Mundarija I bob. Millatlararo totuvlik va dinlararo bag'rikenglik – yuksalish poydevori


O’zbekiston millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglik


Download 45.46 Kb.
bet6/8
Sana16.06.2023
Hajmi45.46 Kb.
#1508132
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Boborahmatova Farangiz. Etnomadaniyat^

2.1 O’zbekiston millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglik.
O‘zbek xalqining mehmondo‘stligi va bag‘rikengligi, ayniqsa, urush yillarida namoyon bo‘ldi. Shu davrda O‘zbekistonga 1 milliondan ortiq kishi, jumladan, 200 ming bola evakuatsiya qilindi. Turli millatga mansub yetim bolalarni o‘zbek xalqi o‘z farzandiday ardoqlab, ularni voyaga yetkazdi. Masalan, toshkentlik Shoahmad Shomahmudovlar oilasi insonparvarlikning yuksak namunasini ko‘rsatdi. Ikkinchi jahon urushi yillarida Shoahmad Shomahmudov va uning ayoli Bahri Akramova turli millatning qarovsiz va yetim qolgan bolalarini farzandlikka olib, ta’lim-tarbiya bergan. Ular boshpanasiz qolgan, turli millat vakillari bo‘lgan 13 bola va urushdan so‘ng yana 3 bolani o‘z tarbiyalariga olishgan. Bular: Habiba, Vova, Shuhrat – rus, Hamidulla – ukrain, Rafiq, Rahmatulla – tatar, Holida – moldavan, Samug‘ – chuvash, Yo‘ldosh, Ergash – yahudiy, Halima – qozoq, Qoravoy, Ne’mat, Muazzam, Hakima, Ulug‘bek – o‘zbek. Shomahmudovlar oilasi insonparvarlikni ulug‘lovchi oila sifatida katta jasorat, qahramonlik ko‘rsatdi. O‘zbekiston kabi ko‘p millatli mamlakatda turli millatlar manfaatlarni uyg‘unlashtirish, ular orasida totuvlikni ta’minlash taraqqiyotning hal qiluvchi omillardan biri hisoblanadi. Zero, millatning istiqboli boshqa xalqlar va mamlakatlarning taraqqiyoti, butun jahondagi vaziyat va imkoniyatlar bilan ham bog‘liqdir. Butun dunyoda, birinchi navbatda, qo‘shni mamlakatlarda yonma-yon yashayotgan xalqlar o‘rtasida tinchlik, osoyishtalik, barqarorlik, hamjihatlik, teng huquqli munosabat bo‘lmasa, ulardan hech biri o‘zining porloq istiqbolini ta’minlay olmaydi. 
Hozirgi vaqtda yurtimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari, 16 ta diniy konfessiya, 2200 dan ortiq diniy tashkilotlarning diniy bag‘rikenglik asoslariga rioya qilgan holda o‘zaro tinch-totuvlikda umrguzaronlik qilayotgani fikrlarimizning yaqqol dalilidir. Bundan tashqari Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasining ayrim yo‘nalishlari ham millarlararo totuvlik munosabatlarini yaxshilashga qaratilgan. 
Millatlararo totuvlikka e’tibor qaratilishi O‘zbekistonda yashayotgan millat va elatlarning turli kasb-korlarda faoliyat olib borishi, urf-odat va an’analardan xabardor bo‘lishiga zamin yaratmoqda. Bu bevosita ma’naviy qadriyatlarning millat ichida rivoj topib, yanada boyishiga olib keladi.
Ayni paytda turli millat va elatlarning milliy an’ana va qadriyatlarini asrab-avaylash, ularni yanada rivojlantirish, boyitish masalasi davlatimizning doimiy e’tiborida bo‘lib kelmoqda. Bugun umumiy o‘rta talim maktablarimizda 7 tilda – o‘zbek, qoraqalpoq, rus, qirg‘iz, turkman, qozoq va tojik tillarida bilim berilayotgani, shuningdek, ommaviy axborot vositalari O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan millatlarning 10 ta tilida faoliyat olib borayotgani buning yorqin namunasidir.
2.2 Millatlararo munosabatlar sohasidagi siyosatning ustuvor yo’nalishlari.
Diniy bag’rikenglik jamiyat hayotida rivojida betakror rol o’ynashi hech kimga sir emas. Bunga bir nechta sabablar bor. Jamiyat barqaror rivojlanishi va unda tinch-totuv hayot ta’minlanishi uchun davlat nafaqat chegaralar daxlsizligi, shu bilan birga mamlakat ichidagi etnik mojarolarni oldini olish uchun diniy bag’rikenglikka alohida e’tibor berishi zarurdir. Chunki mojarolarning eng xavfli va tez avj oladigan diniy va etnik mojarolar hisoblanadi. Ularning yechimi uzoq vaqt talab etishi mumkin.
Ko’plab jamiyatlar bir nechta etnik guruhlarlardan, millatlardan tashkil topadi. Tabiiyki, ularning dinlari ham turlicha bo’ladi. Ana shunday jamiyatlarda eng ahamiyatli narsa shundan iboratki, insonlar bir-biriga nisbatan tolerantlik, diniy bag’rikenglikni namoyish etish, bir hududda yashab turgan boshqa xalqlarning urf-odatlarini, an’analarini hurmat qilishi ushbu jamiyat rivoji uchun asos bo’ladi.
Aks holda shaxlarlar o’zaro iqtisodiy, siyosiy, madaniy va boshqa munosabatlarga kirisha olmaydilar. Bu holat esa jamiyatning bir nuqtada qotib qolishga olib kelishi mumkin.
Dunyoning eng dolzarb muammolaridan biri bu – xalqlar va dinlar o‘rtasidagi bag‘rikenglik, tolerantlik g‘oyasidir. Ushbu tushuncha atrofida yer kurrasining barcha xalqlari, elatlarining jipslashish zaruriyati tug‘ildi. Chunki, faqat bag‘rikenglikkina dunyoni halokatdan, bo‘lajak fojealardan asraydi. Shu boisdan, YUNESKO 1995 yili Parijda «Bag‘rikenglik tamoyillari Deklaratsiyasi» ni qabul qildi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan esa 1996 yildan buyon har yilning 16 noyabr sanasi «Bag‘rikenglik kuni» deb e’lon qilindi. Ushbu deklaratsiyada diniy bag’rikenglikning ijtimoiy jihatlariga alohida urg’u berilgan. Xususan, unda shunday deyilgan: “Bag’rikenglik bugungi kunda har doimgidan ham muhimroqdir. Biz iqtisodiy globallashuv jarayoni, aloqa vositalari tez rivojlanayotgan, integratsiya va o’zaro aloqadorlik, katta miqyosdagi migratsiya va aholining ko’chishi, urbanizatsiya va ijtimoiy tuzilmalar qayta shakllanayotgan asrda yashamoqdalar. Har bir mintaqa serqirradir va shuning uchun murosasizlik va nizolarning ko’payishi dunyoning barcha nuqtalariga tahdid qiladi. Bu tahdid global xarakterga ega bo’lgan sababli, uni milliy chegaralar doirasida cheklanib qolishi mumkin emas”
Dinlararo totuvlik, diniy bag’rikenglik, vijdon erkinligi kabi tushunchalar o’zaro uzviy bog’liqdir. Vijdon erkinligi masalasi ijtimiy hayotda har doim muhim va murakkab hodisa bo’lib kelgan. Binobarin, uning zamirida shaxsning huquqi, demokratiya, adolatparvarlik va insonparvarlik kabi katta ijtimoiy, siyosiy, huquqiy va axloqiy tushunchalar yotadi.Vijdon erkinligi kishilarning ruhiy olamiga, uning barkamolligiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Shu bois bu masalaning ijtimoiy hayotdagi o’rni va bajaradigan vazifalari g’oyat muhim. Birlashgan Millatlar Tashkilotining ustavidan tortib barcha xalqaro hujjat va shartnomalarda, hamma mamlakatlarning konstitutsiya va qonunlarida vijdon erkinligi o’z ifodasini topgan. 1948 yil 10-dekabrda qabul qilingan Inson Huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasiga muvofiq har bir inson fikrlash, vijdon va din erkinligi huquqiga ega. Bu huquq o’z dini yoki e’tiqodini o’zgartirish erkinligini, o’z dini yoki e’tiqodiga o’zicha shuningdek, boshqalar bilan birgalikda amal qilish kafolatini, ibodat qilishda va diniy marosimlarda yakka tartibda yoki odamlar orasida birga qatnashish erkinligini o’z ochiga oladi. Xususan, ushbu normativ hujjatda: Har bir inson biror bir kamsitishlarsiz, irqi, tili, jinsi, dini, siyosiy qarashlaridan, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishidan, moddiy ahvoli, qaysi tabaqaga mansubligi va boshqa holatlardan qat’iy nazar mazkur Deklaratsiyada e’lon qilingan barcha huquqlar va erkinliklar sohibi bo’lishi kerak
Istiqlol yillarida respublikamizda turli din vakillarining hech qanday to‘siqlarsiz o‘z dinlariga e’tiqod qilishlari uchun barcha sharoitlar yaratildi. Fuqarolar e’tiqodlaridan kelib chiqqan holda diniy tashkilotlarga birlashib, mustaqil huquqiy shaxs sifatida faoliyat yuritishi, diniy mutaxassislar tayyorlashlari va adabiyotlarni nashr etishlari, diniy bayram va marosimlarini o‘tkazishlari, muqaddas joylarga ziyoratlar tashkil etishlari kafolatlandi.
Hozirgi kunda O‘zbekiston aholisining soni 31 milliondan oshgan bo‘lib, ular 130 dan ziyod millatga mansub hisoblanadi. Aholining 94% islom diniga, 3,5%ga yaqini pravoslav va qolganlari boshqa konfessiyalarga mansublarni tashkil etadi. 
Respublikamizda 16 diniy konfessiyaga mansub 2239 diniy tashkilot faoliyat olib bormoqda. Ulardan 2065 tasi islomiy, 157 tasi xristian tashkilotlar, 8 tasi yahudiy, 6 tasi bahoiy jamoalari, bittadan Krishnani anglash jamiyati va burdda ibodatxonasi mavjuddir. Bundan tashqari, respublikada konfessiyalararo Bibliya jamiyati ham faoliyat yuritmoqda.
Anjumanda mamlakatimizda millatlararo va dinlararo munosabatlar sohasida yuritilayotgan oqilona siyosat asosida har bir shaxsning vijdon va e’tiqod erkinligi, diniy qarashlaridan qat’i nazar tenghuquqliligi ta’minlanayotgani, shuningdek, respublikamizdagi diniy tashkilotlar jamiyatda tinchlik, osoyishtalik, millatlar va dinlararo totuvlikni mustahkamlash borasida sermahsu faoliyat ko‘rsatib kelayotganliklari qayd etildi.
O‘zbekistonda milliy va diniy sohada olib borilayotgan siyosat BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1948 yilda qabul qilingan “Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi” moddalari va ruhiga hamohang ekani hamda davlatimiz vijdon erkinligini ta’minlash borasida o‘z zimmasiga olgan barcha xalqaro shartnomalarni to‘la-to‘kis bajarib kelayotgani alohida ta’kidlandi.
Bugungi murakkab davrda tinchlik va barqarorlikni saqlash uchun dinlar, konfessiyalar, millat va elatlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik, bir-birini tushunish g‘oyat muhim ahamiyatga ega. O‘zbekistonda xuddi shunday muhit qaror topgan. Yurtimizda o‘n olti diniy konfessiyaga mansub 2 ming 238 diniy tashkilot, 130 dan ortiq millat vakillaridan iborat qariyb 140 milliy-madaniy markaz faoliyat yuritmoqda. Respublikamizdagi umumta’lim maktablarida ta’lim 7 tilda olib borilmoqda. Ular davlat ta’lim standartlari asosida chop etilgan 7 tildagi darsliklar bilan to‘liq ta’minlangan. Teleradio ko‘rsatuvlari 12 tilda tayyorlanayotgan bo‘lsa, gazeta va jurnallar 14 tilda chop etilmoqda.

Download 45.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling