Mundarija kirish; Art terapiya tushunchasi va mohiyati


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/62
Sana10.11.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1761623
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   62
Bog'liq
Art terapiya kitobi

Nazorat savollari. 
1. 
Muzeylar faoliyatida art terapiya qoʻllashning o
ʻ
ziga xosligini 
sanang. 
2. 
Jahon muzeylarida art terapiyani qoʻllanilishini sanang. 
3. 
Oʻzbekiston muzeylaridagi art terapiya elementlari qo`llanuvchi 
qanday loyihalarni bilasiz? 
4. 
Rus muzeyi art terapiya dasturlarini yoriting. 
5. 
Art terapiya turlarini yoriting. 


6. 
Art terapiya qanday hollarda qo`llaniladi? 
7. 
Kinezeterapiya tushunchasiga ta’rif bering. 
8. 
Qoʻgirchoq terapiya tushunchasiga taʻrif bering.


69 
IV 
BOB. RANGTASVIR BOʻ YICHA ART TERAPIYA 
METODLARI 
Tayanch tushunchalarart terapiya, ranglar, hissiyotlar, 
agressiya, nafrat, g ʻazab, xursandchilik. 
Izoterapiya - art-terapiyaning eng mashxur va samarali usullaridan 
biridir. Bunda tasviriy sanʻatdan turli darajadagi ruhiy kasalliklarni 
davolash yoki shunchaki pedagogik maqsadlar uchun foydalaniladi. 
Izoterapiyada koʻpincha rasm chiziladi, lekin loydan turli shakllar 
yasash, fotosuratga olish, narsalarga bezak berish ham unga tegishli. 
Ushbu uslub bolalar bilan ishlashda keng tarqalgan bo`lib, kattalar 
uchun ham samaralidir. Mashgʻulotlar ham individual, ham guruhli boʻlishi 
mumkin. Usul psixorrektsiya, psixiatriya, terapiya, tibbiy psixologiya va 
ijtimoiy psixologiya amaliyotida keng qo`llaniladi. 
Izoterapiya - bu art terapiyaning eng keng tarqalgan va 
qo`llaniladigan turlaridan biridir. Tasviriy sanʻat yordamida davolash va 
turli xil muammolarni hal qilish juda mashhur hamda koʻpchilik uchun 
qulaydir. 
Inson (mijoz) oʻzini, oʻz fikrlarini, tajribalarini, hissiyotlari va his- 
tuygʻularini - uning ichki dunyosida yashiringan barcha narsalarni - qogʻoz 
yoki chiziqlar, shakllar va ranglar yordamida ifoda etishi mumkin. Chizish 
uchun turli xil materiallar qoʻllaniladi: (guash, akvarel, akril va boshqalar). 
Izoterapiya - bu odamga salbiy his-tuygʻularni yengishga yordam 
beradigan samarali usuldir. Uning samaradorligiga qaramay, izoterapiya 
alohida davolash usuli va psixologik yordam sifatida yarim asr oldin paydo 
boʻlgan. 
Izoterapiyaga boʻlgan talab shuni anglatadiki, bunday chizish 
jarayoni stressni yengillashtirish, tinchlanish va oʻz faoliyatidan qoniqish 
his qilish imkoniyatini beradi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun rasm chizish - bu oʻzlarining 
yangi tajribalarini aks ettirish va tushunish uchun oʻzlarini ifoda etish bilan 


70 
tanishish usuli hisoblanadi. Bola bilan ishlashda izoterapiya bola va uning 
ichki dunyosi haqida juda koʻp maʻlumot beradi u nimani oʻylaydi, nimani 
his qiladi, nimadan qoʻrqadi, kimni va nimani sevadi va hokazo. 
Bolalar oʻzlarining rasmlari orqali boshqalar bilan soʻzma-soʻz 
“suhbatlashadilar”. Psixolog va kattalar bolani tezroq va osonroq 
tushinishlari va izoterapiya bilimlaridan foydalanib unga yordam berishlari 
mumkin. 
His-tuygʻularingizni oʻzingiz va boshqalar uchun xavfsiz tarzda 
ifoda eting. Izoterapiya psixologik tanglik, tajovuzkorlik, asabiylashish
muvozanatsizlik, hasad, qoʻrquv va hokazolardan xalos boʻlishingiz kerak 
boʻlgan hollarda samarali boʻladi. 

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling