Mundarija kirish atb “Agrobank” Buxoro hududiy filiali haqida umumiy ma’lumot
Download 266.5 Kb.
|
Amalyot hisoboti. Islomov Bekjon
- Bu sahifa navigatsiya:
- Internet banking
Masofaviy bank xizmatlari : Masofaviy bank xizmatlari (MBX) — bu Agrobankdagi hisobingizni internet yoki telephony orqali masofaviy boshqarish imkoniyatidir. Siz hisobingiz bo’yicha bank operatsiyalarini Sizga qulay vaqtda istalgan joyda o’tkazishingiz yoki ularni nazorat qilishingiz mumkin.
Internet banking — bu personal kompyuter yoki Internet orqali Sizning Agrobankdagi hisoblaringizning holati haqidagi ma’lumotni olishning va to’lovlarni amalga oshirishning xavfsiz usuli hisoblanadi. SMS banking — bu Agrobankdagi hisobingizda amalga oshirilgan tranzaksiyalar va balans qoldig’i haqidagi ma’lumotlar haqida tezkor SMS-xat olish imkoniyati hisoblanadi. SMS informer — Bu yuridik shaxslarga mobil telefon yoki elektron pochta orqali o’z hisoblari holatini nazorat qilish imkonini beruvchi xizmat. Mijozlar Online tizimda SMS-xatlar oladilar: Real davrda o’z hisoblaridagi chiqim operatsiyalari haqida real davrda o’z hisoblaridagi kirim pul vositalari haqida o’z hisoblarida qolgan qoldiq miqdori haqida real davrda o’z to’lov majburiyatini bankka tushganligi haqida, qolaversa, o’z hisoblari haqida elektron pochtaga xatlar oladilar.SMS-informer xizmatiga ulanish SMS- malumot xizmatlari ko’rsatish kelishuviga imzo chekish bilan amalga oshiriladi. Mamlakatimizda olib borilayotgan moliya-bank tizimidagi islohotlar natijasida bugun yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan bank muassasalari katta- kichik sanoat korxonalari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari, dehqon hamda fermer xo‘jaliklarining eng ishonchli hamkoriga aylandi. Negaki yalpi ichki mahsulot hajmi, aholi real ish haqi va daromadlarining o‘sishida, yurtimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning jahon bozorida o‘z xaridoriga ega bo‘lishida, ijtimoiy ob’ektlar hamda turar-joy binolari barpo etishdek keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlarida qo‘lga kiritilayotgan ulkan yutuqlarda aynan bank muassasalarining moliyaviy ko‘magi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayni paytda barqaror va ishonchli faoliyat yuritib kelayotgan “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki ham iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish, uning yetakchi tarmoqlarini jadal modernizasiya qilish hamda texnik va texnologik jihatdan yangilash, qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish hamda aholining ish bilan bandligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarda faol ishtirok etib kelayapti. Shuningdek, qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari, dehqon va fermer xo'jaliklari faoliyatini rivojlantirish hamda aholining ish bilan bandligini ta'minlashga qaratilgan hukumat tadbirlarida to'laqonli ishtirokchisiga aylanib ulgurdi. Agrobank ATB tuzilishida keng ma’nodagi investitsiya bankini rivojlantirish eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Bank investitsiyalaridan ko‘zlangan maqsad, hozirgi kunda ham, uzoq muddatli istiqbolda ham bankning tijorat manfaatlari iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, mijozlar manfaatlari bilan eng maqbul darajada uyg‘unlashuviga erishishdan, aktivlarni diversifikatsiyalash, xatarni minimallashtirish hamda resurslar samaradorligini oshirishdan iboratdir. Agrobank ATB daromadliligi darajasi yuqori ekani olib borilayotgan kredit va tijorat faoliyatiga puxta o‘ylab yondashilayotgani hamda oqilona konservativ siyosat yuritilayotgani bilan uyg‘unlikda unga keyingi besh yil mobaynida BIS ishonchlilik reytingi bo‘yicha jahonning eng ishonchli banklari orasida yetaksi mavqeni egallab turish imkonini bermoqda.Bank majburiyatlarni to‘la hajmda va belgilangan mudatlarda bajarib kelayapti. Bank faoliyat yuritayotgan butun davr mobaynida hali biror marta ham tashqi to‘lovlar bajarilmagan holati yuz bermadi. Aksincha, Agrobank ATB kredit tarixiga baho bergan yetakchi eksport-import agentliklari kredit yo‘nalishlari hajmini davlat kafolatlarisiz oshirayaptilar. Hozirgi vaqtda Agrobank ATB oldida quyidagi asosiy vazifalar turibdi: Mavjud va potensial mijozlar maqsad guruhlarining ehtiyojlari hamda talablariga javob beruvchi faol marketing siyosatini shakllantirish. Korporativ mijozlar bilan ishlarni kuchaytirish. Mumkin qadar ko‘proq birinchi darajali mijozlarni bankka jalb etish va uzoq muddatli asosda biriktirib olish; Mijozlar bilan ishlashning andozaviy texnologiyalarni har bir mijozga alohida yondashuv bilan uyg‘unlashtirishga asoslangan yangi ideologiyasini joriy etish; mamlakat chakana bozoridagi peshqadamlikni saqlab qolish; Mijozlar keng doirasiga tayanib, aktivlar va passivlar strukturasining muvozanatli holatini ta’minlash, ularni boshqarishning zamonaviy usullarini joriy etish; Bankning xorijiy investorlar oldidagi katta obro‘sidan, xalqaro andozalar bo‘yicha bank ishonchliligining yuqori ko‘rsatkichlaridan foydalanib, xalqaro bozorlarda bank uchun maqbul narxlarda sarmoya jalb etish borasidagi ishlarni faollashtirish; Download 266.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling