Mundarija I bob. Millatlararo totuvlik va dinlararo bag'rikenglik – yuksalish poydevori


Download 45.46 Kb.
bet7/8
Sana16.06.2023
Hajmi45.46 Kb.
#1508132
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Boborahmatova Farangiz. Etnomadaniyat^

2.3 Davlat va din.
Turli dinga e’tiqod qiluvchilar uchun zarur sharoitlar yaratilgani, ularning o‘z an’analari va udumlari, marosimlarini bemalol ado etib kelayotgani e’tiborga molik. O‘zbekistondagi o‘zaro bag‘rikenglik, mehr-oqibat muhiti tinchlik va farovonlikni mustahkamlashga, demokratik islohotlarni izchil amalga oshirishga, mamlakatni har tomonlama rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Mazkur sana munosabati bilan Yodgorlik majmuasida tashkil etilgan tadbirda, bugungi kunda dunyoning turli mintaqalarida ro‘y berayotgan mojarolarga teran ko‘z bilan qarash, doimo ogoh va hushyor bo‘lish, yurtimizdagi tinchlik va barqarorlikni asrab-avaylash zarurligi xususida so‘z yuritildi. 
Millatlararo hamjihatlikni, jamiyatda fuqarolar totuvligini mustahkamlash, barcha fuqarolarga millati va diniy eʼtiqodidan qatʼi nazar, teng huquq va imkoniyatlar yaratish, yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadryatlarga hurmat, ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash Oʻzbekistonda davlat siyosatining muhim yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Binobarin, Prezidentimiz oʻtgan yili Oʻzbekiston xalqiga Xalqlar doʻstligi kuni munosabati bilan yoʻllagan bayram tabrigida “Oʻzbekiston — ulkan imkoniyat va resurslarga ega boʻlgan mamlakat. Lekin bizning eng katta boyligimiz — turli millat va konfessiyalar vakillari oʻrtasidagi tinchlik va barqarorlik, oʻzaro hurmat va hamjihatlikdir”, deya alohida taʼkidlagan edi.
Darhaqiqat, eng avvalo, bizning orzularimiz, maqsadlarimiz, qarashlarimiz, manfaatlarimiz bir. Kechamiz, bugunimiz, kelajagimiz, tanlagan yoʻlimiz bir. 130 dan ortiq millat vakillari yashaydigan Oʻzbekistonda olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar natijadorligiga barchamiz birdek daxldormiz.
30-iyul - Xalqlar doʻstligi kuni arafasida Orolboʻyining Toʻrtkoʻl tumanida umrguzaronlik qilayotgan bir necha millatlar vakillari bilan o‘tkizilgan maroqli uchrashuvlarimizda bunga yana bir bor amin boʻldik. Bu muloqotlar bir-birimizga boʻlgan mehrimizni yanada kuchaytirdi, yanada toʻlqinlantirdi, yanada jips, yanada ahl boʻlishga undadi.
Hozirgi notinch va tahlikali zamonda insoniyat duch kelayotgan murakkab muammolar, xavf-xatarlarni birgalikda bartaraf etishda, turli tahdidlarning oldini olishda qo‘shni mamlakatlar bilan birgalikda, nufuzli xalqaro tashkilotlarning saʼy-harakatlarini birlashtirishni bugun hayotning o‘zi taqozo etmoqda. O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston davlatlarining o‘zaro do‘stligi qanchalik mustahkam bo‘lsa, davlatimiz ham shuncha mustahkam bo‘ladi.

Download 45.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling