Mundarija kirish 1 Bob Maxsus maktabda sinf rahbari ish masalalari pedagogik muammo sifatida


Download 339.28 Kb.
bet7/12
Sana18.06.2023
Hajmi339.28 Kb.
#1586718
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Maxsus maktabda sinf

Sinf burchagi

1.

O‘quvchilar ro‘yhati

2.

O‘quvchilar qoidasi

3.

Dars jadvali

4.

Navbatchilik ro‘yxati

5.

Tabriklaymiz qutlaymiz

Shuningdek, maxsus maktablarda o‘quvchilar qabul qilingandan boshlab har bir o‘quvchilarga sinf rahbarlari o‘quvchilar shaxsiga oid ma’lumotlarni alohida daftarga yozib bordilar va saqlaydi.



Psixologik fiziologik rivojlanish

Bilim saviyasini o‘stirish va fanlarni o‘zlashtirish

Xulqi, harakter hususiyatlari

Kuzatuv natijalari

O‘quvchi juda ko‘p kasal bo‘ladi. Ko‘p shamollaydi, boshi og‘rishidan shikoyat qiladi. Qoni kam ko‘p bezovtalanadi.

O‘qishni bo‘g‘inlab o‘qiydi, ona-tilidan xusni xati tushunarli bo‘lgani bilan juda ko‘p xato bilan yozadi. Matematikadan harakat qiladi lekin oddiy misollarni ham sekin ishlaydi va xatolari ko‘p topiladi.

O‘quvchining xulqi bo‘sh, qo‘rqoq, mehnatga layoqatli yaxshi harakat qiladi. Ko‘chada sayr qilishni ,ovqat pishirishga qiziqadi. Jamoat ishlariga qarashishni yaxshi ko‘radi.

Ota-onalar bilan suhbatini uyushtirish o‘quvchilar bilan suhbat olib borish, to‘garak ishlarini o‘tkazish, psixolog bilan maslaxat olib borish

Ba’zan sinf rahbarlari o‘quv choragiga mo‘ljallab tuzilgan sinf tarbiyaviy ishlari reja asosida haftalik ish rejasini to‘zadilar. Bunda kelgusi haftaga mo‘ljallangan aniq tadbirlar belgilanadi hamda ularning bajarilish muddati, ijrochilari ko‘rsatiladi. Bu reja tarbiyaviy ishga katta tezkorlik baxsh etadi. Sinf rahbari qisqa muddatga o‘z ishini rejalashtirar ekan, kundalik voqea-hodisalarni, sinf oldida turgan aniq vazifalarni hisobga olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shu bilan birga haftalik rejalashtirish sinfda tarbiyaviy ishlarni tashkil etish shakl va metodlarini yanada puxta o‘ylab ish tutishga imkon beradi.


Birinchi ustunga belgilangan tadbirlarning o‘tkazilish kuni va soati ko‘rsatiladi. Ikkinchi ustunga sinf rahbari o‘tkazishni mo‘ljallagan tadbir yoziladi; masalan: «Sinf majlisi o‘tkazish», «B. ismli o‘quvchining uyiga borish», «Ota-onalar majlisi o‘tkazish». Agar belgilangan tadbirlarni o‘tkazishga o‘qituvchilar va o‘quvchilar jalo etilsa, ikkinchi ustunga ularning familiyalari ko‘rsatiladi. Uchinchi ustunga belgilangan tadbirni o‘tkazishga qanday muvaffaq bo‘lingani, uning natijalari qayd etib boriladi. Agar ko‘rsatilgan ish bajarilmagan bo‘lsa, buning sababi va yangi bajarilish vaqti ko‘rsatiladi. Izoh ustuniga ayrim o‘quvchilarni kuzatish natijalari qisqacha qayd etiladi, ularning xulq-atvorlari, biron-bir tadbirga bo‘lgan munosabatlari ko‘rsatib boriladi. Xuddi shu joyda qo‘lga kiritilgan natijalarni mustahkamlash uchun sinf bilan va ayrim o‘quvchilar bilan qanday ishlar olib borish kerakligi ko‘rsatiladi va sinf rahbarini sinfdan tashqari ishlarni olib borish shakllariga amal qilgan holda ijro etadi.
Haftalik rejalashtirishning qimmati shundaki, u sinf rahbari ish faoliyati pedagogik natijalarini hisooga olib borishni ta’minlaydi.



Download 339.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling