Mundarija kirish adabiyotlar sharxi


BMI ning tarkibiy tuzilishi


Download 363.07 Kb.
bet3/22
Sana24.04.2023
Hajmi363.07 Kb.
#1394513
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Abdullayev javlonbek uroyimjonovichning topinambur fayllar org

BMI ning tarkibiy tuzilishi
.
mazkur bitiruv malakaviy ishi 3 ta bob, 6 ta 

bo'lim, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan tashkil topgan bo'lib, ish


komp'yuterda sahifalangan 62 sahifadan iborat. 





I. 

ADABIYOTLAR SHARXI 

1.1.TOPINAMBUR (HELIANTUS TUBEROSUS L.) O'SIMLIGI 

BIOLOGIYASI 


Topinambur (Helianthus tuberosus) murakkabguldoshlar (Asteraclae) 
oilasiga mansub bo'lib, ko'p yillik tuganakli o'simlik hisoblanadi. Bo'yi 1,5-2
metrga etadigan o'simlik. Poyasi serbarg, g'adir-budur tukli, yuqoriga qarab 
shoxlagan. Barglari yirik, sertuk, uzun bandli, barg plastinkasi tuxumsimon,
chetlari arrasimon qirqilgan, poyasi qarama-qarshi joylashgan. 
Gullari savatchaga to'plangan bo'lib, yakka-yakka joylashgan. Savatchaning
o'rtasida naychasimon chetlarida soxta tilsimon gullar joylashgan. Gullarning 
rangi tiniq to'q sariq rangda bo'ladi. Bu o'simlik urug' bermaydi. Iyul-avgust
oylarida gullaydi [Otaboeva X. 2001]. 


1-rasm. Topinambur o'simligini tashqi ko'rinishi 


Geografik tarqalishi. Vatani asosan Shimoliy Amerika. Hozirgi kunda 
Topinambur Amerika, Frantsiya, Angliya, Norvegiya, Shvetsiya, Rossiya,
Ukraina va O'rta Osiyoda katta maydonlarda yetishtirib kelinmoqda. 



Mahsulotning tashqi ko'rinishi. Er ostki poyalarining uchlaridagi
mevalarning shakli noksimon. Asosiy mevasi ildiz markazida hosil bo'lib, 
ularning shakli har xil kartoshkaga o'xshaydi. Mahsulotning o'ziga xos hidi va
mazasi bor. 


Kimyoviy tarkibi. Er osti va er usti qismlarida A, B
1
, B

2
va C vitaminlari 


mavjud. Tuganaklarida 16-18 foiz inulin hamda qand moddalari, 16 xil
aminokislotalar va pektin moddasi ham mavjud. 


Ishlatilishi. Topinambur o'simligi oshqozon va ichak funktsiyalarini
faollashtiradi, unda uchraydigan, kasallik qo'zg'atuvchi bakteriya, virus va 
zararkunandalarga nisbatan chidamlilikni oshiradi. Tuberkulyoz, osteoxondroz,
buyrak kasalliklari, gripp, angina, onkologik kasalliklarni oldini olishda va 
davolashda eng samarali o'simlik hisoblanadi.


Download 363.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling