Mundarija: I. Bob. Ehtimollar nazariyasi haqida ma’lumot
Download 257.6 Kb.
|
EHTIMOLLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ta`rif.
Ehtimollar nazariyasi tasodifiyatlarning qonuniyatlarini o`rganuvchi matematik fandir. Ehtimollar nazariyasi ommaviy bir jinsli hodisalarning ehtimoliy qonuniyatlarini o`rganadi.
Biz tajribani vujudga keltiruvchi shartlar majmui S o`zgarmas bo`lgan holni qaraymiz. 1-misol. Tajriba simmetrik bir jinsli tangani muayyan sharoitda tashlashdan iborat bo`lsin. Tajribadan tajribaga o`tganda ro`y beruchi hodisalar har xil bo`ladi. Masalan: biror tajribada "gerb" (G) tushgan bo`lsa, boshqasida tanganing teskari tomoni "raqam" (R) tushishi mumkin. Ta`rif. Tajriba natijasida ro`y berishi oldindan aniq bo`lmagan hodisa tasodifiy hodisa deyiladi. Ta`rif. Tajribaning har qanday natijasi elementar hodisa deyiladi. Ta`rif. Tajriba natijasida ro`y berishi mumkin bo`lgan barcha elementar hodisalar to`plami elementar hodisalar fazosi deyiladi. Elementar hodisalar fazosini bilan, har bir elementar hodisani orqali belgilaymiz. Yuqoridagi misolda dan iborat bo`ladi. 2-misol: Tajriba tangani 2 marta tashlashdan iborat bo`lsin . Bunda elementar hodisalar quyidagilardan iborat: - ikkala tashlashda ham gerb. - 1-tashlashda gerb, 2-tashlashda raqam . - 1-tashlashda raqam, 2-tashlashda gerb. - Ikkala tashlashda ham raqam. Bunda elementar hodisalar fazosi 22=4 ta elementdan iborat bo`ladi. Ya`ni . Agar tanga n marta tashlansa elementar hodisalar fazosi ta elementdan iborat bo`ladi. 3-misol: Tajriba yoqlariga 1 dan 6 gacha raqamlar joylashgan bir jinsli kubni (o`yin soqqasi) bir marta tashlashdan iborat bo`lsa, elementar hodisalar bo`ladi. Elementar hodisalar fazosi 6 ta elementdan iborat bo`ladi. 4-misol: Tajriba o`yin soqqasini 2 marta tashlashdan iborat bo`lsin. Bu holda elementar hodisalar ko`rinishda bo`ladi. Bu hodisa soqqani 1-tashlashda raqamli yoq, 2- tashlashda yoq tushganligini bildiradi. Bu yerda va elementar hodisalar soni 62=36 ta bo`ladi. 5-misol: Tajriba nuqtani [0,1] kesmaga tasodifiy ravishda tashlashdan iborat bo`lsin. Bu yerda elementar hodisalar fazosi , [0,1] to`plamdan iboratdir, ya`ni u kontinium quvvatga ega. Tasodifiy hodisalar lotin alfavitining bosh harflari A,B,C,... bilan belgilanadi. Har qanday hodisa elementar hodisalardan tashkil topgan bo`lib, bu elementar hodisalardan birortasi ro`y bersa, hodisa ro`y berdi deyiladi. Agar A hodisaga kirgan elementar hodisalardan birortasi ham ro`y bermasa A hodisa ro`y bermaydi, unga teskari hodisa ro`y bergan deymiz u kabi belgilanadi. A va hodisalar o`zaro qarama-qarshi hodisalar deyiladi. Har bir tajribada albatta ro`y beradigan hodisa muqarrar hodisa deyiladi va Ω bilan begilaymiz. Birorta ham elementar hodisani o`z ichiga olmagan hodisa mumkin bo`lmagan hodisa deyiladi va Ø bilan belgilaymiz. 6-misol: Tajriba o`yin soqqasini bir marta tashlashdan iborat bo`lsin. A tushgan ochko juft bo`lish hodisasi bo`lsin. Bu holda A hodisasi tarkibida 3 ta elementar hodisalar kiradi. Agar yoki yoki ro`y bersa A hodisasi ro`y bergan bo`ladi. Bu holda A ga qarama-qarshi hodusa . 7-misol: B hodisasi tangani 2 marta tashlashda hech bo`lmaganda bir marta gerb tushish hodisasi bo`lsa va bo`ladi. Agar A hodisani tashkil etgan elementar hodisalar B hodisaga ham tegishli bo`lsa, A hodisa B hodisani ergashtiradi deyiladi. Masalan: , bo`lsa bo`ladi. Download 257.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling