Mundarija kirish 1 Bob Maxsus maktabda sinf rahbari ish masalalari pedagogik muammo sifatida


Download 339.28 Kb.
bet5/12
Sana18.06.2023
Hajmi339.28 Kb.
#1586718
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Maxsus maktabda sinf

Intizomli xulq – atvor, kunikma va odatlarni tarbiyalash;

- kun tartibini bajarish kunikmasi;
- darsga zarur bo‘lgan jixozlarni tanlash kunikmasi;
- uy vazifasini bajarishda tinchlik, osoyishtalik va tartibga rioya qilish;
- darsda o‘zini to‘g‘ri tutish kunikmasi;
- jamoa joylarda xulq–atvor qoidasiga amal qilish kunikmasi;
- shahar transportidan to‘g‘ri foydalana olish kunikmasi;
- kuchadan to‘g‘ri utish qoidasiga rioya qilish;
2. Atrofdagilar bilan xush muamola bo‘lish kunikma va malaka, adatlari vujudga keltirish:
- odobli salomlashish, xayrlashish, e’tibor, diqqat va xizmati uchun tashakkur bildirish kunikmasi;
- urtoklarining iltimosini bajonu dil, vijdonan bajarish odobi.
3. Hamkorlik, mexribonlik ko‘rsatish kunikma, malaka va odatlarini tarbiyalash;
4. Jamoani tashkil qilish;
- jamoatchilikka oid topshiriklarni vijdonan bajarish kunikmasi;
- turli ko‘rinishdagi jamoa faoliyatida faol katnashish kunikmasi;
- jamoadagi xulq – atvor meyori va qoidalarining buzilishlariga befark bo‘lmaslik kunikmasi.
Ijtimoiy xulq – atvor kunikma va odatlarini tarbiyalash

  1. Ijtimoiy xulq – atvor kunikma, malaka va odatlarini vujudga keltirish.

  2. Atrofdagilar bilan xushmuomalada bo‘lish kunikma, malaka va odatlarni vujudga keltirish.

  3. G‘amxurlik, mehribonlik ko‘rsatish kunikmasi, malaka odatlarini tarbiyalash.

  4. Jamoani tashkil etish.

Ahloqiy tasavvur, tushuncha va sezgilarini vujudga keltirish

  1. Vatanga nisbatan sevgi, xalqlar dustligi haqida tushuncha va tasavvurlarni vujudga keltirish.

  2. Burch, vijdon, inson haqidagi tasavvurlarni vujudga keltirish, kengaytirish.

  3. O‘rtovlik, do‘stlik haqidagi tasavvurlarni kengaytirish.

  4. Birlamchi ahloqiy – estetik tasavvurlarni vujudga keltirish va rivojlantirish.

Ahloqiy yordamga muhtoj o‘quvchilarga ahloqiy tarbiya berish orqali mehnatga tayyorlash katta ahamiyatga ega.
Bunda o‘quvchilarda quyidagi xislatlar tarbiyalanadi:

  1. O‘quvchilarda mehnatga nisbatan javobgarlik hissini tarbiyalash, jamoada ishlashni o‘rgatish mustaqillikni namoyon etish mehnat yutuqlariga erishishga intilish, o‘z-o‘zini tanqidiy baholash.

  2. Jismoniy, nutqdagi nuqsonlarni korreksiyalashga yordam berish.

  3. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarda mehnat bilimlarini, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish.

  4. Ishlab chiqarish mehnatga tayyorgarlik.

Maxsus maktablarda ahloqiy tarbiya orqali mehnat tarbiyasini oshirish, ta’limning turmush bilan aloqasini mustaxkamlash, kasb tanlashni kuchaytirish, maxsus maktab o‘quvchilarini ijtimoiy – foydali mehnatga tayyorlash va har tomonlama kamol toptirish ishlarini asosiy yo‘nalishlaridan birini o‘rgatishni unumli mehnat bilan tanlashning shakl va usullarini shakllantirishdir. Shunga muvofik nazariy va amaliyotda avvalo quyidagi masalalar xal qilinishi kerak:
- maxsus maktab o‘quvchilari unumli mehnatini rejali tashkil etish va kasblarni tartib etishni kuchaytirish;
- maktab, oila jamoatchilik kasb – xunar muassasalari aloqasini mustahkamlash;
- maxsus maktab o‘quvchilarining unumli mehnatini ma’naviy va moddiy rag‘barlantirishning samaradi yo‘llarini ishlab chiqish va amalda tadbik etish.
Mehnat tarbiyasi ahloqiy tarbiya berish orqali maxsus maktab o‘quvchilarida kelajakda to‘g‘ri kasb tanlashlari amalga oshiriladi.
Ahloqiy tarbiyaning quyidagi tamoyillari mavjud;
- ahloqiy tarbiyaning maqsad sari yo‘nalganligi;
- hayot bilan bog‘lab olib borilishi;
- jamoa uchun va jamoa orqali tarbiyalash;
- bolaning shaxsiga nisbatan xurmat va uning xulqiga nisbatan talabchanlik;
- tarbiyaning yagona bir butun jarayon ekanligi;
- ahloqiy tarbiyada onglilik va izchillik.
Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni ahloqiy tarbiyalash uchun quyidagilarga ahamiyat berish lozim;

  1. Ma’lum toifadagi nuqsonli bolalarga tegishli umumiy individual xususiyatlarni aniqlash uchun ularni atroflicha o‘rganish. Birlamchi va ikkilamchi nuqsonlarni tahlil etish.

  2. Nuqsonli bolalarning nisbatan saklangan kuli imkoniyatlarini aniqlash va shunga asoslanib ish olib borish.

  3. Pedagogik jarayonning bolalar nukchonlarini to‘g‘irlash va ularning o‘rnini to‘ldirishga qaratilishi. Asosiy e’tiborni tarbiyaga oson beriladigan ikkilamchi nuqsonlarga qaratish.

  4. Ayrim bolalarga individual yondoshish. Maxsus maktabning maxsus tarbiyaviy faoliyati shaxsni tarbiyalashga qaratilgan bo‘lib, u ahloqiy tarbiyaning quyidagi vazifalarini xal etadi:

  • ahloqiy ongni mustaxkam ahloqiy e’tikodni tarbiyalash maxsus maktab o‘quvchilarining Vatanga, jamiyatga, mehnatga o‘ziga boshqalrga munosabatini anglab olishga qaratilgan ahloqiy tuyg‘ularni tarbiyalash;

  • odob kunikmalari va odatlarini tarbiyalash. Ahloqiy tarbiyaning asosiy maqsadi va vazifasi har bir bolada faol hayotiy nuqtai nazar hosil qilishdan iborat.

Mehnat va inson bir-biri bilan chambarchas bog‘langan. Mehnat insonni o‘zini yaratadi. K.D. Ushinskiy bunday deb yozgan «Tarbiyaning o‘zi, agar u kishining baxtiyor bo‘lishini istar ekan, uni baxt uchun tarbiyalash kerak emas, balki turmush mehnatiga tayyorlash lozim»6.
Mehnat faoliyati bolaning tevarak atrofidagi muhitni, real buyumlarni anglab, bilib olishning mustaxkam vositasi bo‘lib unga nazariy bilimlarni qo‘llanish imkoniyatini yaratib beradi. Uning ongini hissini tasavvurlar bilan boyitadi, ularni aniqlaydi. Mehnat faoliyatini tayyorlash, biron-bir kasb bo‘yicha malaka va kunikmalar hosil qilish, yani mehnat adaptatsiyasiga erishish lozim. Bu vazifa Eshitishda nuqsoni bo‘lganbolalarga ishlab chiqarish korxonalariga mumkin qadar moslashgan sharoitlarda bilim berish orqali amalga oshiriladi mehnat tarbiyasida o‘qituvchi umumiy talablarga rioya qilishi kerak.

  1. Topshiriqlar bola yoshiga mos bo‘lishi kerak.

  2. Ma’lum bir to‘rini tanlashda bolaning psixofizik xususiyatlari uning imkoniyatlariga individual munosabatda bo‘lish.

  3. Ijtimoiy foydali mehnatni tashkil etishda o‘quvchilarga to‘g‘ri instruksiya berish, tushuntirish, ko‘rsatma berish.

  4. Har bir mashg‘ulot to‘rini topshirishda bolaga rahbarlik qilish, nazorat qilish rag‘barlantirish va baholash metodlaridan unumli foydalanish.

Mehnat insonni jismoniy, aqliy ahloqiy jihatdan to‘g‘ri rivojlanishning sharoitidir. Mehnat tarbiyasi shaxsning butun ma’naviy yo‘nalishini belgilaydi.
O‘quvchilarni mehnatga tarbiyalash dastlab oilada, maktabda, o‘quv tarbiya ishlarining butun sistemasida, bolalar tashkiloti faoliyatida, ishlab chiqarish jarayonida amalga oshadi. Mehnat tarbiyasi keng tushuncha bo‘lib, maxsus maktab o‘quvchilarini mustaqil hayotga, mehnatga tayyorlash ularni kasb xunar o‘rgatish mehnat faoliyatida zarur bo‘lgan intellektual jismoniy, ahloqiy, bilim, kunikma va malakalari bilan qurollantirish va malakalar bilan qurollantirish o‘z ichiga kamrab olgan, jamoa bo‘lib mehnat qilishi asosida o‘quvchilar aqliy, estetik jismoniy rivojlanib ularning dunyokarashlari ahloqiy sifatlari harakteri shakllanib boradi.
Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni mehnat tarbiyasini amalga oshirishda mehnat haqida suhbatlar, ayrim mehnat jamoalari haqida hikoya qilib berish mashhur, ilg‘or kishilar to‘g‘risida ma’lumot berish, qishloq mehnatkashlari haqida savol-javoblar tashkil etish yaxshi natijalar beradi. Maxsus maktablardagi mehnat tarbiyasini amalga oshirishda qo‘l mehnati ham muhim ahamiyatga ega. O‘quvchilarda umumiy ish madaniyati, o‘z ish o‘rnini tashkil eta bilish, qurollarni hamisha tartibli, ozoda xolda saqlash, ish vaqti va materiallarn, tejash-mehnatni uyushtira bilish qiyinchilik tug‘ilganda yordam ko‘rsatish kabi shaxsiy sifatlar shakllanadi.
Qo‘l mehnati kirgan topshiriqlarning xilma-xilligi (plastlin, loy bilan ishlash, tikish, tekstil mahsulotlari, ipak tabiiy materiallar bilan ishlash) aktiv va har tomonlama ishlashni ta’minlaydi.
2. Ijtimoiy – foydali mehnat.
Ijtitmoiy – foydali mehnati maktab binosi, sinf xonasini toza tutish, o‘quv anjomlarini remont qilish kabi ishlar amalga oshiriladi. Bundan tashqari sinfda tarix burchaklar tashkil qilish, makalatura, metallalomlar yig‘ish, ko‘rgazmali qurollarni tayyorlash va boshqalar ijtimoiy foydali mehnat turiga kiradi. Ijtimoiy – foydali mehnat o‘quvchilarni mehnat jihatidan tayyorlashning va tashkiliy formalarining turmush bilan uzluksiz bog‘lanishda bo‘lish, bolalar texnikaga, ishlab chiqarishga kiritish, boshqalarning mehnatini kuzatish ularda muhim ijtimoiy foydali mehnat masalalarini hal etish ehtiyojlarini vujudga keltirishga yordam beradi.
3.Kasbga yo‘naltirish.
Maxsus maktabda kasbni to‘g‘ri tanlash zshitishda nuqsoni bo‘lganbolalarni hayotga tayyorlashning bosh omilidir. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarni mehnat faoliyatiga tayyorlashning asosiy muammolardan biri mahsus maktabda mehnat ta’limi jarayonida biror bir kasbni tanlashdan iboratdir. Kasb mehnati o‘qituvchisi duch keladigan asosiy qiyinchilik–kasb malakalarini maxsus maktab o‘quvchilarining psixo-fizik xususiyatlarining rivojlanishiga mos kelmasligidir. Shu bilan birga har bir kasb uchun maxsus tushuntirishlar olib borish kerak.
«Bolalar huquqlari to‘g‘risida»gi halqaro Konvetsiyaning asosiy maqsadi bolalar man’faatlarini maksimal ximoyalashdir. Konvensiya nizomlari bolalarning yashashi, rivojlanishi, ximoyalashni, jamiyat hayotida faol ishtiroki kabi huquqlarini ta’minlanishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasining Nogironlarni ijtimoiy ximoyalash to‘g‘risidagi qonunda nogironlarning mehnat qilish, ularga tibbiy xizmat ko‘rsatish, uy joyga ega bo‘lish soxasidagi alohida huquq va imtiyozlar imkoniyati cheklangan insonning jamiyatda o‘z ijtimoiy mavqeyini ko‘tarilishiga xizmat qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi Konstitusiyaga mos ravishda oila munosabatlarini muvofiklashtiriga xizmat qiladi. Kodeksda bola huquqining mustaqil subekti sifatida kuriladi.
Kodeksda ota-onalarning farzandani talim olishi kasbga yo‘naltirish, ularning huquq va ma’nfatlarini ximoyalash borasidagi huquq va majburiyatlari belgilangan.
Yuqori sinflarga o‘tganda esa oddiydan murakkabga tomon tamoiyilga asosan huquqiy tarbiya mazmuni kengayib, boyib, qisman murakkablashadi.

Download 339.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling