Mundarija kirish atb “Agrobank” Buxoro hududiy filiali haqida umumiy ma’lumot
-jadval Agrobank ATBning kapitalining samaradorligi tahlil
Download 266.5 Kb.
|
Amalyot hisoboti. Islomov Bekjon
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa va takliflar Xulosa qilib aytganda, men malakaviy amaliyot o’tagan Agrobank ATB
- Agrobank ATB
2-jadval
Agrobank ATBning kapitalining samaradorligi tahlil Tahlil natijalari bank kapitali samaradorligi joriy yilda o‘tgan yilga nisbatan 0,7 punktga oshganligini e’tirof etmoqda. O‘tgan yil olingan sof foydaning bank kapitaliga nisbati 3,2 ni tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkich 3,9 ni tashkil etgan. O‘tgan yilda har bir so‘mlik kapitalga 3,2 tiyinlik sof foyda to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkich 3,9 tiyinni tashkil etgan. Kapital samaradorligi ko‘rsatkichining o‘sishiga asosiy sabab olingan sof foydaning o‘sishi darajasi, kapitalning o‘sishi darajasidan yuqori sur’atlarni tashkil etgan. Joriy yilda bank kapitali o‘tgan yilga nisbatan 10,1 foizga o‘sgan bo‘lsa, ushbu davrlarda olingan sof foydaning ,o‘sish sur’ati 34,7 foizni tashkil etgan. Shuningdek, tahlil etilayotgan davrda birinchi va ikkinchi darajali kapitallarning samaradorlik darajasi ma’lum miqdorda oshganligi kuzatiladi.Shunday qilib, bankning passiv operatsiyalari tahlili asosiy e’tibor ularning tarkibiy o‘zgarishlari, o‘sish dinamikasi vabarqarorlik darajasi bilan bir qatorda, resurslar samaradorligi masalasiga ham qaratilmog‘i zarurdir. Xulosa va takliflar Xulosa qilib aytganda, men malakaviy amaliyot o’tagan Agrobank ATBning aholi va turli xo’jalik yuritish subyektlariga zamonaviy, tezkor va salmoqli xizmatlar ko’rsatib kelmoqda. Servis va xizmat ko’rsatuvchi korxonalar, tadbirkorlik faoliyatini faoliyatini yuritayotgan yosh oilalar, kasb-hunar kollejlari bituruvchilari hamda imtiyozli kreditlar ajratmoqda Agrobank ATBning 2021-yilda kichik biznes subyektlarini qo’llab-quvvatlashga barcha moliyalash manbalari hisobidan 1 trillion 209 milliard so’m kreditlar ajratildi. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlariga oid 4 mingdan ziyod loyihani amalga oshirish uchun 545 milliard so’m yo’naltirildi. Natijada 24 mingdan ziyod yangi ish o’rni yaratilgan. Agrobank ATBning o’z faoliyati davomida asosiy urg’uni iqtisodiyotning agrar sektorini rivojlantirish, moliyalashtirish, aholining bo’sh pul mablag’larini bank pul aylanmasiga jalb qilish, filiallar tarmog’i, xizmat turlari hamda mijozlari sonini ko’paytirish, bankning belgilangan biznes-rejasi va budjetining asosiy parmetrlarini bajarishga qaratgan. TIF Agrobank ATB va Osiyo Taraqqiyot Banki o’rtasida 20,0 mln. AQSh dolari miqdoridan iborat bo’lgan “Kichik va mikromoliyalashni rivojlantirish. II bosqich” loyihasi bo’yicha kredit shartnomasi imzolandi. Ushbu loyihaning maqsadi respublikada mikromoliyalashtirishni yanada rivojlantirish hisoblandi. Shuningdek, TIF Agrobank ATB Osiyo Taraqqiyot Bankining savdoni moliyalashni qo’llab-quvvatlash dasturiga kiritildi va revolyer kredit to’g’risida kelishuv imzolandi. “VISA International” xalqaro to’lov tizimiga prinsipial a’zolikka o’tish bo’yicha qator ishlar amalga oshirildi. Protsesning markazini tashkil etish bilan bir qatorda chipli plastik kartalarni emissiya qilish yo’lga qo’yildi. Agrobank ATBning xalqaro operatsiyalari xorijdagi va respublika ichidagi 23 ta bankdagi vakillik hisob raqamlari orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, Agrobank ATB S.W.I.F.T jahon banklararo moliyaviy telekommunikatsiyalar hamjamiyatiga a’zodir Ushbu malakaviy amaliyot ishini bajarish natijasida quyidagi umumiy takliflarni xulosa qilib aytish mumkin: Zamon talablaridan kelib chiqqan holda, bank faoliyatida axborot kommun ikatsiya texnologiyalaridan kengroq qo’llash lozim. Shu nuqtayi nazardan, bankda moliyaviy ko’rsatkichlar tahlilini to’liq avtomatlashtirish talab etiladi. Rivojlangan mamlakatlar singari bizning respublikamizda ham bo’lajak yoki doimiy hamkorlarimiz haqida aniq va ishonchli ma’lumotlarni qonuniy ravishda yetkzib beradigan axborot xizmat ko’rsatish markazlarini tashkil etish zaur. O’zbekiston Respublikasi Agrobank ATB Buxoro bo’limida dasturiy vositalar asosida yagona axborot bazsini shakllantirish lozim. Bankda axborot- tahliliy masalarni yechishda IABS amaliy dasturlar to’plamidan foydalanish tavsiya etiladi. Ilovalar Download 266.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling