva, Zahriddin Muhitdinov, Nazirjon Rahimov, Ziyo Najmiy; bolalar adabiyotida Muqimjon Niyozov, Odil Abdurahmonlarning nomlari keng tanilgan. Nusrat Abdusalomov, Habib Siddiq, Najmiddin Ikromov, Rafiq Muxtor, Dilmurod Shokirov, Xamidullo Yusupov, Muborak Qosimova kabi bir necha oʻnlab shoir va adiblar oʻz asarlarida mustaqillik davri hayotini aks ettirmoqdalar.
Andijon viloyatida Oʻzbekiston ijodiy uyushmalari (yozuvchilar, rassomlar, meʼmorlar, jurnalistlar va b.)ning viloyat tashkilotlari faoliyat koʻrsatadi.
Matbuoti, radio va televideniyesi. Andijon viloyatida 2 viloyat gaz. («Andijonnoma», «Andijanskaya pravda»), 14 tuman gaz., 3 shahar gaz. («Asaka oqshomi», 1995; «Xonobod ovozi», 1992; «Qorasuv tongi», 1992) chiqadi. Viloyatda, shuningdek 14 tarmoq gaz., 2 jurnal («Limfa» ilmiy i. ch. majmuasining «Limfalogiya» jur., 1991-y. dan 3 oyda bir marta rus tilida chiqadi; A. v. xalq taʼlimi boshqarmasining «Taʼlim ravnaqi» oylik jur., 1999) nashr etiladi.
Andijon viloyatida dastlabki radio eshittirishlari 1927-y. dan boshlangan. Shundan buyon viloyat radiosi oʻzining mazmunli eshittirishlari bilan viloyat ijtimoiysiyosiy hayotida oʻz oʻrni va ovoziga ega boʻlib kelmoqda.
1963-y. da Andijon viloyatlararo telestudiya tashkil etilib telekoʻrsatuvlar bera boshladi (mazkur studiya bir yilcha faoliyat koʻrsatib keyinroq texnik imkoniyatlar boʻlmaganligi tufayli oʻz faoliyatini toʻxtatgan). Respublikamiz mustaqillikka erishgach, Andijonda 1991-y. 25 okt. da viloyat televideniyesi tashkil etilib, uning birinchi koʻrsatuvlari efirga uzatildi. Bir oylik koʻrsatuvlar vaqti 45 soatdan ortadi. Andijon viloyati radiosi oyiga 36 soatlik hajmda eshittirishlar beradi (2000).
Bundan tashqari Andijon viloyatida 1997-y. 23-iyundan «Andijon» yoshlar teleradiokompaniyasi yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati vodiy aholisiga telekoʻrsatuvlar, radioeshittirishlar olib boradi. Teleradiokompaniya «Tasvir» nomi bilan gaz. nashr etadi; 1998-y. ning okt. dan uning «Vodiy sadosi» radiosi faoliyat koʻrsatadi. Viloyatda, shuningdek «Taraqqiyot» (1995-y. dan) nodavlat telekanali koʻrsatuvlar olib boradi.
Meʼmoriy yodgorliklari. Qadimda va oʻrta asrlarda bunyod etilgan meʼmoriy yodgorliklar bizgacha yetib kelmagan. Andijon sh. da 19-a. oxirida qurilgan jome masjidi majmuasi saqlangan. Tarkibida masjid, minora va Madrasa bor. Jome masjidi Fargʻona vodiysida eng mahobatli binodir (q. Andijon jome masjidi majmuasi).
Shahrixonda oʻtgan asrda bino kilingan bir qancha mahalla masjidlari va madrasalari saqlangan. Shundan biri 19-a. boshida qurilgan Ponsod masjididir. Masjidning bezak qismlarini fargʻonalik ustalar ishlagan. Shahrixonda 1872-y. qurilgan Gumbaz madrasasi saqpangan. Andijon sh. da 20-a. boshida qurilgan 2 qavatli Ahmadbekhoji uyi ham milliy meʼmorlik namunalaridan biri (q. Ahmadbekhoji mehmonxonasi). Hoz. Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi Ahmadbekhoji bogʻi oʻrnida bunyod etilgan. Boyning bogʻidagi shiypon binosi ham saqlanib qolgan. Paxtaobod sh. da 20-a. boshida qurilgan Otaqoʻzi madrasasi yodgorligi ham diqqatga sazovor. Uning 5 minorasi bor.


Download 49.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling