Mundarija kirish; Art terapiya tushunchasi va mohiyati


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/62
Sana10.11.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1761623
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   62
Bog'liq
Art terapiya kitobi

Psixoterapevtik ertaklar. Bu kabi ertaklar voqealarning chuqur 
mazmunini ochib beruvchi ertaklar hisoblanadi. Psixoterapevtik hikoyalar 
koʻpincha odamni savol bilan qoldiradi. Bu esa oʻz navbatida, shaxsiy 
oʻsish jarayonini ragʻbatlantiradi. Koʻpgina psixoterapevtik ertaklar hayot 
va oʻlim muammolariga, yoʻqotish va qozonish, sevgi munosabatlariga 
bagʻishlangan boʻladi. 
Fransuz psixiatri, tibbiyot va psixologiya doktori Jan Gaudinning 
fikricha, Sh. Perro ertaklaridan aniq muammoli vaziyatlar uchun 
foydalanish mumkin. Masalan, “Uyqudagi goʻzal” ertagidan inqirozni 


boshdan kechirayotgan bolalar bilan ishlashda, “Tom bosh barmoq” - 
tashlandiq bolalar bilan ishlashda foydalanish mumkin. 
Ertakterapiya jarayonida psixolog bolaning oʻz muammosi bilan 
bogʻliq (masalan, oʻz oilasi tarkibining oʻzgarishi bilan) boʻlgan 
vaziyatlarda zarur bilimlarni egallashiga eʻtibor qaratadi. Shu bilan birga 
kattalar va bolalar oʻrtasidagi muloqot muhim ahamiyatga ega. Shu nuqtayi 
nazardan samarali ishlashning asosiy shartlaridan biri kattalarning oʻz 
hikoyasi mazmuniga bo`lgan hissiy munosabatidir. 
Psixologdan quyidagi shartlarga javob berishi talab etiladi: 

Hikoyalarni oʻqiyotganda yoki hikoya qilganda haqiqiy his- 
tuygʻular yetkazilishi kerak; 

Oʻqish yoki hikoya qilayotganda bola psixologning yuzini koʻrishi 
va imo-ishoralarii, yuz ifodalarini va koʻzlarining qarashlarini kuzatishi 
uchun psixolog bolani oʻz oldiga joylashtirishi va u bilan fikr almashishi 
kerak; 

Uzoq muddatli pauzalarga yʻol qoʻyilmasligi lozim. 
Individual yoki guruhli ishlash uchun har qanday ertakni taklif qilish 
mumkin, uni ovoz chiqarib oʻqish kerak. Bolaga beriladigan ertak 
muayyan talablarga javob berishi kerak: 

Vaziyat toʻgʻri tayyor javobga ega boʻlmasligi kerak (“ochiqlik 
tamoyili”); 

Vaziyat bola uchun dolzarb muammo boʻlishi kerak, ertakning 
majoziy senyasida “shifrlangan” bo`lishi lozim; 

Vaziyat va savollar bolani sabab-oqibat munosabatlarini mustaqil 
ravishda qurish va izga solishga undash kabi tarzda qurilishi va 
shakllantirilishi lozim. 
Ertaklar bolaning yoshiga mos boʻlishi kerak. 
Ikki yosh bola ertak belgilarimng oddiy harakatlarini yodda tutishi 
mumkin, ertakka qiziqish bor boʻladi. Hikoyalarning sodda va syujetli 
boʻlishi maqsadga muvofiqdir. Misol uchun afsonaviy ertaklar 
“Sholgʻom”, “Boʻgʻirsoq”. 
Ertakdagi voqelikni real voqelikdan aniq ajratish qobiliyati 3,5-4 


yilga kelib yuzaga keladi. 

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling