Mundarija kirish; Art terapiya tushunchasi va mohiyati


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/62
Sana10.11.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1761623
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
Bog'liq
Art terapiya kitobi




MUNDARIJA 
Kirish; 
Art terapiya tushunchasi va mohiyati; 
Muzeylar faoliyatida art terapiyaning oʻrni va 
qoʻllashning oʻziga xos jihatlari; 
Art terapiyaning kichik va katta yoshdagi tashrifchilar bilan ishlashda 
qoʻllashning oʻziga xos xususiyatlari; 
Rangtasvir bo‘yicha art terapiya metodlari; 
Neyrografika tushunchasi, turlari va metodlari ; 
Amaliy sanʻat turlari boʻyicha art terapiya 
dasturlarini muzey auditoriyasida qoʻllash ; 
Raqs terapiyasining muzey auditoriyasini kengaytirishda tutgan oʻrni; 
Fototerapiya tushunchasi va uni qoʻllashningo'ziga xos jihatlari. 
 



Kirish 
Sanʻatning oʻzi shifobaxsh ta’sirga ega, art terapiya bu kuchni 
maʻlum bir muammogayoʻnaltirish va uni toʻgʻri qoʻllash imkonini beradi. 
Muzey makonidagi art terapiya shaxsni rivojlantirish va uning ijodiy 
salohiyatini oʻstiruvchi vosita sifatida qaraladi; asosiy usullar sublimatsiya 
va transformatsiyadir. Mutaxassis bemorlarning oʻz idrokiga ishonishlariga 
va ijod mahsullarini mustaqil ravishda, shuningdek, guruh bilan birgalikda 
oʻrganishlariga yordam beradi. Terapevtik maqsadlar birinchi oʻrinda 
turadi, ijodiy maqsadlar ikkinchi darajali ahamiyatga ega boʻladi, hamda 
psixoterapiyaning asosiy usullariga qoʻshimcha sifatida qabul qilinadi. Art 
terapiya usullaridan biri transfer deb ataladi - bemor asta-sekin 
vizualizatsiya orqali ichki dunyosini bilishga oʻtadi. Mashqlarning baʻzilari 
guruhda birgalikda ishlashni oʻz ichiga olib, mutaxassis amalga oshirishga 
koʻmaklashadi. 
Art terapiyaning maqsadlariga kelsak, ular juda xilma-xildir: o`z- 
oʻzini bilish, oʻz-oʻzini ifodalash, shaxsning ichki integratsiyasi, tashqi 
haqiqat bilan integratsiya, shaxsiy tajribani kengaytirish. Spontan 
modellashtirish yoki rasm chizish art terapiyaning asosiy vositalari boʻlib, 
ular muzey ishlarida ham qo`llaniladi. Tasviriy ijod - fantaziya va 
voqelikning sintezini taʻminlovchi eng yaxshi vosita boʻlib, kattalar yoki 
bolalarda bunga sanʻat yordamisiz erishish qiyin. Psixoterapiyanmg bu 
sohasidagi ikkinchi muhim tushuncha sublimatsiyadir. Ongsiz instinktlar 
va tushunchalarni sanʻat orqali ifodalashdan iborat: 

art terapiya turli his-tuygʻu va hissiyotlarni, asosan, ijtimoiy 
jihatdan maqbul tarzda ifodalash imkoniyatini beradi. Rang-tasvir yoki 
modellashtirish - bu maqsad uchun eng xavfsiz va mos variantlardir; 

art terapiya davolash jarayonini tezlashtirish uchun qoʻshimcha 
vosita sifatida ishlatiladi. Ichki maʻnolar ogʻzaki psixoterapiya paytida 
suhbatga qaraganda vizual tasvirlar orqali osonroq ifodalanadi. Noverbal 
shakllar barcha cheklovlarni va ongli senzurani olib tashlaydi; 

art terapiyada davolash jarayonida interpretatsiya va diagnostik 
ishlar uchun asos yaratiladi. Ish mazmuni va uslubi terapevtga bemor 



haqida koʻp maʻlumot olish imkonini beradi, bundan tashqari, bemor oʻz 
ishini talqin qilish paytida ichki nizolar haqida gapirishi mumkin; 

art terapiya yoʻqotish, travma, qoʻrquv va boshqalar kabi 
hayotdagi baxtsiz hodisalar bilan ifodalangan his-tuygʻular va fikrlar 
bilanishlash imkonini beradi. Baʻzan noverbal vositalar kuchli his-
tuygʻular va e’tiqodlarni ochib beradigan hamda aniqlashtiradigan yagona 
samarali vositadir; 

his-tuygʻularni, zehnlilikni mustahkamlash va rivojlantirishga 
xizmat qiladi; 

oʻz-oʻzini nazorat qilish va ichki tartib hissini targʻib qiladi; 

art terapiya yashirin isteʻdod va qobiliyatni oshkor qilishga 
yordam beradi. 
Bundan tashqari, art terapiyada quyidagi psixoterapevtik taʻsir 
omillari taʻkidlangan: 

badiiy ifoda omili - mijozning oʻz asaridagi his-tuygʻulari, 
ehtiyojlari va fikrlarini mujassamlashtirish, turli badiiy materiallar hamda 
badiiy tasvir bilan oʻzaro aloqa qilish tajribasi; 

psixoterapiya munosabatlari omili - mijoz-terapevt-guruh 
munosabatlari dinamikasi (oʻtkazuvchanlik va kontrtransferensiya), 
proyeksiya, shaxsiy tajriba ta’siri; 

talqin va ogʻzaki fikr-mulohazalar omili - materialni (ijod 
jarayoni va natijasi) hissiy darajadan anglash darajasiga, maʻnolarni 
shakllantirish darajasiga oʻzgartirish, tarjima qilish.




Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling