Mundarija kirish 3 I bob. Belgilarning birikkan holda irsiylanishi va krossingover


Download 0.9 Mb.
bet2/7
Sana01.04.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1315481
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Belgilarning to\'liq birikkan holda irsiylanishi

b-krossingover ro`y bergan holat(F1ning geterozigotali urg`ochi pashshasi);
F2 da faqat urg`ochi pashshalar.
Belgilarning to‘liq birikkan holda irsiylanishi makkajo‘xori o‘simligida ham mukammal tadqiq qilingan. Makkajo‘xorining ikki belgisi bo'yicha alternativ (keskin farqlanuvchi) fenotipga, gomozigotali genotipga ega bo'lgan navlari o'zaro chatishtirildi. Ona o'simligining doni sariq (CC) va yuzasi tekis (AA), ota o'simligining esa doni oq rangsiz (cc), yuzasi esa burishgan (aa) bo'lgan. Olingan duragay avlodlarida bu ikki belgi bo'yicha genetik tahlil o'tkazish juda qulay, chunki ota-ona o'simliklarini chatishtirish natijasida ona o'simligida rivojlangan makkajo'xori so'tasida hosil bo'lgan donlar – F1 o'simligi ontogenezining embrional davri hisoblanadi. Shuning uchun so'tadagi donlami qayd etilgan ikki belgi bo'yicha tasvirlab, tahlil qilish mumkin. Ulami chatishtirish natijasida olingan F1 o'simliklarining donlari sariq rang (Cc) da va yuzasi tekis (Aa) bo'lgan. Demak, har ikki belgi bo'yicha to'liq dominantlik holati kuzatilgan.
Bu ikki belgining irsiylanish qonuniyatlarini aniqlash uchun doni bo'yicha CcAa genotipga va sariq, silliq fenotipga ega bo'lgan F1 o'simligi bu ikki belgi bo'yicha retsessiv gomozigotali (ccaa) nav bilan qayta chatishtiriladi, ya’ni tahliliy bekkross o'tkaziladi.
Agar bu ikki belgining rivojlanishini ta’min etuvchi genlar har xil nogomologik xromosomalarda joylashganda edi, u holda quyidagichaholat kuzatilgan bo‘lur edi. F2 (CcAa x ccaa)da ona o‘simliklar – F1 duragaylar to‘rt xil (CA, Ca, cA, ca) genotipga ega bo‘lgan gametalar hosil qilgan bo‘lar edi. Tahliliy chatishtirish uchun olingan ota o‘simligi har ikki gen bo‘yicha retsessiv gomozigotali (ccaa) bo`ganligi uchun faqat bir xil genotipga ega bo‘lgan (ca) gametalar hosil qiladi. Ular jinsiy jarayonda to‘rt xil variantda qo‘shilib urug‘lanadi. Natijada F2 da to‘rtta fenotipik sinf ajralib chiqqan bo‘lar edi. Ular quyidagi genotiplarga - 25% CcAa, 25% Ccaa, 25% ccAa, 25% ccaa ega bo‘lgan bo‘lar edi. Tajribada butunlay boshqacha, ya’ni bu ikkita gen allellarining bitta xromosomada joylashganligini isbot etuvchi dalillar olindi. Yuqorida qayd etilgan tajribada olingan F1 o‘simligining doni sariq va tekis bo‘lganini ko‘rdik. Uning bu belgilar bo‘yicha genotipi digeterozigota (CcAa) holatida edi. Uni ushbu ikki belgi bo‘yicha retsessiv gomozigotali (ssaa), doni oq va burishgan o‘simlik bilan chatishtirilib olingan F2 o‘simliklari faqat ikkita fenotipik sinf hosil qilgan: doni sariq va tekis o'simliklar va doni oq, burishgan o‘simliklar. Ulaming nisbati 1:1, ya’ni 50%: 50% bo`lgan. F2 dagi ajralishning genetik tahlili quyidagicha:
♀ doni sariq va tekis ♂doni oq va burishgan P ×
g


F2


1 : 1

Olingan natijalar makkajo‘xorida bu ikki juft belgining to‘liq birikkan holda irsiylanishini ko‘rsatadi.


Genlaming to`liqsiz birikkan holda irsiylanishi. Krossingoverning ochilishi. Bitta xromosomada bittadan ortiq genlar joylashgan deb olingan taqdirda gomologik juft xromosomada joylashgan bir gen allellari o‘rin almashinishi va bitta gomologik xromosomadan boshqasiga o'tib, o‘rin almashishi mumkinmi degan savol tug‘iladi. Agarda bunday jarayon sodir bo‘lmaganda edi, meyozda nogomologik xromosomalaming tasodifiy ajralishlari tufayligina genlaming kombinirlanishlari ro‘y bergan bo‘lar edi. Bir juft gomologik xromosomalarda joylashgan genlar hamma vaqt birikkan holda irsiylangan bo‘lishi kerak edi. T. Morgan va uning shogirdlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlarda gomologik juft xromosomalarda genlar almashinuvining bo‘lib turishligi ko‘rsatib berildi. Genlar joylashgan gomologik xromosomalaming aynan o‘xshash qismlari bilan o‘zaro o‘rin almashinish jarayoni xromosomalar chalkashishi yoki krossingover deb ataladi (2-rasm). Krossingover gomologik xromosomalarda joylashgan genlarning yangi birikmalarini hosil qiladi. Krossingover hamda birikkanlik hodisalari barcha o‘simlik, hayvon va mikrorganizmlar uchun umumiy hisoblanadi. Gomologik xromosomalaming aynan o'xshash qismlari bilan o‘rin almashinishlarining mavjudligi, genlar rekombinatsiyasini amalga oshirib, shu orqali evolutsiyada kombinativ о`zgaruvchanlikning rolini oshiradi. Krossingoverning genetik tahlili. Qanday genetik metodlar yordami bilan birikkan holdagi irsiylanish hodisasini genlaming mustaqil kombinirlanish hodisasidan ajratish mumkin? Xromosomalarda ro‘y beradigan chalkashishni belgilarning yangi birikmalariga ega bo`lgan organizmlarning paydo bo‘lish chastotalarini hisobga olish yo‘li bilan aniqlanadi. Krossingover hodisasi drozofila pashshasida aniqlandi. Genlarning xromosomalarda ma’lum bir tartibda joylanishlarini ko‘rsatib bcradigan Morgan tomonidan o‘tkazilgan mana bu klassik tajribani ko'rib o‘tamiz, Yuqorida biz Morganning genlarning to`liq birikkan holdagi irsiylanishini drozofilaning ona sifatida qora tanali va qisqa qanotli va ota sifatida digeterozigotali kulrang tanali va uzun qanotli pashshalarining o‘zaro chatishtirgan tajribasida kо‘rib o‘tgan edik. Morgan keyingi tajribasida esa ona sifatida F1 dagi digeterozigotali pashshalarni va ota sifatida esa har ikki gen bo‘yicha retsessiv gomozigotali - qora tanali va qisqa qanotli pashshalarni o‘zaro chatishtirdi (1.a-rasm). F2 avlodida boshqacha ko‘rinishdagi ajralish, ya’ni genlarning to‘liqsiz birikkan holdagi irsiylanishi kuzatildi. Bu holning yuz berishiga


Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling