Mundarija kirish; Art terapiya tushunchasi va mohiyati


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/62
Sana10.11.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1761623
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   62
Bog'liq
Art terapiya kitobi

Ertaklarning vazifasi 
Ertaklarning bir necha asosiy funksional xususiyatlari mavjud: 
1. 
Ertak matnlari bolalarda ham, kattalarda ham emotsional 
rezonans uygʻotadi. Ertaklarning obrazlari bir vaqtning oʻzida ikki ruhiy 
darajaga: onglilik va ongsizlik darajasiga murojaat qiladi. 
2. 
Ertakterapiya tushunchasi metaforaning axborot vositasi sifatida 
qadrlanishiga asoslangan: 

hayotiy voqealar haqida; 

hayotiy qadriyatlar haqida

maqsadlarni belgilash, 

muallifning ichki dunyosi haqida (muallifning ertagi xususida). 
3. 
Ramziy shaklda hikoya haqida maʻlumot mavjud: 

dunyo qanday ishlaydi, uni kim yaratgan

inson hayotining turli davrlarida nima boʻladi; 

oʻz-oʻzini anglash jarayonida inson qanday bosqichlardan oʻtadi 

hayotda qanday qivinchiliklarga duch kelish mumkin va ular bilan 
qanday kurashish mumkin; 

doʻstlik va sevgini qanday qozonish va qadrlash; 

hayotda qanday qadriyatlarga amal qilish kerak

ota-onalar va bolalar bilan munosabatlar oʻrnatish kerak; 

qanday kechirish kerak. 
Ertaklar tipologiyasi 
T. D. Zinkevich-Yevstigneyeva ertaklarning oltita turini aniqlaydi: 
badiiy, folklor, mualliflik didaktik, psixokorreksiya ertaklari va 
psixoterapevtik hikoyalar. 
Badiiy ertaklar. Bularga xalqning koʻp asrlik donoligi bilan 
yaratilgan ertaklar va mualliflik hikoyalari kiradi. Odatda ertak, afsona va 
masallar deb ataladigan bu hikoyalardir. Badiiy ertaklar didaktik, 
psixologik va psixoterapevtik turlarga boʻlinadi Dastlab psixologik 
maslahat uchun badiy ertaklar yaratilmagan boʻlsa, hozirda ular psixologik 


maslahatda 
koʻplab 
psixoterapevtlar 
tomonidan 
muvaffaqiyatli 
qo`llanilmoqda. 
Xalq ertaklari. Adabiyotshunoslikdagi eng qadimgi xalq ertaklari 
miflar deb ataladi. Mif va ertaklarning eng qadimgi asosi inson va tabiat 
birligidir. Qadimgi ong insoniy his-tuygʻular va munosabatlar uchun 
shaxslarni topish bilan ajralib turardi: sevgi, qaygʻu, azob-uqubat va 
boshqalar. Bu hodisadan bugungi kunda psixologik-pedagogik amaliyotda 
ham foydalanmoqdamiz. 
Xalq ertaklarining mavzulari xilma-xildir. Ular orasida quyidagi 
tiplarni ajratib koʻrsatish mumkin: hayvonlar haqidagi ertaklar, odamlar va 
hayvonlar oʻrtasidagi munosabatlar. Besh yoshgacha boʻlgan bolalar 
hayvonlar bilan oʻzlarini aniqlab, ularga oʻxshashga harakat qiladilar. 
Shuning uchun, hayvonlar haqidagi hikoyalar yosh bolalarga hayot 
tajribasini yaxshi yetkazadi. 

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling