Mundarija kirish adabiyotlar sharxi
Download 487.83 Kb.
|
Abdullayev javlonbek uroyimjonovichning topinambur fayllar org
Fruktoza topinamburning asosiy tarkibiy qismidir. Uning miqdori terish vaqtiga qarab o'zgarishi mumkin. Tomir va tugunakdagi biokimyoviy jarayonlar natijasida fruktoza inulindan hosil bo'ladi. Fruktoza - dietik shakar, u glyukoza qatnashgan jarayonlarda qatnashishi mumkin va insulin yetishmayotgan vaqtida o'rnini bosishi mumkin. Fruktozaning empirik formulasi C 6
12 0
bo'lib, molekulyar massasi 180 ga teng. Fruktoza tabiatda D-formada keng tarqalgan (meva va sabzavot shakari, D-arabinoza-geksoza). Fruktoza birnechta tautomer formalarga ega: ochiq keton, tsiklik va -D-fruktofuranoza va boshqalar., ular suvli eritmada bir-biriga o'tib turadi. Fruktoza rezorzin va xlorid kislota bilan qizdirganda qizil bo'yalish bo'ladi (Selivanov reaksiyasi), mochevina bilan esa ko'k, barbitur va tiobarbitur kislotalari bilan qizg'ish ranglar hosil qiladi. Fruktoza miqdoriy aniqlash uning rang hosil qilishiga asoslangan [Djanikulova U.B., Axmedova Z.R. 2003]. Fruktoza erkin holda ko'pchilik meva va sabzavotlarda aniqlangan, Fruktoza bilan eng boy manba bu pomidorlar, olma, asal (50%) gacha. Fruktoza o'simlik oligosaxaridlari tarkibiga kiradi, shu jihatdan saxaroza, rafinoza, oligosaxaridlardan staxioza va verbaskozalarni ko'rsatishimiz mumkin. O'simliklardagi zaxira polisaxarid inulin va bakterial asosli polisaxaridlar lenov ham fruktoza tutadi. Fruktoza mevalardan, saxaroza va polisaxaridlarni gidrolizlab olinadi (fruktozan, polifruktozanlardan), D-glyukozani ishqorlar ta'sirida epimerizaziyalab ham fruktoza olingan. Fruktoza muhim oziqa shakar, uning shirinligi saxarozaga qaraganda 1,5 marta, glyukozaga qaraganda 3 marta shirindir. Fruktoza organizm tomonidan yaxshi hazm bo'ladi ayniqsa qandli diabet kasallarida foydali. 1,6-difosfat fruktoza dorivor preparati shok holatda va yurak kasallarida qo'llaniladi. Ozgina boshqacharoq holatni tipik ketozali strukturaga ega fruktoza monosaxaridda ko'ramiz. Fruktoza ikki siklik formuladan (piranoza va furanoza) ikkalasini ham hosil qiladi. Suvli eritmada u tautomer aralashmalaridan iborat bo'lib, bunda 15% gacha β -furanoza formasi mavjud, ko'pgina asiklik forma, lekin asosan piranozit, tautomerdir. Kristall holatda β -D-fruktofuranoza ma'lum. Tabiiy poliasetal gidroksilli hosilalari ko'proq furanoza strukturalidir. Download 487.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling