Mundarija I bob. Millatlararo totuvlik va dinlararo bag'rikenglik – yuksalish poydevori


Download 45.46 Kb.
bet5/8
Sana16.06.2023
Hajmi45.46 Kb.
#1508132
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Boborahmatova Farangiz. Etnomadaniyat^

Diniy ekstremizm – jamiyat uchun an`anaviy bo`lgan diniy qadriyatlar va aqidalarni rad etish, ularga zid bo`lgan g`oyalarni aldov va zo`rlik bilan targ`ib qilishga asoslangan nazariya va amaliyotni anglatadi.
Ekstremizm va terrorizm bir-biri bilan bog`liq bo`lgan yagona jarayonning birin-ketin rivojlanadigan bosqichlaridir. Diniy-ekstremizm kelib chiqishining birinchi va asosiy sababi mutaassib fikr va qarashlarning paydo bo`lishidir. Mutaassiblik muayyan g`oyalarning to`g`ri ekaniga qattiq ishonish, ularga mukkasidan ketish, “o`zgalar” va “o`zgacha” qarash va g`oyalarga murosasiz munosabatda bo`lish, boshqa firqa va mazhablarni butunlay rad etgan holda, ularni tan olmaslikda namoyon bo`ladi. Mutaassiblik barcha davrlarda turli din va yo`nalishlar orasida keskin nizo va to`qnashuvlar kelib chiqishiga sabab bo`lgan. Ayni paytda, dunyoviy va diniy bilimlarning sayozligi, sof diniy tushunchalarning asl mazmunini bilmaslik ham diniy ekstremistik g`oyalarning tarqalishiga sabab bo`lishi mumkin. Yuqorida qayd etilganidek, diniy ekstremistik tashkilotlarning aksariyati o`z nomini muqaddas islom dini bilan bog`lashga urinadi. Ular o`zlarini “najot topgan guruh”, qolgan musulmonlarni esa kofir deb hisoblaydilar.
2017-yil 25-may kuni Toshkent shahrida O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan milliy madaniy markazlar bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonini o‘rganish va tushuntirish, farmon ijrosini ta’minlashda O‘zLiDePning o‘rni va rolini muhokama qilishga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etdi. Davra suhbatida 0a1O‘zLiDeP faollari, turli milliy madaniy markazlar vakillari, tadbirkorlar va OAV xodimlari ishtirok etdi.
Jamiyatimizda millatlararo hamjihatlik va totuvlikni mustahkamlash, barcha fuqarolarga millati va diniy e’tiqodidan qat’iy nazar, teng huquq va imkoniyatlar yaratish davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan, - deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Dilorom Fayziyeva. - Xususan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qabul qilingan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning besh ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida mamlakatimizda millatlararo totuvlikni ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratilgan.
1.3 Dinlararo bag’rikenglik va totuvlik-jamiyat barqaror rivojining kafolati.
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi ham o‘z saylovli dasturida erkin fuqarolik jamiyatini shakllantirish, mamlakatimizda tinchlik va barqarorlik, millatlararo va fuqarolararo totuvlikni ta’minlash masalalarini jamiyat qurilishining eng muhim maqsadlari sifatida belgilagan. Shu munosabat bilan O‘zLiDeP o‘z faoliyatida mamlakatimizda hukm surayotgan millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini saqlash masalalariga alohida e’tibor qaratib kelmoqda.
Tadbirda ta’kidlanganidek, mamlakatimizning barqaror sur’atlar bilan rivojlanishi, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy sohalardagi islohotlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi, xalqaro hamjamiyatda mamlakatimiz nufuzining oshishi fuqarolarning irqi, millati, tili, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar, qonun oldida tengligini ta’minlash hamda turli millat va elatlar vakillarining tili, urf-odatlari va an’analarini hurmat qilish, ularni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish bilan chambarchas bog‘liq. 
Davra suhbatida fuqarolar totuvligi barqarorligini, turli millatlar vakillari o‘rtasidagi tinchlik va hamjihatlikni ta’minlash, vatandoshlarimiz ongida ko‘p millatli yagona oila tuyg‘usini mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Prezidentimizning “Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bu boradagi ishlarning mantiqiy davomi ekani, mazkur hujjat jamiyatda totuvlikni ta’minlashga, milliy madaniy markazlar va do‘stlik jamiyatlari faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va yanada rivojlantirishga, xorijiy mamlakatlar bilan madaniy-ma’rifiy aloqalarni kengaytirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Tadbirda yangi tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi. Ta’kidlanganidek, Qo‘mita zimmasiga jamiyatda millatlararo hamjihatlik va bag‘rikenglikni ta’minlashga qaratilgan davlat siyosatini izchil amalga oshirish, do‘stlik va ko‘p millatli yagona oila tuyg‘usi muhitini mustahkamlash, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, mamlakatimizning tinchliksevar siyosatini, muvaffaqiyatlarini keng targ‘ib qilish vazifasi yuklandi. 
Farmonda xorijiy mamlakatlar bilan do‘stona munosabatlarni, chet eldagi hamyurtlarimiz va turdosh tashkilotlar bilan aloqalarni yanada mustahkamlash vazifalari belgilangan. Qo‘mita mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan xorijiy tashkilotlar va diplomatik vakolatxonalar, xorijiy davlatlarda faoliyat ko‘rsatayotgan turdosh tashkilotlar bilan samimiy va o‘zaro hurmatga asoslangan aloqalar o‘rnatish hamda izchil rivojlantirish borasida tizimli ishlarni amalga oshiradi. O‘zbek xalqining boy tarixi, madaniyati, ma’naviy qadriyatlari va an’analari, shu zaminda tug‘ilib o‘sgan buyuk olim va mutafakkirlar merosi, ularning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasini keng namoyish etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkaziladi.
Farmon qoidalarining hayotga tatbiq etilishi mamlakatda millatlararo va konfessiyalararo totuvlik, tinchlik va barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha yaxlit tizimni rivojlantirish, milliy madaniy markazlar uchun yanada qulay va keng imkoniyatlar yaratish, ularning bunyodkorlik tashabbuslari va intilishlarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi. O‘zLiDeP va uning hududiy bo‘linmalari milliy madaniy markazlar faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, O‘zbekistonning xalqaro nufuzini yuksaltirish, mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risidagi axborotni keng jamoatchilikka yetkazishga munosib hissa qo‘shadi
II BOB. Millatlararo totuvlik tinchlik va osoyishtalikning asosidir.
Millatlararo totuvlik – millatlararo ahillik, xalqaro do‘stlikdir. Millatlararo totuvlik milliy istiqlol mafkurasining asosiy g‘oyalaridan sanalib, muayyan hudud, davlatda turli millat vakillarining hamjihatlikda, birgalikda, hech qanday nizolarsiz hamkorlikda faoliyat yuritishini ifodalovchi tushunchadir. Millatlararo totuvlikni bir jamiyatda yashab, yagona maqsad yo‘lida mehnat qilayotgan turli millat va elatlarga mansub kishilar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, mehr-oqibat, do‘stlik va hamjihatlikning ma’naviy asosi deb atash mumkin. Millatlar o‘rtasidagi mushtarak ezgu maqsadlarni nazardan qoldirmaslik azaliy qadriyatlar taraqqiyoti asosini tashkil qiladi. 
Mamlakatimiz hududida qadimdan ko‘plab millat va elat vakillari hamjihatlikda yashab kelmoqda. Ular o‘rtasida asrlar davomida milliy nizolar bo‘lmagan. kechirimlilik, boshqalarning urf-odat va qadriyatlarini e’zozlash kabi umuminsoniy fazilatlarini ko‘rsatib kelgan. Millatlararo totuvlik umumbashariy qadriyat bo‘lib, turli xalqlar birgalikda istiqomat qiladigan mintaqa va davlatlar milliy taraqqiyotini belgilaydi, tinchlik hamda barqarorlikning kafolati bo‘lib xizmat qiladi. 

Download 45.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling