MUNDARIJA
KIRISH………………………………………………..4
1.ADABIYOTLAR SHARXI……………………………….6
1.1.TOPINAMBUR (HELIANTUS TUBEROSUS L.) O'SIMLIGI
BIOLOGIYASI…………………………
1.2.TOPINAMBURDA (HELIANTUS TUBEROSUS L.) UCHROVCHI
SAXARIDLAR VA ULARNI O'ZIGA XOS XUSUSIYATI……….
2.TADQIQOT USULLARI……………………………………………
2.1. INULIN MIQDORINI ANIQLASH…………………………….
2.2. REDUTSIRLOVCHI QANDLARNI ANIQLASH (SHOMODI-
NEL`SON USULI)……………………………………………………….
2.3. INULAZA FERMENTI FAOLLIGINI ANIQLASH…………….
2.4. ALKILFRUKTOZIDLARNI YUPQA QAVATLI
XROMATOGRAFIYASI…………………………………………….
3. ASOSIY QISM……………………………………………..
3.1. TOPINAMBURNI SANOATDA QO'LLANISHI……………….
3.2.TOPINAMBURDAN POLISAXARIDLAR OLISH
TEXNOLOGIYASI……………..
3.3.TOPINAMBURDAN OLINGAN MAXSULOTLAR VA ULARNI
XALQ XO'JALIGIDAGI AHAMIYATI……………………………….
XULOSA………………………………………………..
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI………………………58-
61
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Ma`lumki, tabiiy manbalardan biotexnologik usullar yordamida polisaxarid va xalq xo'jaligi uchun zarur oziqa maxsulotlarini olish oziq-ovqat biotexnologiyasini oldida turgan dolzarb muammolardan biridir.
Bu masalada ayniqsa, viloyatimizda yetishtirilayotgan topinambur o'simligi
anchayin istiqbolli hisoblanadi. Mazkur o'simlikdan turli oziq-ovqat uchun turli
saxarid va mineral moddalar olish mumkin. SHuningdek, o'simlikning
tugunagini turli usullar yordamida iste`mol qilish inson salomatligiga ijobiy
ta`sir qilishi hech kimga sir emas.
Tabiiy manbaalar hisoblangan o'simliklardan oziq-ovqat va tibbiyot
maqsadlarida turli biologik faol moddalar va polimerlarni olishiga sabab sifatida
sintetik sintez jarayonlari uchun sharoitlarni yaratish qiyinligi va uni ajratib olish
hamda tozalash usullarini maxsulot tan narxini oshishiga olib kelishi, sintetik
sintezlangan
maxsulotlarni
organizmga
qay
tariqa
ta`siri
borasidagi
ma`lumotlarni yetarli emasligi va o'simliklar manbalari keng tarqalganligi va
ulardan olinadigan moddalar tabiiylik xususitiyaga ega ekanligini ko'rsatib o'tish
lozim.
Yuqorida keltirilgan muammolarni hisobga olgan holda, mazkur bitiruv
malakaviy ishida viloyatimizda keng miqyosda yetishtirilayotgan topinambur
o'simligi biologiyasi va ular asosida oziq-ovqat va tibbiyot maqsadlari uchun
polisaxaridlar olish texnologiyalarini ishlab chiqish mazkur bitiruv malakaviy
ishning dolzarbligini tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |