Mundarija: I. Kirish. II. Asosiy qism
Oltingugurt vodorodli birikmalari
Download 357.32 Kb.
|
Oltingugurt
Oltingugurt vodorodli birikmalari. Н2S va H2S2 erkin holda juda beqaror, tuzlari ma’lum MeS va MeS2.
H2S-rangsiz, zaharli gaz, hidi yoqimsiz, palag’da tuxum hidi keladi.Qaynash harorati-60,3оC, suyuql. harorati -85,5оS. Yuqori haroratda parchalanadi: Н2S = H2 + S Suvda yaxshi eriydi. 3 hajm suvda 1 hajm vodorod sulfid eriydi. Kuchsiz ikki asosli kislota (K1=6*10-8; K2=10-14). Н2S * H+ + HS- HS- * H+ + S2- Sulfid kislotaning tuzlari sulfidlar deyiladi.Tarkibida Na+,K+,NH4+ ionlari tutgan sulfidlar suvda eriydi. Og’ir metallarning sulfidlari suvda erimaydi. Sulfid kislotaning tuzlari-sulfidlar suvda erimaydi. Ishqoriy metallar tuzlari va ammoniy sulfid eriydi. Sulfidlarning xarakterli xossalaridan biri ularning rangli bo’lishidir. Ishqoriy va ishqoriy-yer metallari tuzlari rangsiz, og’ir metall tuzlari har xil rangga bo’yalgan. FeS, CoS, NiS, Ag2S, PbS, Bi2S3 tuzlari qo’ng’ir-qora rangli, ZnS va СаS oq rangli, СdS, SnS, Аs2S3 sariq rangli, MnS teri rangli, Sb2S3 jigar rangli bo’ladi. Bundan analitik kimyoda qo’llaniladi, ya’ni kationlar shu asosda bir-biridan ajratiladi. Issiqqa nisbatan sulfidlar beqaror, qizdirilganda ular erkin oltingugurt hosil qilib parchalanadi. CuS(qora rangli) suvda ham syultirilgan kislotalarda ham erimaydi. FeS(qora rangli) suvda erimaydi, lekin kislotalarda eriydi. HgS(qora) –konsentrlangan nitrat kislotada ham erimaydi. Ko’p sulfidlar konsentrlangan xlorid kislotada eriydi. РbS, ZnS, CuS bo’lsa nitrat kislotada eriydi. НgS zar suvida erishi aniqlangan. Sulfidlar orasida o’zgaruvchan tarkibli birikmalar ham uchraydi. Masalan, FeS1,01 dan boshlab FeS1,14 gacha. Na2S,CaS va BaS teridan tuklarni yo’qotish uchun ishlatiladi.ZnS – lyuminofor bo’yoqlar olishda ishlatiladi. Sulfidlar oson gidrolizga uchraydi.Bunda nordon tuzlar hosil bo’ladi: NaOH + H2S = NaHS + HOH NaHS + NaOH = Na2S + HOH Alyuminiy va xrom(III) sulfidlari suvda oson qaytmas gidrolizga uchraydi: Аl2S3 + 6HOH = 2Al(OH)3 + 3H2S Cr2S3 + 6HOH = 2Cr(ОН)3 + 3Н2S Hamma sulfidlar , shuningdek H2S-kuchli qaytaruvchi: H2S + Сl2 = 2HCl + S 2H2S + O2 = 2H2O + 2S 2KMnO4 + 5H2S + 3H2SO4 = 2MnSO4 + 5S + K2SO4 + 8H2O Quruq H2S yonganda oltingugurt (IV) va suv hosil bo’ladi: 2H2S + 3O2 = 2H2O + 2SО2 4NiS + 7O2 = 2Ni2O3 + 4SO2 Juda kuchli oksidlovchilar ishtirokida sulfidlar sulfatlargacha oksidlanadi: NiS + 2O2 = NiSO4 3CuS + 14HNO3 = 3Cu(NO3)2 + 3H2SO4 + 8NO + 4H2O CuS + 4H2O - 8e Cu2+ + SO42 -+ 8H+ NO3- + 4H+ + 3e- NO + 2H2O Kislotali muhitda KMnO4, K2Cr2O7, HNO3 sulfidlarni S2- yoki SO42- gacha oksidlaydi: 2KMnO4 + 5Na2S + 8H2SO4 = 2MnSO4 + 5S + K2SO4 + 5Na2SO4 + 5H2O 3PbS + 8HNO3 = 3PbSO4 + 4H2O + 8NO CoS + H2O2 + 2CH3COOH = Co(CH3COO)2 + S + 2H2O Tuzlarga H2S yoki uning tuzlarini ta’sir ettirish orqali sulfidlar olinadi: CuSO4 + H2S = CuS + H2SO4 FeCl2+(NH4)2S = FeS+ 2NH4Cl Na2SO4 + 4C = Na2S + 4CO Download 357.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling