Mundarija: I. Kirish. II. Asosiy qism
Oltingugurt (IV) oksidini aniqlash usullari
Download 357.32 Kb.
|
Oltingugurt
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlash tartibi.
- Oltingugurt (IV) oksidini polyarografik aniqlash usuli
Oltingugurt (IV) oksidini aniqlash usullari
Oltingugurt (IV) oksidi miqdorini aniqlash muhim va ochiq yerlarda havoni tahlil qilishning tez-tez amalga oshiriladigan bosqichlaridan hisoblanadi. Qo'yilgan maqsadga bog‘liq ravishda tanlanadigan bir qancha aniqlash usullari mavjud. Oltingugurt (IV) oksidini yodometrik-kolorimetrik aniqlash. Avvaldan yodometrik usul sulfat kislota ishlab chiqarishda katta konsentratsiyadagi SO ni aniqlash uchun qo‘llanib kelinadi, shu bilan birga bu usulni atmosferadagi kam konsentratsiyali SO2 ni aniqlash uchun ham qo‘llash mumkin. O‘lchashni joyida olib borish ushbu usulning yutug‘Ii hisoblansa, katta miqdordagi NO2 ga sezgirligi asosiy kamchiligi hisoblanadi. Bu usul 0,0001 g yod eritmasini SO2 ishtirokida kraxmal indicator bilan rangsizlanish darajasini aniqlashga asoslangan bo'lib, solishtiruvchi eritma sifatida SO2 saqlanmagan havo o'tkazilgan eritma olinadi. Toza havoning yuborilishi ko‘k rangni yorqin siyoh rangga o’tishiga olib keladi. Ishlash tartibi. Havo namunasi 0,5—2 daqiqa tezlik bilan aspirator yordamida g‘ovak plastinkali 25 ml 0,0001 g yod eritmasi va 25 ml kraxmal eritmasi to‘ldirilgan yuvuvchi shisha idish orqali (1/da 4g kraxmal eritilgan) o'tkaziladi. So‘ngra SO2 saqlamagan havo xuddi shunday aralashma bilan to'ldirilgan ikkinchi shisha idish orqali o‘tkaziladi. Havoni o‘tkazgandan so‘ng ikkala suyuqlik teng hajmda, 100 ml lik ikkita silindrga quyiladi va o'lchash ishlari olib boriladi. Solishtirish eritmasi solingan silindrdan shuncha suyuqlik o'tkazilinadi, qaysiki ikkala silindrda ham bo‘yalish jadalligi bir xil bo'lsin. Namunadagi SO2 ni miqdorini quyidagi formula bilan hisoblanadi: X=V (1—V,/V2)-3,2. Bunda V — 0,0001 g li yod eritmasining hajmi, ml; V — solishtirish eritmasi, hajmi ml; V2 —ishchi eritma hajmi, ml. SO ni yod-kraxmalli eritmasining rangsizlanishi avtomatik kolorimetrik usulga asoslangan. Oltingugurt (IV) oksidini polyarografik aniqlash usuli. Ushbu usulning kolorimetrik usulga qaraganda sezgirligi kam bo'lib, katta diapazonda o'lchashni ta’minlaydi va katta miqdorda NO2 ishtirok etsa ham qo'llanilsa bo'ladi.9 Kam konsentratsiyadagi SO 2 ni aniqlash uchun kamida 3 ml havo namunasi talab etiladi. Havo namunasi 30 – daqiqa tezlik bilan 30 daqiqa davomida yuvuvchi shisha idish orqali yuboriladi. Shisha idishga 100 ml yuttiruvchi eritma quyiladi, sezgirlikni oshirish zarur bo'lganda eritmani hajmi 50 ml gacha kamaytiriladi. Namuna o'tkazilgandan keyin olingan 5—10 ml eritma polyarografni elektrolizyoriga joylashtiriladi, 10 daqiqa davomida toza azot eritma orqali o'tkaziladi va bir vaqtda xuddi shunday hajmda atsetat buffer eritmasi o'tkaziladi. Ushbu ikki eritma havosiz aralashtiriladi va aralashma orqali 1,5 daqiqa davomida azot yuboriladi. So'ngra azotni yuborish to'xtatiladi va 0,35 dan 1,00 V gacha kuchlanish to'g'ri kelganda polyarograflanadi. Xuddi shunday holatda 3-30 mkg/ml miqdorda SO2 li sulfat eritmasi bo'yicha kolibrlangan (darajalangan) egri chiziq chiziladi. Aniqlash uchun quyidagi reaktivlar qo'llaniladi: Yuttiruvchi eritma: 0,05 g NaOH dagi 2 % li glitserin eritmasi. Bufer atsetat: 0,5 g natriy atsetati eritmasidagi (pH 3,85-3,95) 2,5 g li sirka kislotasi. Standart sulfat eritmasi: 1 yuttiruvchi eritmada 1,484 g metabisulfit Na2S, 0,5 yoki 1,625 g NaHSO3 eritiladi va titriyodometrik usulda aniqlanadi (1 ml da 1 mg SO2 bor). Download 357.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling