Mundarija kirish atb “Agrobank” Buxoro hududiy filiali haqida umumiy ma’lumot


ATB “Agrobank” Buxoro hududiy filialining faoliyatiga oid me’yoriy-huquqiy asoslar


Download 266.5 Kb.
bet6/10
Sana04.02.2023
Hajmi266.5 Kb.
#1161979
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Amalyot hisoboti. Islomov Bekjon

2.ATB “Agrobank” Buxoro hududiy filialining faoliyatiga oid me’yoriy-huquqiy asoslar
Mamlakatimizda samarali bank tizimini isloh qilish, erkinlashtirish hamda uning dunyo hamjamiyatida o‘z o‘rnini egallashi davlatimiz siyosatining eng muhim yo’nalishlaridan biri hisoblanadi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotining tayanchi hisoblangan bank tizimini barqaror rivojlantirish va ishonchli faoliyat yuritish borasida bank faoliyatining o‘ziga xos korporativ boshqaruv tizimi yaratishda xalqaro andozalar talablariga muvofiq huquqiy asoslarni qabul qilishni taqozo etadi.
Shu ma’noda, har qanday mamlakat bank tizimining samarali faoliyati uning korporativ boshqaruvi qanday darajada isloh etilganligi va bu sohani samaradorligini oshirishga qaratilgan qabul qilingan huquqiy asoslarga tayanishi bilan izohlash mumkin.
Respublikamiz bank tizimida korporativ boshqaruvning isloh etish borasida bir qator qonun hujjatlari qabul qilingan bo’lib, dastlab mamlakatimizda aktsiyadorlik jamiyatlariga asoslangan barcha tashkilot va korxonalarda korporativ boshqaruv munosabatlarini tartibga solishga qaratilgan muhim hujjatlaridan biri sifatida.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat- tijorat Agrobankini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 25-dekabrdagi PF-2162-son Farmonini bajarish yuzasidan va bank tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatini oshirish, omonatchilarning manfaatlarini himoya qilishni ta’minlash maqsadida bankning huquq va majburiyatlari

  • moliya va xo‘jalik korxonalar, tashkilotlar va boshqa tijorat tuzilmalarini tashkil etishda va ularning xo‘jalik faoliyatida, shu jumladan, xolding asosida ham o‘z mablag‘lari bilan, shu jumladan, ulush qo‘shish asosida qatnashish;

  • organlarida korxonalar va tashkilotlar manfaatlarini ularning ishonchnomalari bo‘yicha ifodalash;

  • kredit beriladigan yuridik shaxs bo‘lmagan yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek, kichik va o‘rta biznes korxonalaridan hisobotlar, balanslar va ularning to‘lov qobiliyatini, shuningdek, berilgan kreditlar ta’minlanganligini tasdiqlovchi hujjatlarni olish;

  • o‘z mablag‘lari va bank kreditlari ishtirokida obyektlarni qurish, texnika bilan qayta jihozlash va boshqa xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha mo‘ljallanayotgan loyiha yechimlari ekspertizadan o‘tkazilishini talab qilish;

  • kredit shartnomalarida nazarda tutilgan majburiyatlar buzilganda, hisobotlarda noto‘g‘ri ma’lumotlar aniqlanganda yoki buxgalteriya hisobida kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganda kredit berishni to‘xtatib qo‘yish, berilgan kredit summalarini muddatidan oldin undirib olish;

  • to‘lov hujjati funksiyasini bajaruvchi qimmatli qog‘ozlarni, pul mablag‘larining omonatlarga va bank schyotlariga jalb qilinganligini tasdiqlovchi qimmatli qog‘ozlarni chiqaradi, xarid qiladi, sotadi, hisobga oladi, saqlaydi va ular bilan boshqa operatsiyalarni amalga oshiradi, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnoma bo‘yicha ko‘rsatib o‘tilgan qimmatli qog‘ozlarni ishonchli boshqarish hamda aholini o‘ziga jalb qiladigan bir zumlik aniq maqsadli, ko‘p tirajli lotereyalarni chiqarish, yutuqli boshqa tadbirlarni o‘tkazish huquqiga ega bo‘ladi;

  • bank filiallari tomonidan operatsiyalarni amalga oshirish shartlari va texnologiyalarini tasdiqlash, depozitlar va beriladigan kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarini, jismoniy va yuridik shaxslarga bank muassasalari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun vositachilik haqi miqdorini belgilash;

O‘zbekiston qonun hujjatlariga muvofiq qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirish;
Mijozlar — jismoniy va yuridik shaxslarning operatsiyalari ustidan valyuta nazoratini amalga oshirish;
agrobank amaliyotida qabul qilingan turli xil moliyaviy vositalarni qo‘llagan holda mijozlarning eksport-import operatsiyalariga xizmat ko’rsatish;
O‘zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida O‘zbekiston Respublikasi va tegishli xorijiy davlat amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro tijorat va notijorat munosabatlarida mustaqil ravishda ishtirok etish;
O‘zbekiston Respublikasi hududida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bo‘limlar va filiallar tashkil etish, uning tashqarisida esa, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ruxsati bilan sho‘ba banklari, filiallar va vakolatxonalar ochish. Bank o‘z faoliyatini muvofiqlashtirish, o‘z manfaatlarini himoya qilish va qo‘shma dasturlarni amalga oshirish uchun birlashmalarda, uyushmalarda va boshqa birlashmalarda qatnashishi mumkin.
Bank o‘z mijozlarining manfaatlarni himoya qilish uchun quyidagi majburiyatlarni oladi:
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining me’yoriy hujjatlariga muvofiq majburiy zaxiralarni depozitga qo‘yadi;
Markaziy bank tomonidan belgilangan iqtisodiy normativlarga muvofiq o‘z balansi tarkibini tartibga solish yo‘li bilan qabul qilingan majburiyatlarni o‘z vaqtida va to‘liq bajarishga doimiy tayyorligini saqlab turadi kredit va lizing operatsiyalaridan ehtimol tutilgan zararlarni qoplash uchun.
Markaziy bank tomonidan belgilangan tartibda va miqdorlarda zaxiralar tashkil etadi o’z mijozlari va korrespondentlarining operatsiyalari, schyotlari va jamg‘armalari sir tutilishini ta’minlaydi;
Markaziy. bank topshirig‘iga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti bo‘yicha kassa operatsiyalarini amalga oshirad amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni bajaradi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bankning bo‘sh mablag‘lari fuqarolarning jamg‘armalari to‘liq saqlanishini kafolatlovchi likvidli va ishonchli sarmoyalarga joylashtirilishini ta’minlaydi.
Mijozlarning bankdagi pul mablag‘lari va boshqa mol-mulki faqat amaldagi qonun hujjatlari asosida va ularda nazarda tutilgan tartibda xatlab qo‘yilishi hamda to‘lov ulardan undirilishi mumkin.
Bank mijozlari operatsiyalari va schyotlari bo‘yicha ma’lumotnomalar qat’iy ravishda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berilishi kerak.


Download 266.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling