Mundarija: I. Bob. Ehtimollar nazariyasi haqida ma’lumot


Download 257.6 Kb.
bet1/9
Sana01.04.2023
Hajmi257.6 Kb.
#1314986
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
EHTIMOLLAR


MUNDARIJA:
I.BOB.EHTIMOLLAR NAZARIYASI HAQIDA MA’LUMOT.
1.1. Ehtmollar nazariyasining vujudga kelishi va rivojlanish tarixi.
1.2. Hodisalar.
II.BOB. EHTIMOLLAR
2.1. Yaratish, Kollejlar Va Universitetlar
2.2.Asosiy tushunchalar.
2.3.Asosiy formulalar…………………………………………………………..

I.BOB.EHTIMOLLAR NAZARIYASI HAQIDA MA’LUMOT.
1.1.Ehtimollar nazariyasining vujudga kelishi va rivojlanish tarixi.
Ehtimollar nazariyasi hozirgi zamon matematikasining muhim, tezlik bilan rivojlanib borayotgan tarmoqlaridan biridir. Ehtimollar nazariyasi XVII asr o`rtalaridan vujudga kela boshlagan.Bu davrda qimor o`yinlari juda keng tarqalgan bo`lib, bu o`yin yirik olimlarning etiborini ham o`ziga jalb qildi. Bu o`yinlarda kuzatilayotgan hodisalar o`ziga xos qonuniyatlarga bo`ysunishini bilgan Gyuygens, Paskal, Ferma, Ya.Bernuli kabi olimlar bu qonunlarni o`rgandilar va ehtimollar nazariyasiga oid ehtimol, matematik kutilma va shunga o`xshash tushunchalarni kiritdilar.
Ehtimollar nazariyasining keyingi bosqichidagi rivoji Muavr,Laplas,Gauss,Puasson kabi olimlarning nomlari bilan bog`liq. Ehtimollar nazariyasi rivojida rus matematik olimlari V.YA.Bunyakovskiy. P.L.Chebishev, A.A.Markov, A.M.Lyapunovlarning xizmatlari kattadir. V.Ya.Bunyakovskiyning Rossiyada birinchi bo`lib 1908 yilda yozgan ehtimollar nazariyasidan darsligi ehtimollar nazariyasiga bo`lgan qiziqishning ortishiga turtki bo`ldi.
Hozirda bu darslik O`zbekiston Milliy kutubxonasida saqlanmoqda.
Hozirgi vaqtda ehtimollar nazariyasi bilan shug`ullanuvchilar soni ortib bormoqda.
Bunga va matematik statistikaga bag`ishlangan jurnal va kitoblar ko`plab chop etilmoqda.
Ehtimollar nazariyasi va matematik statistikaning metodlari ommaviy xizmat ko`rsatish nazariyasi, ishonchlilik nazariyasi, nazariy fizika, biologiya, geografiya, lingvistika, ob-havoni o`rganish, iqtisodiyot va boshqa sohalarida qo`llaniladi.
Sobiq ittifoqda Moskva, Leningrad, Kiyev, Toshkent, Vilnyus va boshqa shaharlarda jahonga mashhur maktablar mavjud bo`lgan.
Mashhur olimlar S.N Bernshteyn, A.N.Kolmagorov, V.I.Romanovskiy, A.Ya.Xinchin, D.Dub, B.Feller, G.Kramer, Yu.V.Proxorov, N.V.Smirnov, B.V.Gnedenko, A.A.Borovkov, A.V.Skoroxod, I.A.Ibragimov, T.A.Sarimsoqov, S.H.Sirojiddinov, va boshqalar hozirgi zamon ehtimollar nazariyasini rivojlantirishga salmoqli hissa qo`shdilar va qo`shmoqdalar. Respublikamizda ehtimolchilar maktabi V.I.Romanovskiy va uning shogirdlari T.A.Sarimsoqov va S.X.Sirojiddinovlar va ularning shogirdlari T.A.Azlarov, Sh.Q.Farmonov, A.V.Nagayev, I.S.Badalboyev va boshqalarning nomi bilan bog`liqdir.
Markov jarayonlarining O`rta Osiyo ob-havosini o`rganishga tatbiqlari uchun 1948 yilda T. A. Sarimsoqov sobiq ittifoq davlat mukofotiga sazovor bo`lgan.
Ehtimollar nazariyasining asosiy tushunchalaridan biri tajriba va tajriba natijasida kuzatilishi mumkin bo`lgan hodisa tushunchalaridir. Tajriba hodisani ro`yobga keltiruvchi shartlar majmui (shartlar kompleksi) S ning bajarilishini ta`minlashdan iboratdir.

Download 257.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling