Mundarija kirish 1 Bob Maxsus maktabda sinf rahbari ish masalalari pedagogik muammo sifatida
Download 339.28 Kb.
|
Maxsus maktabda sinf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot metodlari
- 1. Bob. Maxsus maktabda sinf rahbari ish masalalari pedagogik muammo sifatida 1.1. Maxsus maktabda ta’lim-tarbiyaviy ishlar tizimida sinf rahbarining o‘rni va roli
Tadqiqot maqsadi: Maxsus maktabda sinf rahbarining ish tizimini o‘rganish
Tadqiqot obekti: Maxsus maktabda sinf rahbarining faoliyati. Tadqiqotning predmeti: Maxsus maktabda sinf rahbarining ish jarayoni. Tadqiqot vazifalari: -Maxsus maktabda sinf rahbarining ish faoliyatini hozirgi kundagi holatini o‘rganish; - Maxsus maktabda sinf rahbarining ish faoliyatni o‘ziga hosligini aniqlash; -Maxsus maktabda sinf rahbarining korreksion ish tizimini umumlashtirish va metodik tavsiyalar ishlab chiqish. Tadqiqot metodlari: kuzatish, pedagogik tahlil; suhbat, so‘rovnoma; tajriba-sinov, statistik metodi. Tadqiqotning metodologik asoslari: O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi, O‘zbekiston Respublikasining «Bola huquqlarini kafolatlari to‘g‘risida» gi Qonunlari, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», Xalq ta’limi Vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan tegishli meyoriy hujjatlar va «Sinf rahbari» Nizomi, «Sog‘lom bola yili»dasturi, Sharq mutaffakkirlarining pedagogikaga oid qarashlari, Prezidentimizning yoshlar ta’lim-tarbiyasiga oid barcha risolalari, ruhiy va jismoniy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilar ta’lim-tarbiyasiga oid meyoriy xujjatlar ishimizda metodologik asos bo‘lib xizmat qildi. Bitiruv malakaviy ish kirish, uch bob, har bir bob yuzasidan xulosalar, umumiy xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. 1. Bob. Maxsus maktabda sinf rahbari ish masalalari pedagogik muammo sifatida 1.1. Maxsus maktabda ta’lim-tarbiyaviy ishlar tizimida sinf rahbarining o‘rni va roli Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida sinf rahbari faoliyati O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta’lim sohasidagi qarorlari, Xalq ta’limi Vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan tegishli meyoriy hujjatlar va nizom asosida tashkil etiladi. Sinf rahbari ta’lim muassasasining tarbiyaviy tizimidagi tayanch pedagoglardan biri bo‘lib, o‘ziga biriktirilgan sinf o‘quvchilarining amalda belgilangan ta’lim va tarbiya olishlarini tashkil etadi. Sinfda tarbiyaviy ishlarni asosiy yo‘lga qo‘yuvchi, o‘quvchilarning birinchi tarbiyachisi va murabbiysi sinf rahbaridir. Maktab direktori tajribali va obro‘li o‘qituvchilardan sinf rahbari tayinlaydi. Uniga bolalar hayotini yo‘lga qo‘yish, jamoani uyushtirish va uni tarbiyalash mas’uliyati, sinfdagi o‘quv –tarbiya ishlariga javobgarlik yuklanadi. Sinf o‘quvchilarining ma’naviy va ma’rifiy tarbiyasini tashkil etishda o‘qituvchilar, bolalar yetakchisi, psixolog, ota-onalar, shuningdek ta’lim muassasasi rahbariyati orqali voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar, mahalla, huquq-tartibot idoralari, xomiylik va vasiylik komissiyalari, tegishli davlat va nodavlat tashkilotlari, ijodiy uyushmalar bilan hamkorlikda ish tashkil etadi. Sinf rahbari ta’lim muassasasida va keng jamoatchilik orasida sinf o‘quvchilarining (ota-onalari bilan birgalikda) tarbiyalanganlik darajasiga javobgar shaxs hisoblanadi. Uning maqsadi har tomonlama yetuk, barkamol – ma’naviy, aqliy, jismoniy rivojlangan Shaxs tarbiyasini amalga oshirish, sinf o‘quvchilarining qobiliyatlarini to‘liq namoyon etishlari uchun yetarli pedagogik sharoit yaratishdir. Bu borada ta’lim muassasalari pedogogik va o‘quvchilar jamoasi hamkorligida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda har bir o‘quvchining o‘ziga hos xususiyatlariga qarab yondashishni yo‘lga qo‘yadi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari o‘ziga biriktirilgan sinfga rahbar hisoblanadilar. 5-9-sinflarda sinf rahbarlari tajribali o‘qituvchilar orasidan ta’lim muassasasi ma’muriyati tomonidan tanlab olinib, tayinlanadi. Bir o‘qituvchiga faqatgina bitta sinf rahbarligi topshiriladi. Sinf rahbarlari faoliyatini ma’naviy-ma’rifiy tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari nazorat etadi va muvofiqlashtiradi. Sinf rahbarlari o‘quvchilariga mehribon bo‘lishi, ularning o‘sib-ulg‘ayishlarini pedagogik kuzatuvlar asosida nazorat etishi, yordamga muhtoj o‘quvchilarga yakka holda yondosha olishi lozim. Shu asosda ular qalbida milliy g‘urur, vatanparvarlik, mehr-muruvvat, mas’uliyat, tashabbuskorlik, ishbilarmonlik kabi xislatlarni uyg‘otadi. Sinf rahbari ishini o‘quvchilarning yosh hususiyatlarini va umumiy rivojlanish darajalarini, qobiliyatlarini hisobga olgan holda, keng qamrovli tarbiyaviy ishlar va aniq mezonlar asosida tashkil etadi. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarga milliy istiqlol ruhida tarbiya berishning umumiy rejasida sinf rahbarining shu sinfda dars beradigan barcha o‘qituvchilar bilan hamkorlikda olib boradigan tarbiyaviy ishlari markaziy o‘rinni egallaydi. Har bir zamonaviy o‘qituvchilarni o‘qitibgina qolmasdan, balki ularga ta’lim ham beradi, ularning ilmiy dunyoqarashini va ma’naviy qiyofasini shakllantiradi. U tarbiya berish vazifasini asosan ta’lim berish jarayonida darsda xal etadi. Shu bilan birga, u darsdan (sinfdan) tanqari tarbiyaviy ishlarni yo‘lga qo‘yishda ham ishtirok etadi. Masalan, o‘qituvchilar o‘quvchilarga ma’naviy siyosiy tarbiya berishda sinf rahbarlariga yordam beradilar, o‘qituvchilar madaniy dunyoqarashini boyitishda, ularga estetik, jismoniy va mehnat tarbiyasi berishda ko‘maklashadilar. U tarbiyachi sifatida o‘qituvchilarni har tomonlama kamol topishi to‘g‘risida, ularni mehnatsevarlik, jamoalik, e’tiqod ruhida tarbiyalash to‘g‘risida, o‘quvchilar bilimini oshirish va sinfda tartib intizomni mustahkamlash to‘g‘risida g‘amho‘rlik qiladi. Sinf rahbari bu ishlarning hammasini havaskor kishi sifatida emas, balki rasmiy, mas’ul shaxs sifatida bajaradi. U maktab rahbarlari oldida, xalq maorifi organlari oldida o‘ziga topshirilgan sinfda g‘oyaviy –siyosiy ishlarning ahvoli uchun, tarbiyaviy ishlarning mazmuni va yo‘lga qo‘yilishi uchun javobgardir. Sinf rahbarining asosiy vazifasi-o‘quvchilarga tarbiya berish va ularni do‘stona bir jamoa qilib jipslashtirishdan iborat. Albatta, o‘z sinfidagi o‘quv ishlari, o‘quvchilar bilim darajasini oshirish masalalari ham uning e’tiborini jalb etadi. Ammo bu masalalarni hal etishga u avvalo tarbiyachi sifatida yondashadi. Sinf rahbarining yana bir asosiy vazifasi-o‘quvchilarning tahlil guruhlarni, aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishchan jamoani tashkil qila olish va ularni ta’lim-tarbiyali shaxslar, kelajagi buyuk davlatning haqiqiy egalari,komil insonlar etib voyaga yetkazishdir. U eng asosan tarbiya berish vositalari orqali(o‘quvchilardao‘quv vazifasiga nisbatan ongli va mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lishni tarbiyalash, o‘qitishda o‘quvchilarning o‘zaro yordamini yo‘lga qo‘yish, ularni maktab kundalik tartibga rioya qilishga o‘rgatish va shu kabilar) ta’lim berish sifatini oshirishda shu sinfda dars beradigan barcha o‘qituvchilarga yordam beradi. Har qaysi sinfda muayyan o‘qituvchilar jamoasi ish olib boradiki, bu jamoa o‘quvchilarga qo‘yiladigan yagona talabga amal qilishi, ular bilan individual ish olib borishni amalga oshirish ta’minlashning aniq yo‘llarini belgilab chiqadi. O‘qituvchilarning sinflar bo‘yicha bo‘ladigan kengashlarida sinfda va sinfdan tashqarida o‘tkaziladigan tarbiyaviy ishlarini yo‘lga quyish masalalari kelishib olinadi.Sinf rahbari o‘z sinfidagi o‘quvchilar bilan boshqa o‘qituvchilarga qaraganda ko‘proq muomala qilishi kerak. Odatda jamoaning tashkilotchisi va yetakchisi sinf rahbari bo‘ladi. U Sinfida dars beradigan o‘qutuvchilar olib boradigan o‘quv –tarbiya ishlarining xususiyatlarini o‘rganadi, ularning o‘quvchilarga qo‘yadigan talablari hamda o‘quvchilar bilan o‘zaro aloqalarini o‘rganadi, ayrim o‘quvchilar xulq – atvori haqida, ularga ta’sir ko‘rsatish metolari haqida o‘qituvchilar xulq atvori haqida, ularga ta’sir ko‘rsatish metodlari haqida o‘qituvchilar bilan fikrlashib turadi. Uning muhim vazifasi o‘qituvchilarning tarbiyaviy ish faoliyatlarini birlashtirib yo‘naltirib borishdan iborat. Sinf rahbari maktab pedagogik jamoasi va pedagogika kengashi a’zosidadir. U barcha tashkilotchilik va tarbiyaviy ishlarni faqat yolg‘iz o‘zi emas, balki maktab derektori va uning yordamchilari rahbarligida, o‘z sinfida dars beradigan boshqa o‘qituvchilar bilan mustahkam hamkorligida olib boradi. O‘qituvchilar unga o‘quvchilar va ota-onalar majlislarini o‘tkazishda, sinfda ijtimoiy foydali ishlarini tashkil etishda, ekskursiya hamda sayrlarga tayyorlanish va ularni o‘tkazishda, kitobxonlar, konferensiyalari, yig‘ilishlar kechalarni o‘tkazishda yordam beradilar. Sinf rahbari ish rejasini tuzib chiqib, direktorga tasdiqlanadi. Uning o‘quvchilar bilan muomalasini tanafus qo‘ng‘iroqlari cheklab qo‘ymaydi. U darsdan keyin ham tarbiyachi, sinf jamoasi hayoti va faoliyatini yo‘lga qo‘yuvchi sifatida ish olib boradi. Shuningdek, sinf rahbari tarbiyaviy faoliyatining muvaffaqiyatli bo‘lishi uning o‘quvchilar ota-onalari bilan mustahkam hamkorligiga ham bog‘liqdir. Bu hamkorlik maktab tarbiyasi bilan oila tarbiyasi birligini ta’minlash imkonini beradi. Direktor va uning o‘rinbosarlari sinf rahbari ish faoliyatini boshqarib turadi. Sinf rahbarining burch va vazifalari «Sinf rahbari to‘g‘isida » Nizomda yoritib berilgan. Sinf rahbarining burchi juda keng va ko‘p tomonlamadir. Ammo undan direktor o‘rinbosari qilinishi kerak bo‘lgan ishlarni talab qilmaslik lozim. Afsuski, ba’zi maktablarda bu hol sodir bo‘lib turibdi. Ba’zan maktab rahbarlari sinfdagi tarbiya va talimning ahvoli uchun barcha mas’uliyatni sinf rahbarlari zimmasiga yuklashga moyil bo‘ladilar. Ishga bunday yondashish noto‘g‘ri. Sinf rahbari ma’muriy shaxs emas, balki tarbiyachidir, u sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi bo‘la olmaydi. Sinfda o‘quv tarbiya ishlarining ahvoliga uning mas’uliyati juda katta, lekin bu mas’uliyatni boshqa o‘qituvchilardan olib qo‘ymaslik zarur. Har qaysi o‘qituvchi o‘z sinfidagi tarbiya hamda ta’lim sifati uchun, tartib –intizom uchun javob beradi, u noshud va intizomsiz bolalarni to‘g‘ri yo‘lga solishga qatnashmay tura olmaydi. Maktabning tarbiyaviy roli ko‘p darajada oshib borayotgan hozirgi sharoitda sinf rahbarlari barcha o‘qituvchilar bilan birgalikda maktabda juda muhim va mas’uliyatli vazifalarni ado etmoqdalar. Ular faol va ongli, har tomonlama barkamol quruvchisini tarbiyalab yetishtirishga katta yordam bermoqdalar. O‘quvchilarga tarbiya va ta’lim berishning, o‘z-o‘zini tarbiyalashni yo‘lga qo‘yishning muvaffaqiyatli bo‘lishi ko‘p jihatdan ularning ishiga bog‘liq. Sinf rahbari o‘quvchilar bilimi sifatini oshirishda yordam beradi. U bo‘sh o‘zlashtiruvchi va o‘zlashtirmovchi o‘quvchilar bilan o‘tkaziladigan qo‘shimcha mashg‘ulotlarni tashkil etishda ishtirok etadi, predmet to‘garaklari tuzishda, fan va texnika kechalari, ayrim o‘quv predmetlaridan konkurslar va olimpiadalar o‘tkazishda yordam beradi. Madaniy ommaviy ishlar uchun mas’ul a’zo. Sinf rahbari va sinfda ish olib boradigan o‘qituvchilar bilan birgalikda bo‘sh vaqtdan madaniy va oqilona foydalanish to‘g‘risida, o‘quvchilarni badiiy havaskorlik to‘garaklariga jalb etish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi. Sanitariya, o‘quvchilar sog‘lig‘ini mustahkamlash to‘g‘risida, ularning mehnat qilishlari va dam olishlarini oqilona almashtirib borish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi. Sinf rahbari hamda sinf faoli bilan birgalikda navbatchilik tashkil etadi, sinfda tozalik va tartib bo‘lishiga erishadi. O‘quvchilarning ishga joylashishi va ta’lim olishni davom ettirishlari to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi. Sinf rahbari kuni o‘zaytirilgan gruppalar tashkil etishda ko‘maklashadi. Sinf rahbari o‘quvchilar bilan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda maktabga katta yordam ko‘rsatadilar. U «Mohir Qo‘llar», qo‘l hunari, bichish - tikish to‘garaklarini, avtomobil chilangarligini o‘rganish to‘garagi, ekologiya, ona yurtni o‘rganish bo‘yicha o‘tkaziladigan ekskursiya va sayohatlar o‘tkazishda, badiiy havaskorlik tashkil etishda rahbarlik qiladi. Ayniqsa, ular o‘quvchilarga mehnat tarbiyasi berishda va ularni ishlab chiqarish mehnatiga jalb etishda katta yordam beradilar. Sinf rahbari ko‘pincha ota-onalarni turli bayramlar hamda xotira kunlariga bag‘ishlangan ertaliklar va kechalarga taqlif qilib turadilar. Ular o‘z xotiralarini gapirib berishlari, bolalar oilani oldingi va hozirgi hayoti to‘g‘risida, o‘zlarining ishlab chiqarishdagi ishlari to‘g‘risida suhbatlar o‘tkazishlari mumkin. Ko‘pgina ota-onalar mamlakatimizda yangi sanoatni va qishloq xo‘jaligini qaytadan barpo etish borasida olib borilgan qahramonona ishlarning shohidi va bevosita ishtirokchilari bo‘lganlar. Ularning hikoyalari o‘quvchilarni mehnatga mehr-muhabbat va hurmat ruhida tarbiyalashda, ularning kasb tanlashlarida amaliy ta’sir ko‘rsatadi. Sinf rahbari ota-onalarga tayanib, ayniqsa pedagogik yordamga muhtoj bo‘lgan oilalar bilan tarbiyaviy ish olib boradilar. Sinf rahbari ota-onalar o‘z bolalari tarbiyasiga mas’uliyatsizlik bilan qaraydigan ayrim otalar va onalarga nisbatan jamoat ta’siri o‘tkazishlari mumkin. Masalan, biron-bir o‘quvchining otasi ko‘pincha uyga mast holda kelib, janjal ko‘tarishini, bolalari oldida so‘kinib beodoblik qilishini bilgach, sinf rahbari mazkur oilaga borib, bu ota bilan gaplashadi. Agar bunday suhbatlar kor qilmasa, bu ota-onalarning ish joylaridagi jamoat tashkilotlariga bunday ota-onalarga ta’sir etishni so‘rab murojaat qilish mumkin bo‘ladi. Jamoatchilikni bolalar tarbiyasiga jalb etish. Keyingi yillarda bolalar tarbiyasiga jamoatchilik keng jalb etilib kelinmoqda. Ayniqsa mahalla va boshqa jamoat tashkilotlari maktabga hamda oilaga bolalar tarbiyasida juda katta yordam ko‘rsatmoqdalar. Sinf rahbarining jamoatchilikni o‘quvchilar tarbiyasiga jalb etishda sinfdan va maktabdan tashqari ishlar tashkilotchisi sifatida roli kattadir. Tashkilotchi maktabning o‘ziga qarashli tumanda bolalar bilan tarbiyaviy ish olib borishni tashkil etuvchi markaz bo‘lib qolmog‘i uchun chora-tadbirlar ko‘radi. Shu maqsadda u o‘quvchilar ota-onalari ishlaydigan korxona va muassasalar jamoat tashkilotlari bilan mustahkam aloqa o‘rnatadi, maktabni otaliqqa olgan tashkilot va uy boshqarmalari bilan bolalarning yashash joylarida ular bilan tarbiyavni ishlar olib borish to‘g‘risida suhbatlashadi. Sinf rahbari jamoat tashkilotlari bilan mustahkam aloqada bo‘lib, ularga mumkin qadar ko‘proq yordam berishlari va qo‘llab-quvvatlashlari uchun ularga murojaat qilib turmog‘i zarur. Tarbiyasi qiyin bolalarni o‘z nazoratiga olib, ularni turli sport to‘garaklariga jalb qilindi. Ko‘pgina tarbiyasi qiyin bolalar o‘zlarining sang‘ib «yurishlarini» va poezdlarda, avtobuslarda, bozorlardagi «sayohatlarini» tashlab, foydali ishlar bilan shug‘ullanadigan bo‘lishdi. Sinf rahbarining ish rejasi oldindan o‘quv choragi boshlanishidan bir hafta oldin maktab ma’muriyatiga tasdiq uchun beriladi. Maxsus maktablarda direktor sinf rahbarlari rejalarini tasdiqlaydi, o‘zining o‘quv-tarbiya ishlar bo‘yicha o‘rinbosariga yoki sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar tashkilotchisiga ijro nazoratini topshirishi mumkin. Tarbiyaning umumiy vazifalari bolalar jamoasining kundalik hayoti va faoliyatidan kelib chiqadigan xususiy vazifalarga hamda ayrim-ayrim o‘quvchilar oldiga qo‘yiladigan vazifalarga hamisha ham mos kelavermay qoladi. Ayniqsa maxsus maktab yuqori sinflarida tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish qiyin. Eshitishda nuqsoni bo‘lgano‘quvchilarni ma’naviy hayotlari boyib, ularning hayotiy tajribalari, dunyoqarashlari kengayib boradi. Reja tuzishdan oldin o‘quvchilar individual o‘rganib chiqib, (yoppasiga, gurux-guruxga bo‘lib va yakka tartibda) «Sinfimiz hayoti va ish-faoliyatini qanday tashkil qilsa bo‘ladi», «Sinfimiz do‘stona jamoa bo‘lishi uchun nimalar qilmoq kerak» va shu kabi temalarda suhbat o‘tkazilsa, yana yaxshi bo‘ladi. Barcha xususiy tarbiyaviy vazifalar maxsus maktab oldiga qo‘yilgan asosiy maqsadni— Eshitishda nuqsoni bo‘lgano‘quvchilarni har tomonlama kamol toptirish, ularni hayotga, yangi jamiyat qurilishiga faol qatnashishga tayorlash, uz –uziga xizmat kursata olish maqsadini amalga oshirishga qaratilmog‘i darkor. U eng avvalo reja mazmunining g‘oyaviy-siyosiy, ijtimoiy- foydali yo‘nalishini ta’minlamog‘i lozimki, bunda ijtimoiy-foydali mehnat ishlari markaziy o‘rinni ishg‘ol qilmog‘i kerak. Ba’zan ayrim sinf rahbarlarida ko‘ngil ochish o‘yinlarini ko‘proq o‘tkazish tendensiyasi nazarga tashlanadi. Ularning rejalarida quvnoqlik va topqirlik klubi, ko‘p o‘rin ishg‘ol qiladi. Tarbiyaviy ishlar rejasida, ayniqsa yuqori sinflar tarbiyaviy ishlar rejasida jamoat ishlarining g‘oyaviy-siyosiy, mehnat qilish mazmuni, ma’naviy-siyosiy tarbiya mazmuni yanada ochiq-oydin va to‘la aks ettirilmog‘i zarur. Download 339.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling