Inulinga biotexnologik usullar bilan ishlov berish yordamida undan
fruktoza yoki qisqa zanjirli fruktoza tarkibli olisaxaridlarni olish mumkin. Bu
jarayonda invertaza yoki inulinaza fermentlarini qo'llash mumkin. Mazkur
fermentlar bir-biri bilan bog'langan fruktofuran bog'larini
uzish vazifasini
bajaradi.
Inulinni kimyoviy usulda gidrolizlash uchun 10 g inulin 40 ml 0,2 %
sulfat kislota bilan aralashtiriladi va bir soat qaynoq suv hamomida isitiladi
vaqt vaqtda aralashtiriladi. Gidrolizatga qism-qismlab 1g
bariy karbonat
qo'shiladi. Cho'kma filtrlanadi. Eritma sirop holigacha sopol idishda suv
hamomida bug'latiladi. Qoldiq suv vakuum eksikatorda
bir sutka davomida
quritiladi. Siropga 3 marta 20 ml dan isitilgan absolyut spirt qo'shilib
aralashtirib, tezda konik kolbaga spirti to'kiladi. Shu spirtli eritmalar
yarimigacha haydaladi. Konsentrlangan eritma
sovutgichga kiristallanish
uchun qoldiriladi. Ichiga bir nechta kristal fruktoza tashlanadi. Fruktoza chiqishi
2-3g ni tashkil qiladi [Jerebtsov N.A., 2002]
Do'stlaringiz bilan baham: