Mundarija kirish 1 Bob Maxsus maktabda sinf rahbari ish masalalari pedagogik muammo sifatida


Bob. Maxsus maktabda sinf rahbari faoliyati mazmun mohiyati


Download 339.28 Kb.
bet3/12
Sana18.06.2023
Hajmi339.28 Kb.
#1586718
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Maxsus maktabda sinf

2 Bob. Maxsus maktabda sinf rahbari faoliyati mazmun mohiyati
2.1. Maxsus maktabda sinf rahbari ishinining asosiy vazifalari
Maxsus maktabda sinf rahbari o‘quvchilarning birinchi tarbiyachisi va murabbiysi sinf rahbaridir. U tarbiyachi sifatida o‘quvchilarni har tomonlama kamol topishi to‘g‘risida, ularni mehnatsevarlik, jamoaviy ruhida tarbiyalash to‘g‘risida, o‘quvchilar bilimini oshirish va sinfda tartib-intizomni mustahkamlash to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi.
Sinf rahbari bu ishlarning hammasini xavaskor kishi sifatida emas, balki rasmiy, mas’ul shaxs sifatida bajaradi. U maktab rahbarlari oldida, xalq maorifi uchun, sinf rahbarining asosiy vazifasi-o‘quvchilarga tarbiya berish va ularni dustona bir jamoa qilib jipslashtirish o‘qitish, tarbiyalash, ular bilan alohida davolash, korreksiya, tuzatish ishlarini olib borish, o‘quvchilarning tahlil guruhlarni, aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishchan jamoani tashkil qila olish va ularni ta’lim-tarbiyali shaxslar, kelajagi buyuk davlatning haqiqiy egalari, komil insonlar etib voyaga yetkazish va hayotga tayyorlash ishlari o‘z-o‘ziga xizmat qilish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iboratdir.
Sinf rahbarlari o‘quvchilariga mehribon bo‘lishi, ularning o‘sib-ulg‘ayishlarini pedagogik kuzatuvlar asosida nazorat etishi, yordamga muhtoj o‘quvchilarga yakka holda yondosha olishi lozim. Shu asosda ularqalbida milliy g‘urur, vatanparvarlik, mehr-muruvvat, mas’uliyat, tashabbuskorlik, ishbilarmonlik kabi xislatlarni uyg‘otadi.
Sinf rahbari ishini o‘quvchilarning yosh hususiyatlarini va umumiy rivojlanish darajalarini, qobiliyatlarini hisobga olgan holda, keng qamrovli tarbiyaviy ishlar va aniq mezonlar asosida tashkil etadi.
O‘quvchilarni Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari ruhida tarbiyalash yo‘nalishida: o‘quvchilarni Vatanga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga muhabbat va fidoyilik, O‘zbekiston Davlat ramzlariga sadoqat, Milliy g‘oya ruhida tarbiyalash; o‘quvchilar ongiga o‘z tug‘ilib ulg‘aygan yurtiga, buyuk ajdodlarimiz merosi va xalqimizning bugungi bunyodkorlik ishlariga yuksak ehtirom tuyg‘ularini singdirish, yurtimizda bunyod etilayotgan inshootlarga, ma’rifat maskanlari bilan tanishtirib borish; sinfda o‘quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash muhitini yaratish, tarbiya jarayoniga boy madaniy merosimiz, milliy odob-ahloq meyorlarini tatbiq etish, mehnatga ijodiy munosabatni tarbiyalash; o‘quvchilarni o‘zbek va boshqa xalqlarning madaniy, tarixiy, milliy an’analariga hurmat ruhida tarbiyalash;
O‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, maktabdan va sinfdan tashqari faoliyatga jalb etish bo‘yicha:
O‘quvchilarning har tomonlama hayotga tayyorlash, ularining qiziqish, imkoniyat va qobiliyatlariga qarab fan to‘garaklari, sport seksiyalari, badiiy-yestetik, texnik, ekologik, sayyohlik va o‘lkashunoslik yo‘nalishidagi to‘garaklarga va mehnat to‘garaklari, klublarga jalb qilish; qobiliyatli va iste’dodli o‘quvchilarni rag‘batlantirish, iqtidorli bolalar ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirishga ko‘maklashish; o‘quvchilar dunyoqarashini milliy madaniyatning asosi bo‘lgan musiqa va qo‘shiq, rasq, kino, adabiyot, xalq og‘zaki ijodi, teatr, kosbchiliklik va chilangarlik kabi mehnat turlari vositasida kengaytirish maqsadida ularni madaniyat maskanlariga jalb etish; o‘quvchilarni sog‘lomlashtirish oromgohlarida dam olishini tashkil etish, shuningdek kuzgi, qishki va bahorgi ta’tillarini mazmunli o‘tkazishlari uchun sharoit yaratish; o‘quvchilarning madaniy dam olishlari, sayohatlarini uyushtirish, yo‘l harakati havfsizligini ta’minlash; ta’lim muassasasida o‘tkaziladigan turli tadbirlar (bayramlar, qo‘riq- tanlov, sport musobaqalari, uchrashuvlar, kechalar va boshqalar)da o‘z sinfining faol ishtirokini ta’minlash.
Sinf rahbari maktab pedagogik jamoasi va pedagogik kengashining a’zosidir. Maktabdagi tarbiyaviy ishlar uslubini o‘rganadigan har bir talaba avvalo quyidagilarni yaxshi urgangan va har jihatidan puxta o‘zlashtirgan bo‘lmog‘i lozim. Ya’ni tarbiyaviy ishlar uslubida umuminsoniy g‘oyalarni, ma’lum maqsadga intiluvchanlikni, tarbiyaning turmush bilan, mustaqilligimizning mohiyati bilan aloqasi, jamoada va jamoa orqali tarbiyalashni, tarbiyalanuvchining shaxsiga quyiladigan talablar va uni xurmat qilish birligini, tarbiyaviy ta’sirning izchilligini, tizimliligi, uzluksizligi, tarbiya o‘quvchilarining yoshiga va individual xususiyatlariga muvofiq bo‘lishini o‘z ichiga oladi.
Sinf rahbari qanday sharoitda ishlamasin, u qanday sinfga rahbarlik qilmasin, butun e’tiborni o‘quvchi shaxsiga, uni har tomonlama kamol toptirishga, hayotda qiynalmaslikka qaratilmog‘i lozim.



Download 339.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling