Mundarija kirish 3 I bob. Belgilarning birikkan holda irsiylanishi va krossingover
Krossingoverga ta’sir etuvchi omillar
Download 0.9 Mb.
|
Belgilarning to\'liq birikkan holda irsiylanishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa va takliflar
2.2. Krossingoverga ta’sir etuvchi omillar.
Xromosomalarning ayrim qismlarini ayirboshlanishi nihoyatda murakkab fiziologik, biokimyoviy va fizik jarayondir. U ko‘p jihatdan meyoz bo‘linishga kirgan hujayraning funksional holati hamda tashqi muhitga, organizm genotipiga, uning genomini tuzilishiga bog‘liq. Biseksual organizmlarning ko‘pchiligida meyoz ikki jinsda ro‘y beradi. Lekin ba’zi organizm turlarida meyoz gomogametali jinslarda ro‘y berib, geterogametali jinslarda u kuzatilmaydi. Bunday holatlarda xromosomalarning chalkashuvi faqat jinsiy xromosomalardagina emas, balki autosomalarning birikish guruhlarida ham amalga oshmaydi. Gomogameta jinslarda esa krossingover kuzatiladi. Ba’zi organizm turlarida xromosomaning sentromeraga yaqin qismida krossingover so‘ngan, undan uzoqlashgan sari kuchaygan, nihoyat telomeraga yaqin qismida yana so‘ngan bo‘ladi. Ayrim organizm turlarida krossingover xromosomaning euxromatin qismida ko‘proq, geteroxromatin qismida sekinroq bo‘ladi. Organizm genotipi ham xromosomalar chalkashuvi (krossingover)ga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Hozirgi paytda makkajo‘xori o‘simligida krossingover yoki meyoz jarayonining ma’lum bosqichini nazorat qiladigan genlarga ega mutant o‘simliklar kolleksiyasi yaratilgan. Krossingoverga tashqi muhit – harorat, ozuqa va suv rejimi, biologik faol moddalarning o`simlikka ta`siri nihoyatda muhimdir. Chunonchi, G. Plu va K. Shtern tajrialarida past (9-13˚C) va yuqori (30-32˚C) harorat drozofillada krossingoverni tezlashtirish aniqlangan. Rentgen nurlari ham xromosomalar chalkashinuvini 25 marotaba kuchaytirish ma`lum bo`lgan 6-rasm. Xromosoma xromatidalari o`rtasida qo`sh almashish: 1-xromatidalar o`rtasida retsiprok qo`sh almashinish(ikki ipda almashinish bo`lgan); 2,3-uch xromatida o`rtasida dioganal almashinish (uch ipda almashinish bo`lgan); 4-barcha xromatidalar o`rtasida komplementar almashinish (to`rtta ipda almashinish bo`lgan). Xulosa va takliflarXulosa qilib aytadigan bo`lsak, xromosoma almashinuvi deganda krossingover va shu bilan birga xromosoma translokatsiya tushuniladi. Krossingover jarayoni meyoz jarayonining profaza I bosqichida amalga oshadi, bunda gomologik xromosomalar bir biriga yaqinlashadi va o`xshash qismlarda almashinuv(chalkashinuv)i yuz beradi. Krossingover bir marta, qo`sh, uch marta, to`rt mart ava undan ham ko`p sodir bo`lishi mumkin. Krossingover foizi genlar orasidagi masofaga bog`liq, masofa qanchalik uzoq bo`lsa krossingover foizi shuncha kam, masofa kam bo`lsa foiz shuncha ko`p bo`ladi. Genlar orasidagi masofa morganida bilan belgilanadi. Bu hodisani dastlab T. Morgan o`z tajribalari orqali ochib bergan. U tajriba uchun drozofilla meva pashshasidan foydalanadi. Drozofillada qanotining uzunligi va tana rangi birikkan holda irsiylanib, Morgan tajriba uchun ona organizmi sifatida kulrang tanali, normal qanotli digeterozigota organizmni, ota sifatida esa qora tanali, kalta qanotli pashshani oladi. Chatishtirish natijasida 4 xil organizm hosil bo`ladi. Ular quyidagicha fenotipni namoyon qildi: kulrang tanali, normal qanotlilar- 41.5%, qora tanali, kalta qanotlilar-41.5%, kulrang tanali, kalta qanotli organizmlar-8.5%, qora tanali, uzun qanotlilar-8.5%. Ota-onadan farq qiluvchi organizmlarning hosil bo`lishiga sabab meyoz jarayonidagi krossingoverdir. Sitogenetik tadqiqotlaming keyingi rivojlanishi natijasida krossingoverning sitologik isboti ham topildi. Ayniqsa, K. Shtemning drozofilada, G. Kreyton va B. Mak-Klintoklarning makkajo‘xorida amalga oshirgan tadqiqotlari natijasi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Buning uchun ular genetik tahlil qilinadigan birikkan genlar joylashgan gomologik xromosomalarini sitologik belgiladilar. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling