Mundarija: I. Kirish II. Asosiy qism 1


Download 186.93 Kb.
bet1/9
Sana21.06.2023
Hajmi186.93 Kb.
#1644479
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Maftuna



Mundarija:


I. Kirish ………………………………………………………………………………… 4


II. Asosiy qism
1. Golomorf funksiya haqida tushuncha va uning xossalari ...……………. 7


2. Garmonik funksiya tushunchasi. ………................................................ 14


3. Garmonik funksiyalarning ayrim xossalari …………………………… 21


III. Xulosa ……………………………………………………………………………. 22

IV.Foydalanilgan adabiyotlar ………………………………………………………. 23



Mavzu: Gormonik va golomorf funksiyalar
Reja:
I. Kirish.


II. Asosiy qism


1. Golomorf funksiya haqida tushuncha va uning xossalari.
2. Garmonik funksiya tushunchasi.


3. Garmonik funksiyalarning ayrim xossalari.


III. Xulosa.


IV.Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish.


Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan.
(Shavkat Mirziyoyev.)
Oliy ta’lim darajasini sifat jihatidan oshirish va tubdan takomillashtirish, oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish, zamonaviy o’quv-ilmiy laboratoriyalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash bo’yicha Oliy ta’lim tizimini 2017 — 2021 yillarda kompleks rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.
SHu bilan birga, respublikamiz hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali kadrlarni o’z vaqtida zarur ixtisosliklar bo’yicha iqtisodiyot sohalari va tarmoqlari ehtiyojidan kelib chiqqan holda tayyorlash, oliy ta’lim mazmunini bevosita korxonalar, muassasalardagi texnika, texnologiya, ishlab chiqarish munosabatlariga hamda istiqbolli rivojlanish dasturlariga muvofiq shakllantirish, kadrlarni egallagan kasbi va mutaxassisligi bo’yicha ishga joylashtirishga doir qator dolzarb masalalar to’liq yechimini topmagan.
Xususan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo’yicha qo’mitasi (UNESCO) va konsalting tashkiloti (DGP Research & Consulting) hamkorligida jalb qilingan nufuzli xorijiy ekspertlar guruhi tomonidan 2017 yilning yanvar — iyun oylarida O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimini kompleks o’rganish bo’yicha o’tkazilgan tahlillar natijalari asosida berilgan xulosalarda oliy ta’lim jarayonida nazariya va amaliyot yaxlitligi ta’minlanmaganligi, talabalarning malakaviy amaliyotlarini ishlab chiqarish korxonalarida o’tkazish samarali tashkil etilmagani oqibatida bitiruvchilarning aksariyat qismi tayyor mutaxassis bo’lib chiqish o’rniga, ishga joylashgandan keyin qaytadan o’z kasbini, mutaxassisligini o’rganayotganligi, shuningdek, ta’lim sifatini nazorat qilish mexanizmi zamonaviy talablarga javob bermasligi, ta’lim muassasalarida malakali pedagog va boshqaruv kadrlarining yetishmasligi, xorijiy ta’lim muassasalari bilan samarali hamkorlik yetarlicha yo’lga qo’yilmaganligi kabi kamchiliklar qayd etilgan. Bundan tashqari, iqtisodiyot sohalarining istiqbolda kadrlar tayyorlashga buyurtmalarini shakllantirish, bitiruvchilarga qo’yiladigan malakaviy talablarni ishlab chiqish, tarmoqqa zarur bo’lgan mutaxassislarni tayyorlash sifatini ta’minlash jarayonidagi ishtiroki talabga javob bermaydi. Oliy ta’lim dasturlarining o’zgaruvchan mehnat bozori talablariga hamohangligini ta’minlash uchun ish beruvchilar tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmayapti.
Oliy ta’lim — ilm-fan — ishlab chiqarish o’rtasida uzilishlar mavjud, integratsiya ta’minlanmagan. Ilmiy-tadqiqot institutlari oliy ta’limda kadrlar tayyorlash jarayoniga zarur darajada jalb etilmagan, ularda ilmiy izlanishlar iqtisodiyot sohalarining real ehtiyojlaridan kelib chiqmasdan amalga oshirilmoqda. Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning tizimli tayyorlanmasligi oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatining pasayishiga olib kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi va unda quyidagilar nazarda tutiladi:oliy ta'lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, hududlarda davlat va nodavlat oliy ta'lim muassasalari faoliyatini tashkil etish asosida oliy ta'lim bilan qamrov darajasini 50 foizdan oshirish, sohada sog‘lom raqobat muhitini yaratish; O‘zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini mamlakatimiz oliy ta'lim muassasalarining flagmaniga aylantirish;respublikadagi kamida 10 ta oliy ta'lim muassasasini xalqaro e'tirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1 000 ta o‘rindagi oliy ta'lim muassasalari ro‘yxatiga, shu jumladan, O‘zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini birinchi 500 ta o‘rindagi oliy ta'lim muassasalari ro‘yxatiga kiritish;oliy ta'lim muassasalarida o‘quv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o‘tkazish;alqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy ta'limning ilg‘or standartlarini joriy etish, jumladan, o‘quv dasturlarida nazariy bilim olishga yo‘naltirilgan ta'limdan amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta'lim tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish;oliy ta'lim mazmunini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishiga munosib hissa qo‘shadigan, mehnat bozorida o‘z o‘rnini topa oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish;oliy ta'lim muassasalarining akademik mustaqilligini ta'minlashdan iborat.
Matematik analiz oliy matematikaning fundamental bo’limlaridan bo’lib, matematikaning poydevori hisoblanadi. Ma’lumki, matematik analiz kursi davomida ko’pgina tushuncha va tasdiqlar, shuningdek, ularning tasdiqlari keltiriladi.Ushbu kurs ishida bir o’zgaruvchili funksiyalar,elementar funksiyalar ko’rinishlari, funksiyaning uzluksizligi va uning xossalari, bir o’zgaruvchili funksiyalarni hosilasi va uning differensiali, ular o’rtasidagi bog’lanish tog’risida ma’lumotlar keltirilgan. Biz bu kurs ishida ikkinchi tartibli elliptik tipdagi chiziqli tenglamalarning umumiy nazariyasidan ayrim ma’lumotlarni keltirib o’tamiz.

O`zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda yuqori natijalarga erishishi, jahon iqtisodiy tizimida to`laqonli sheriklik o`rnini egallay borishi, inson faoliyatining barcha jabhalarida zamonaviy axborot texnologiyalaridan yuqori darajada foydalanishning ko`lamlari qanday bo`lishiga hamda bu texnologiyalar ijtimoiy mehnat samaradorligining oshishida qanday ahamiyat kasb etishiga bog`liq.


Oliy ta’lim tizimini kelgusida yanada takomillashtirish va kompleks rivojlantirish bo’yicha eng muhim vazifalar quyidagilar etib belgilandi:
Har bir oliy ta’lim muassasasi jahonning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o’rnatish, o’quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg’or pedagogik texnologiyalar, o’quv dasturlari va o’quv uslubiy materiallarini keng joriy qilish o’quv-pedagogik faoliyatga, master-klasslar o’tkazishga, malaka oshirish kurslariga xorijiy hamkor ta’lim muassasalaridan yuqori malakali o’qituvchilar va olimlarni faol jalb qilish, ularni bazasida tizimli asosda respublikamiz oliy ta’lim muassasalari magistrant, yosh o’qituvchi va ilmiy xodimlarning stajirovka o’tashlarini, professor-o’qituvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish;
O‘zbekiston Respublikasining ”Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonuni va ”Qadrlar tayyorlash Milliy dasturi” mazmunida barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga yetkazish jarayonining har bir bosqichi o‘zida ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, uni yuqori bosqichlarga ko‘tarish, shu bilan birga jaxon ta’limi darajasiga yetkazish borasida muayyan maqsad va vazifalarni amalga oshirish lozim. Yuqoridagi vazifalardan kelib chiqqan holda biz yoshlar yurtimizda yaratilayotgan katta imkoniyatlardan to‘laqonli foydalangan holda matematika sohasida qilingan yutuqlarni to‘la o‘zlashtirishimiz va ularni rivojlantirishga katta hissa qo‘shmog‘imiz zarur.
Kompleks o’zgaruvchili funksiyalar nazariyasi matematik analiz fanining uzviy davomi bo’lib, oliy matematikaning asosiy bo’limlaridan hisoblanadi. Ushbu fan matematika yo’nalishi 3-kurs bakalavrlarning mazkur fan uzviy davomi hisoblanadi. Bunda matematik analiz fanida o’rganilgan obyektlar kompleks o’zgaruvchili funksiyalar nazariyasi nuqtai nazaridan qaraladi va ular chuqurroq o’rgatiladi. Kompleks o’zgaruvchili funksiyalarning o’zigagina xos bo’lgan xossalari, Koshi tipidagi integral, uning tadbiqlari, qoldiqlar nazariyasining muhim xossalari o'rganiladi. Ushbu dastur kompleks o’zgaruvchi funksiyalar nazariyasiga tegishli Koshi teoremasi va integral formulasi, analitik funksiyalar, Loran qatorlari, qoldiqlar va ularning tadbiqlari, konform akslantirishlar kabi mavzularini o’z ichiga oladi.
Kompleks analizda garmonik funksiyalar sinfi atroflicha o‘rganilgan. Kompleks o’zgaruvchili funksiyalar nazariyasi predmetini tinglagan talabalar nazariy bilimlarni puxta o’zlashtirgan bo’lishlari, mavzularning moxiyatini tushungan bo’lishlari va amaliy masalalarni yechishda nazariy ma’lumotlarni tadbiq qilishi malakasiga ega bo'lishi kerak.
Hozirgi zamonda iqtisodiy oliy ta’lim matematika fanlarining keng qo‘llanishini talab qiladi. Oliy ta’lim Davlat standartiga ko‘ra “Iqtisod” va “Pedagogika” ta’lim sohalari bo‘yicha matematika bir nechta o‘zaro bog‘liq bo‘lgan va iqtisodiyotda tatbiq etiladigan bo‘limlardan iborat. “Iqtisodchilar uchun matematika” fani iqtisodiyotda zarur bo‘lgan matematikaning: chiziqli algebra, analitik geometriya elementlari, matematik analiz va oddiy differensial tenglamalar nazariyasining boshlang‘ich tushunchalarini o‘z ichiga olgan bo‘limlar va ularning iqtisodiy tatbiqlaridan tashkil topgan.

Download 186.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling