Mundarija kirish; Art terapiya tushunchasi va mohiyati
IBOB. ART TERAPIYA TUSHUNCHASI VA MOHIYATI
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Art terapiya kitobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Art terapiya turlari qanday ishlaydi
IBOB. ART TERAPIYA TUSHUNCHASI VA MOHIYATI
Tayanch tushunchalar: art terapiya, musiqa terapiyasi, imagoterapiya, qoʻgʻirchoqterapiya, dramaterapiya, kollaj, izoterapiya, kineziterapiya. Art terapiya - psixokorreksiya usuli. Bu allaqachon bir necha marta yaxshi natijalar koʻrsatgan metod. Muomala jarayonida sanʻatning deyarli barcha turlari insonning ruhiy-emotsional holatini yaxshilaydi, bemorning ichki muammolariga ijobiy taʻsir koʻrsatadi, qoʻrquvlarini, xohish- istaklarini va maqsadlarini anglashni hamda ularni mavjud boʻlgan ijodiy yoʻllar orqali ifodalashni oʻrgatadi. Art terapiya va rassomlik koʻpincha bir-biri bilan toʻldiriladi. Bemor oʻz asarlarida “ochiladi”. Bu shifo jarayonining boshlanishi. Ustoz koʻpincha tegishli tayyorgarlikdan oʻtgan rassom, psixolog yoki psixoterapevt boʻladi. Art terapiya - kattalar va bolalar qogʻozda har qanday: gʻazab, quvonch va sevgi his-tuygʻularini ifoda qilish imkonini beradi. Insonning badiiy qobiliyati bor yoki yoʻqligi muhim emas. Art terapiya turlari qanday ishlaydi? Sanʻatning har qanday turi davolash uchun ishlatilishi mumkin. Rasm chizish, loydan narsa yasash, origami yoki applikatsiya. Shuningdek, raqs, musiqa va kino ham. Nima tanlash yaxshiroq - psixolog sizga aytadi. Inson oʻz ichki oʻzligini aks ettiruvchi asarlar yaratganda mashgʻulotlarda faol bo`lishi mumkin yoki passiv holda art terapevt bilan birgalikda bemor boshqa odamlarning rasmlarini, musiqiy kompozitsiyalarni va raqslarini tahlil qiladi. Mashgʻulotlarning individual yoki guruhli turlari ham mavjud. Guruhlar yopiq va ochiqlar turlarga bo`linadi. Odatda yopiq guruhlarda ishtirokchilar umumiy muammo bilan bo`lishadi, masalan, fobiyalarni yengib oʻtish va hokazo. Ochiq guruhlarda turli yoshdagi odamlar yigʻiladi, ishtirokchilar istalgan vaqtda kelib yoki jamoadan ketishi mumkin. Sanʻat orqali siz hissiyotlarga berilib, psixodiagnostika oʻtkazishingiz, ijodkorlikni rivojlantirishingiz va oʻz- l i oʻzini hurmat qilishingiz, fikrlaringiz, kayfiyatingiz va xatti-harakatingizni nazorat qilishni oʻrganishingiz mumkin. Bemorlar ham ularning haqiqiy istaklaridan xabardor bo`ladilar. Ular hayot haqida optimistik dunyoqarashni rivojlantirish, boshqalar bilan munosabatlarni oʻrnatishni oʻrganishadi. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling