Mundarija I bob. Millatlararo totuvlik va dinlararo bag'rikenglik – yuksalish poydevori


I Bob. Millatlararo totuvlik va dinlararo bag’rikenglik-yuksalish poydevori


Download 45.46 Kb.
bet3/8
Sana16.06.2023
Hajmi45.46 Kb.
#1508132
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Boborahmatova Farangiz. Etnomadaniyat^

I Bob. Millatlararo totuvlik va dinlararo bag’rikenglik-yuksalish poydevori.
Iftixor bilan aytishimiz mumkinki, jamiyat hayotining barcha jabhasida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar o'z samarasini berayapti. Binobarin, istiqlol yillarida Vatanimizda yashayotgan turli millatlar o'rtasida o'zaro hurmat, tenghuquqlilik hamda hamjihatlikni mustahkamlash, uning qonuniy asoslarini yaratishga alohida e'tibor qaratildi.
Ijtimoiy va iqtisodiy barqarorlikni saqlash, dinlararo va millatlararo munosabatlarni uyg'unlashtirish hisobiga xalqaro maydonda O'zbekistonning obro'si oshib bormoqda.
Mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar markazida, avvalo, inson manfaati, uning huquq va erkinliklarini ta'minlash maqsadi turadi. Fuqarolar manfaatlarini faqatgina tinchlik va osoyishtalik, o'zaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini yaratish orqali ta'minlash mumkin. Mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar markazida, avvalo, inson manfaati, uning huquq va erkinliklarini ta'minlash maqsadi turadi. Fuqarolar manfaatlarini faqatgina tinchlik va osoyishtalik, o'zaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini yaratish orqali ta'minlash mumkin.
Bugun dunyo koronavirus pandemiyasi bilan bog'liq inqirozga duch kelgan bir sharoitda ko'plab mintaqalarda millatlararo va konfessiyalararo ziddiyatlar kuchayayotganiga guvoh bo'lmoqdamiz. Shu bois, boshlangan islohotlarni izchil davom ettirish uchun birdamlikni saqlash muhim ahamiyatga ega. Xususan, mamlakatimizdagi davlat ta'lim muassasalarida o'qitish etti tilda olib boriladi. O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi o'z ko'rsatuvlarini o'n ikki tilda namoyish etmoqda, o'ndan ortiq tilda gazeta va jurnallar nashr etilmoqda. Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalari qo'mitasi qoshida 138 ta milliy madaniy markaz, bundan tashqari, 16 ta konfessiyaga tegishli 2300 ga yaqin diniy tashkilot faoliyat yuritadi.
1.1Millatlaro totuvlik tushunchasi.
Diniy bag'rikenglik g'oyasi muayyan jamiyatda, butun dunyoda turli din va mazhabga e'tiqod qiladigan xalqlar, odamlar o'rtasida do'stona aloqalarni o'rnatish, ularning kuchi va iste'dodini bunyodkorlik ishlariga safarbar etishga xizmat qiladi.
Tinchlik va barqarorlikning muhim sharti bo'lgan bu g'oya bugungi kunda nafaqat dindorlar, balki butun jamiyat a'zolarining hamkorligini ham nazarda tutadi, hamjihatlikka erishishning muhim omillaridan biri hisoblanadi.
Jamiyat – bu odamlar birlashuvining barcha shakllari va ularning o’zaro aloqalari va o’zaro ta’sirlalarining barcha usullari majmuidir.
Inson yaralibdiki, yaxshilik sari intilishga, yaxshi amallari bilan insonlar ko'nglidan joy olishga harakat qiladi. Albatta, ba'zida esa xotirjamlik va saxovatni ham sog'inib qoladi. Ko'p narsalarni o'rganadi. Muhimi, o'rganishlari ichida asosiysi ilm bo'lib qoladi. Ma'rifatli, saodatli bo'lib, jaholatga qarshi o'z ilmi bilan kurashganlar oramizda minglab topilishi mumkin. Ilmsiz taraqqiyot bo'lmaydi – jaholat saodatmand etmaydi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev ta'kidlaganidek, “Jaholatga qarshi – ma'rifat”ni qurol qilgan ajdodlarimizdan bizgacha yetib kelgan boy ma'naviy meros o'ziga xos najot qal'asi, himoya qo'rg'oni vazifasini o'taydi. Shu bois ushbu ulug'vor qadriyat barcha olimu fuzalolar tomonidan ulug'langan, muqaddas va mo''tabar kitoblarda yuksak ne'mat sifatida e'tirof etilgan. Bu jihatdan, Imom G'azzoliy, Maxdumi A'zam singari allomalarimiz ilmiy merosi, ayniqsa, Buxoroyi sharifning ulug' pirlaridan meros bo'lib qolgan boy ma'naviy xazina – pand-o'gitlar beqiyos ahamiyatga ega.
Ularning hayot yo'lidagi erishgan har bir yaxshiligi, ilmi hamda intilishi ma'rifat sababdir. Ya'ni, yomonlik va jaholatga qarshi ma'rifat bilan javob berganidir. Ular hayotiga nazar tashlasak, barchasi biz uchun ibrat. Barchisi ma'rifat uchun kurashganlardir. Barchasi butun umrini ilm targ'ibiga baxshida etgan ulug' allomalardir. Shunday allomalardan biri Abu Homid G'azzoliy o'zining uzoq yillik ilmiy izlanishlari va kuzatishlari natijasida yuzaga kelgan “Ihyou ulumid-din” asarida ilmga “mutlaq fazilat” ya'ni, hech qanday kuch mahv eta olmaydigan qudrat deya yuksak baho beriladi. Allomaning fikricha, insonlarning butun saodati uchun ikki narsa shart: birinchisi – ilm, ikkinchisi – amal. Mutafakkir ta'kidlashicha, insonning baxtli bo'lishi uchun ilmning o'zigina yetmaydi, balki kishi ilmi yordamida tana va ruhini tarbiya qilishga burchlidir.
Ulug' alloma Maxdumi A'zam ta'limotida ham ilm va amal birligi targ'ibi yetakchi o'rin egallaydi. Ayniqsa, olim “ulusi nafe'”, ya'ni el-ulusga foydasi tegadigan ilmni o'rganish, kasb-hunar egallash va uni shogirdlarga o'rgatish ilmli insonning burchi ekanini uqtiradi. Maxdumi A'zam fikricha, jism va nafs halol mehnat tufayli poklanadi, halol mehnat ruh va jismdagi barcha illatlardan qutulishning yagona yo'lidir. Halol mehnat qilgan inson ikki dunyo saodatiga erishadi, el-ulus orasida hurmat qozonadi. Aksincha, o'zini dono yoxud dindor sanab, el-ulusdan ajralish, o'ziga o'zgacha olam yaratib, o'sha yolg'on olamga mahliyo bo'lib umr o'tkazish – gumrohlikdan o'zga narsa emas.
O`zbekiston azaldan turli millatga mansub, turli dinlarga e`tiqod qiluvchi xalqlar tinch-totuv yashagan o`lka bo`lib kelgan. Ajdodlarimiz boshqa din vakillariga doimo hurmat bilan munosabatda bo`lgani, Vatan taraqqiyoti yo`lida elkadosh bo`lib mehnat qilgani tarixiy manbalarda ko`p qayd etilgan. Hozirgi kunda O`zbekiston aholisining soni 33mln.dan oshgan bo`lib, ular 130 dan ziyod millatga mansub hisoblanadi. Fuqarolarning 94% dan ziyodi islom diniga e`tiqod qiladi. 3,5% ga yaqin fuqarolar pravoslav diniga mansub bo`lib, qolganlarini boshqa konfessiya vakillarini tashkil etadi. Hech shubhasiz, yurtimizda turli sohalarda erishilayotgan barcha ulkan yutuqlarimizning zamirida jamiyatimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik hisoblanadi. Ushbu holat 0davlatning katta yoki kichikligi, dini va millatidan qat`iy nazar, tinchlik va barqarorlik naqadar aziz ne`mat ekanini yana bir bor isbotlab bermoqda.

Download 45.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling