Mundarija: I. Kirish. II. Asosiy qism
Download 357.32 Kb.
|
Oltingugurt
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining maqsad va vazifalari.
Mavzuning dolzarbligi. Oltingugurtning lotincha nomlanishi, ya'ni, "sulfur" ning kelib chiqish ildizi ma'lum emas. O‘zbek tilidagi biz bilgan nomlanishi esa turkiy tildagi "Oltin" va forscha "Gugurt" so‘zlarining qo‘shilishidan yasalgan. Uning "Yonish", "Olov" so‘zlariga aloqadorligi taxmin qilinadi. Oltingugurt haqiqatan ham yaxshi yonadi va bejizga u forslarda gugurt bilan qiyoslanmagan. Rus tilida oltingugurtni sera ("сера") deyiladi. Qadimgi rus tilida har qanday yonuvchan moddani sera deyilgan. Element nomi ham shundan kelib chiqqan bo‘lishi mumkin.
Qadimgi yunonlar oltingugurtni "Tion" deb nomlashgani tarixiy manbalarda qayd etiladi. Tarkibida oltingugurt mavjud bo‘lgan kimyoviy birikmalarning nomlanishida "-tio" qo‘shimchasi mavjudligi aynan shu fakt bilan bog‘liq. Davriy jadvalda oltingugurt shundoqqina kislorodning tagidagi katakchada joylashgan. Oltingugurt atomlari ko‘p hollarda o‘zini xuddi kislorod bilan o‘xshash tarzda tutadi. Lekin, tashqi ko‘rinishidan bu ikki element hech qanday umumiylikka ega emas. Siz yaxshi bilasizki, kislorod bu - rangsiz va hidsiz gaz. Oltingugurt esa yorqin sariq rangli qattiq moddadir. Kurs ishining maqsad va vazifalari. Ushbu kurs ishidan maqsad oliy va o’rta ta’limda oltingugurt moddasi va uning xususiyatlarini o’rganish va tahlil qilishdir. II. Asosiy qism. II.1 Oltingugurt haqida umumiy ma’lumot. 16-raqamli element hammaga yaxshi tanish. Odamzot oltingugurtni juda qadim zamonlardan yaxshi biladi. Lekin, oltingugurt mustaqil kimyoviy element sifatida faqatgina 1777-yilga kelib tan olingan. Oltingugurtni alohida kimyoviy element ekanligini isbotlagan olim mashhur farang kimyogari Antuan Lavuaze (1743-1794) bo‘ladi. Oltingugurt kislorod bilan S2O, S2O3, SO2, SO3 oksidlar hosil qiladi. Oltingugurtning amaliy axamiyatga ega bo’lgan ikki xil oksidi oltingugurt (IV)-oksid SO2 va oltingugurt (VI)-oksidi SO3 Download 357.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling