Mundarija kirish 1 atb mikrokredit bankning tarixi va tarkibiy tuzilishi


Download 52.38 Kb.
bet12/29
Sana15.06.2023
Hajmi52.38 Kb.
#1488160
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29
Bog'liq
mikrokredit bank

Kreditlash siyosati va uning samaradorligi to'g'ri kredit narxlari belgilangan sharoitda muvaffaqiyatli bo'lishi mumkin. Kredit siyosatini samarali olib borishda bank xodimlari bank mijozlarining mablag'larini kimlarga foydalanishga berish mumkinligini yaqqol bilishi lozim. Bankning kredit siyosati kreditlash jarayonida yuzaga keluvchi risklarni boshqarishda bank rahbariyati tomonidan qabul qilinadigan choralar va uslublarni belgilovchi hamda bank rahbariyati va xodimlari kreditlar portfelini samarali boshqarishga doir ko'rsatmalar bilan ta'minlovchi hujjatdir. Kredit siyosati bankning kredit faoliyati maqsadlarini aniq ko'rsatishi va aniqlab berishi shart.

Mikrokredit bank Termiz shahar ATB 2020 yil uchun mo’ljallangan kredit siyosati bilan tanishdim va u quyidagi talablarni o’z ichiga oladi:

I. Bank Boshqaruvi va Kengashiga taqdim etiladigan hisobotlar

Mikrokredit bank Termiz shahar ATB-bank tizimida taklif etilayotgan kredit xizmatlari va kreditlash tartiblari: Bank tomonidan qisqa va uzoq muddatli kredit xizmatlari qurilish, ishlab chiqarish, savdo, xizmat ko'rsatish, qishloq xo'jaligi va boshqa sohalarda faoliyat ko'rsatuvchi mulkchilik shaklidan qat'iy nazar barcha xo'jalik yurituvchi sub'ektlarga (tadbirkorlik sub`ektlari), shuningdek jismoniy shaxslarga qonunchilikda ta'qiqlanmagan maqsadlar uchun ko'rsatilishi mumkin.

ATB Mikrokredit bank quyidagi kredit xizmatlarini ko'rsatadi:

Xo'jalik yurituvchi sub'ektlarga:

kredit liniyasi ochgan va ochmagan holda kreditlash;

ta'minot asosida hamda ta'minotsiz (ishonchli) kreditlar berish;

qisqa va uzoq muddatli kreditlar berish.

Jumladan:

ish haqi to'lovlarini to'lash uchun xo'jalik sub'ektlariga kreditlar berish;

xo'jalik yurituvchi sub'ektlarga aylanma mablag'larni to'ldirish uchun kreditlar ajratish;

xo'jalik yurituvchi sub'ektlarga asosiy vositalar sotib olishga kreditlar ajratish;

tijorat, sanoat va ijtimoiy ob'ektlar qurilishiga, rekonstruktsiyasiga va kapital ta'mirlashga kreditlar ajratish va xakozo.


Download 52.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling