Mundarija kirish; Art terapiya tushunchasi va mohiyati
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Art terapiya kitobi
Nordoff - Robbins usuli yordamida musiqa terapiyasi 40 yildan
beri faol ravishda qoʻllanilmoqda. Emotsional beqarorlik va psixosomatik kasalliklar uchun tavsiya etiladi. Analitik musiqa terapiyasi - birinchi 30 navbatda funksional nosimmetrik va nerv bilan ogʻrigan mijozlar bilan ishlashda faol qo`llaniladi. Musiqiy terapiya musiqani terapevtik vosita sifatida ishlatadigan psixoterapiya usuli hisoblanadi. Musiqa terapiyasi atamasi yunon tilidan olingan bo`lib “musiqa bilan davolayman” degan maʻnoni anglatadi. Musiqa terapiyasi psixologiyaning yordamchi turiga kiribbemorlarni ruhiy holatlarini musiqa yordamida davolashda foydalaniladi. Musiqiy terapiya neyrofiziologiya, psixologiya, refleksologiya, musiqashunoslik kesishmasida integral intizom sifatida rivojlanib bormoqda. U tobora zamonaviy ijtimoiy hayot sharoitida insonning shaxsiy rivojlanish jarayonini optimallashtirishga qodir universal taʻlim tizimi maqomida oʻzini namoyon qilmoqda. XIX asrda fransiyalik psixiatr Eskirol psixiatriya muassasalarida musiqa terapiyasidan foydalanishni boshladi. Insonning ruhiy va jismoniy holatiga musiqaning muhim taʻsirini birinchi boʻlib tasdiqlagan odamlardan biri yunon olimi va faylasufi Pifagor hisoblanadi. Lui Gallning “Musiqaning kuchi” nomli asarida ham musiqa har qanday dardni yenga olishi ko`rsatilgan. XX asrning 30-yillarida harbiy shifokorlarning tajribasi nemis terapevtlari tomonidan oshqozon yarasini davolashda, shveytsariyaliklar sil kasalligining yengil shakllarini davolashda ishlatishgan. Avstriyalik akusherlar tugʻruqda behush qilish uchun musiqadan foydalanganlar. Anestezik sifatida musiqa va tovushdan foydalanish tish va jarrohlik amaliyotida qoʻllanila boshlandi. Musiqa barcha hayotiy fiziologik tizimlarning funktsiyalariga, turli fiziologik jarayonlarning intensivligiga, nafas olish va yurak-qon tomir tizimiga, qon aylanishiga faol taʻsir koʻrsatishi, hattoki baʻzi gormonal va biokimyoviy oʻzgarishlarga olib borishi koʻrsatilgan. Gʻarbiy Yevropaning va AQSHning koʻplab mamlakatlarida musiqa-psixoterapiya markazlari paydo boʻldi. Musiqa terapiyasi maktabi birinchi marta 1899-yilda psixoterapevtJaymes tomonidan ochildi va uning bemorlarida katta oʻzgarishlar boʻldi. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling