Mundarija: I. Kirish. II. Asosiy qism
Download 357.32 Kb.
|
Oltingugurt
5-tajriba. Sulfat kislotaning qaytaruvchi va oksidlovchi xossalari.
Oldingi tajribada hosil qilingan sulfat kislota eritmasini ikkita probirkaga soling, birinchi probirkaga ozgina suyultirilgan sulfat kislota eritmasi bilan 1-2ml 1n kaliy dixroiat eritmasidan, ikkinchisiga esa bir necha tomchi vodorod sulfidli suv qo’shing. Nima kuzatiladi? Reaksiya tenglamasini yozing. 6-tajriba. Tiosulfat kislotaning hosil bo’lishi va parchalanishi. Probirkaga natriy tiosulfat kristallaridan bir nechta solib, ularni suvda eriting va eritma ustiga HCl ning 2n eritmasidan 1-2ml quying. Nima kuzatiladi? Reaksiya tenglamasini yozing. 7-tajriba. Natriy tiosulfatning qaytaruvchi xossalari. A)Probirkaga 2-3ml 1n tiosulfat va 1ml kraxmal eritmasidan quying, so’ngra yodning rangi yo’qolguncha tomchilatib yod eritmasidan qo’shing. Reaksiya tenglamasini yozing. B)Probirkaga 1-2ml xlorli suv quying va unga to xlorning xidi kelguncha tomchilatib natriy tiosulfat eritmasidan qo’shing. Eritmada SO2- ioni borligini isbotling. Reaksiya tenglamasini yozing. 8-tajriba. Sulfat kislotaning suvni tortib olish va oksidlovchi xossalari. A) Bir varaq filtr qog`oz olib, unga ingichka shisha tayoqchani suyultirilgan sulfat kislota bilan ho’llab biror narsa yozing. So’ngra u qog`ozni spirt lampa alangasida ohista quriting va qog`ozdagi yozuvning qorayishini kuzating. Yozuvning qorayish sababini izohlang. B) Probirkaga 1-2g qand kukunidan solib, uning ustiga 1-2 tomchi kons. sulfat kislota quying. Aralashmani shisha tayoqcha bilan yaxshilab aralashtiring. Qand rangining o’zgarishini va aralashma hajmining kengayishini kuzating. Reaksiya tenglamasini yozing. 9-tajriba. Persulfat tuzlarining oksidlovchi xossalari. Probirkaga 1-2ml 0,5n kaliy yodid eritmasidan quying va uning ustiga bir necha tomchi 1n kaliy persulfat yoki ammoniy persulfat eritmasidan qo’shing. Eritma rangining o’zgarishini kuzating va reaksiya tenglamasini yozing. IV. Xulosa. Oltingugurtning lotincha nomlanishi, ya'ni, "sulfur" ning kelib chiqish ildizi ma'lum emas. O‘zbek tilidagi biz bilgan nomlanishi esa turkiy tildagi "Oltin" va forscha "Gugurt" so‘zlarining qo‘shilishidan yasalgan. Uning "Yonish", "Olov" so‘zlariga aloqadorligi taxmin qilinadi. Oltingugurt haqiqatan ham yaxshi yonadi va bejizga u forslarda gugurt bilan qiyoslanmagan. Rus tilida oltingugurtni sera ("сера") deyiladi. Qadimgi rus tilida har qanday yonuvchan moddani sera deyilgan. Element nomi ham shundan kelib chiqqan bo‘lishi mumkin. Shu orqali biz oltingugurtning kislorodli birikmalarini ham o’rgandik. Ushbu moddalar ya’ni SO, SO2 va SO3 moddalarining qaynash - suyuqlanish temperaturalarini, zararli va foydali tomonlarini bilib oldik. Sanoatda va albattda qishloq xo’jaligida ushbu oksidlar qay darajada muhim ekanligini bilib oldik. Bu oksidlar inson organizmi uchun ham xavfli gaz sanaladi. Oltingugurtning Yer qa'rida tarqalish ulushi ham anchayin qiziq statistikani taqdim qiladi. Xususan, Yer po‘stining tashqi qatlamlarida oltingugurt ulushi atiga 0,03% atrofida bo‘ladi. Lekin litosfera bo‘ylab chuqurlashgan sari, oltingugurt ulushi ortib boradi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, Yer sayyorasida oltingugurtning umumiy ulushi 3% ga yaqin miqdorni tashkil qiladi. Oltingugurt (IV) oksidi sanoatda keng qo'llaniladi. U sulfat kislota, selluloza sanoatida, sun’iy shoyi ishlab chiqarishda, oqartiruvchi va konservalovchi vosita sifatida, sovutgich qurilmalarida, neft sanoatida ekstraksiyalovchi modda sifatida ishlatiladi. Download 357.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling