Mundarija kirish adabiyotlar sharxi


 TOPINAMBURDAN POLISAXARIDLAR OLISH TEXNOLOGIYASI


Download 487.83 Kb.
bet16/22
Sana23.04.2023
Hajmi487.83 Kb.
#1390980
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
Bog'liq
Abdullayev javlonbek uroyimjonovichning topinambur fayllar org

3.2. TOPINAMBURDAN POLISAXARIDLAR OLISH TEXNOLOGIYASI 
D-Fruktoza (levuloza) o'simliklarda erkin va bog'langan holda uchraydi. 

Ko'pgina mevalar va asalga shirin ta'm beradi. Fruktoza inulinning asosiy qismi


hisoblanadi.
Inulinni olish uchun topinambur qirg'ichda maydalanadi, konussimon 

kolbaga solinadi, 400 ml qaynoq suv qo'shiladi va aralashtirib 10 minut


qizdiriladi. Kolba ichidagini tezda qatlangan filtr orqali filtrlanadi, cho'kma 
qaynoq suv bilan yuviladi. Filtrat sovutilganda inulin poroshok shaklida
cho'kadi. Uni vakumda filtirlanadi, sovuq suv bilan yuviladi, filtirda quritiladi 
va o'lchanadi, unumi 20-30% ni tashkil qiladi.

Inulinni olish sxemasi 


MAYDALANGAN 

TOPINAMBUR 

TUGUNAGI 

10 minut 

davomida qizdirish 

FILTRLASH 

Cho’kma va uni issiq 

suvda yuvish 

QURITISH 

MAYDALANGAN 

TOPINAMBUR 

TUGUNAGI 

10 minut 

davomida qizdirish 

FILTRLASH 

Cho’kma va uni issiq 

suvda yuvish 

QURITISH 

Inulinga biotexnologik usullar bilan ishlov berish yordamida undan


fruktoza yoki qisqa zanjirli fruktoza tarkibli olisaxaridlarni olish mumkin. Bu 
jarayonda invertaza yoki inulinaza fermentlarini qo'llash mumkin. Mazkur
fermentlar bir-biri bilan bog'langan fruktofuran bog'larini uzish vazifasini 
bajaradi.
Inulinni kimyoviy usulda gidrolizlash uchun 10 g inulin 40 ml 0,2 %
sulfat kislota bilan aralashtiriladi va bir soat qaynoq suv hamomida isitiladi
vaqt vaqtda aralashtiriladi. Gidrolizatga qism-qismlab 1g bariy karbonat 
qo'shiladi. Cho'kma filtrlanadi. Eritma sirop holigacha sopol idishda suv
hamomida bug'latiladi. Qoldiq suv vakuum eksikatorda bir sutka davomida 
quritiladi. Siropga 3 marta 20 ml dan isitilgan absolyut spirt qo'shilib
aralashtirib, tezda konik kolbaga spirti to'kiladi. Shu spirtli eritmalar 
yarimigacha haydaladi. Konsentrlangan eritma sovutgichga kiristallanish
uchun qoldiriladi. Ichiga bir nechta kristal fruktoza tashlanadi. Fruktoza chiqishi 
2-3g ni tashkil qiladi [Jerebtsov N.A., 2002]


Download 487.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling