Mundarija kirish; Art terapiya tushunchasi va mohiyati


Ertakterapiyada ishlatiladigan janrlar


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/62
Sana10.11.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1761623
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   62
Bog'liq
Art terapiya kitobi

Ertakterapiyada ishlatiladigan janrlar 
Ertakterapiyada turli janrlar qodlaniladi: masallar, afsonalar
dostonlar, sagalar, afsonalar, ertaklar, latifalar. Zamonaviy janrlar ham 
ishlatiladi: detektiv hikoyalar, romantik romanlar, fantaziya va boshqalar. 
Har bir mijozga oʻz manfaatlariga koʻra janr tanlanadi. 
Ertakterapiyada psixologik taʻsirning asosiy vositasi har qanday 
ertakning asosi metafora hisoblanadi. Tanlangan metaforaning aniqligi, 
bolalar 
va 
kattalar 
bilan 
ishlashda 
ertakterapiya 
metodlarining 
samaradorligini belgilaydi. 
Psixologik maslahatda juda yaxshi isbotlangan bir necha metodlarga 
eʻtibor qarataylik. Bu masal bilan ishlash va ertak bilan ishlash. Masal va 
ertaklarning vazifalarini aniqlash biz uchun muhim ahamiyatg ega. 
Masallarning vazifasi 
T. D. Zinkevich-Yevstigneyeva shunday deydi: “odatda, masal 
hayotning chuqur falsafasiga olib boradi. Masallardagi hayot darsi pardali 
emas, balki bevosita shakllantirilgan. Odatda bitta masal bitta darsga 
bagʻishlanadi”. Masaldan kattalar va oʻsmirlar bilan ishlashda foydalanish 
mumkin. 
N. Pezeshkianga koʻra: “hikoyalar insonga juda boshqacha taʻsir 
koʻrsatishi mumkin. Ular taʻlim va davolash qiymatiga ega. Har bir 
hikoyaning mazmunini inson oʻz tafakkur tarziga qarab idrok etadi”. 
Psixologik maslahatdagi hikoya va masallar toʻgʻri tanlangan bo`lsa, 
ular oʻz nizolaringizga boshqacha yoʻ1 bilan qarash va nizolarni hal qilish 
yo`llarini topish uchun maʻlum masofani tanlash imkonini beradi. 


Oila bilan tanishib, uning dolzarb muammolarini aniqlab olgach
psixolog muhokama uchun mavzu sifatida oilaviy muammolarni aks 
ettiradigan vaziyat, tarix, mif yoki masalni tanlaydi. 
Tarixning muhim vazifalaridan biri psixoterapiya tugaganidan keyin 
mijozga taʻsir koʻrsatishda davom etadi va terapevtdan mustaqil taʻsir 
oʻtkazadi.



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling