Mundarija I. Kirish II bob. Asosiy qism


Chiziqli spektrni hosil bo’lishi


Download 66.95 Kb.
bet4/9
Sana18.06.2023
Hajmi66.95 Kb.
#1559780
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mustaqil ishi mavzu Spektral tahlil tushunchalari

3 . Chiziqli spektrni hosil bo’lishi
Spektral chiziqlar birinchi turdagi , bog’liq holatdan bog’liq holatga , o’tishlar natijasida hosil bo’ladilar . Chiziqlarni hosil bo’lish nazariyasini vodorod atomi misolida ko’rib chiqaylik . Vodorod atomida elektron ko’plab energetik sathlarning birortasida bo’lishi va unga mos ravishda atom ma’lum energiyaga ega bo’lishi yoki ma’lum energetik holatni egallashi kerak . Atom boshqa zarra yoki yetarli energiyali kvant bilan to’qnashganda u uyg’ongan holatga o’tishi yoki ionlashishi mukin . Spektral chiziqning intensivligi uni hosil qilgan atomni bir energetik holatdan ikkinchi holatga o’tish ehtimoli va bunday o’tishlarni bergan atomlarning soniga bog’liq . Atomni bir bog’liq energetik holatdan ikkinchi bog’liq holatga o’tish ehtimoli uni boshlang’ich holatda bo’lish vaqtiga teskari miqdor bilan xarakterlanadi . Ehtimoli juda kichik bo’lgan o’tish taqiqlangan o’tish deb ataladi . Taqiqlangan chiziqni beradigan sath metostabil sath deb ataladi . Atom bunday holatdan ikki xil yo’l bilan chiqishi mumkin : 1) atom shu sathdan ketish uchun yetarli energiyadagi yorug’lik kvanti yutadi yoki u boshqa zarra ( elektron ) bilan to’qnashganda zarra o’z energiyasining bir qismini unga beradi . 2) Uyg’ongan atom zarra ( elektron ) bilan to’qnashganda u o’z energiyasidan ajralib qolishi mumkin , bunda atom pastki , kam energiyali holatga o’tadi , biroq nurlanish kvanti chiqarmaydi , uning uyg’onish energiyasini zarra olib ketadi . Bunday to’qnashuvlar ikkinchi tur to’qnashuvlar deb ataladi . Taqiqlangan chiziqlarda kvantlar shunday muhitda sochiladiki ularning zichligi metastabil holatni uyg’otish uchun yetarli , biroq ikkinchi tur to’qnashuvlar orasidagi vaqt atomni metastabil holatda bo’lishi vaqtidan katta bo’lganda taqiqlangan chiziq hosil bo’lishi mumkin .
Spektral tahlil xususiyatlari . Spektral tahlil uchun juda oz miqdordagi modda talab qilinadi. Ushbu usul juda sezgir va juda tezdir, bu nafaqat uni turli xil ehtiyojlar uchun ishlatishga imkon beradi, balki ba'zida uni shunchaki almashtirib bo'lmaydigan qiladi. Ma'lumki, har bir davriy jadval faqat o'ziga xos spektr chiqaradi, shuning uchun to'g'ri bajarilgan spektral tahlil bilan xato qilish deyarli mumkin emas .

Download 66.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling