Mundarija: kirish bob. Jahon xo`jaligi globallashuvining nazariy asoslari


Download 85.22 Kb.
bet11/13
Sana13.11.2023
Hajmi85.22 Kb.
#1769754
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Mundarija kirish bob. Jahon xo`jaligi globallashuvining nazariy-fayllar.org

Ikkinchi bosqich (70 va 80-yillarning o‘rtalari). Bu davr YEI tarixiga asosan, turg‘unlik davri sifatda kirdi. Bu davrda YEIga a’zo- davlatlar Yevropa valyuta hamkorligi dasturi, tashqi siyosiy konsultatsiyalar mexanizmini qabul qilishga muvaffaq bo‘lsalar-da, vujudga kelgan salbiy jihatlar G‘arbiy Yevropa iqtisodiy integrat- siyasining jiddiy inqiroziga olib keldi. Bu inqiroz “evroskleroz” nomini oldi. 70 va 80-yillarning boshida YEI davlatlari o‘rtasida rivojlanish darajasi bo‘yicha farq o‘sib bordi. 1981-yilda YEIga Gretsiyaning kirishi bilan bu farq yanada kuchaydi. Chunki ushbu davlat iqtisodiyoti hamjamiyatning boshqa ishtirokchi davlatlari iqtisodiyotiga nisbatan juda past darajada rivojlangan edi.
Uchinchi bosqich (80-yillarning oxiri va 90-yillarning boshi). Bu davr Hamjamiyat tarkibining yanada kengayishi bilan xarakterlanadi.
1986-yilda Ispaniya va Portugaliyaning YEIHga qo’shilishi a’zo davlatlar o‘rtasidagi farqning yanada kengayishiga olib keldi. YEIHga a’zo bo‘lgan vaqtida Portugaliyada aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad YEIH dagi o‘rtacha daromadning taxminan 45-50%ga, Ispaniyada esa 3/4 qismiga to‘g‘ri kelgan edi. Yangi ishtirokchi davlatlarda aholining taxminan 1/5 qismi qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan bo‘lsa, YEIH da esa o‘rtacha 1/13 qismi to‘g‘ri kelgan. Shu bilan bir qatorda, aynan shu davrda G‘arbiy Yevropa integratsiyasi yanada rivojlandi. Bunga birinchi navbatda, Yagona Yevropa Akti (YaEA)ning qabul qilinishi ham sabab bo‘ldi. Ushbu aktda YEIHga ishtirokchi- davlatlarining umumiy maqsadi - Yevropa Ittifoqining tashkil qilinishi yana bir bor tasdiqlandi. Yevropa Ittifoqi Hamjamiyati ham siyosiy, ham iqtisodiy ittifoq bo‘lib, a’zo davlatlar o‘rtasida iqtisodiy, valyuta-moliya, gumanitar sohalardagi hamkorliklar bilan bir qatorda tashqi siyosat xavfsizlikni ta’minlash sohalarida ham chuqur hamkorlikni amalga oshirish ishlari nazarda tutilgan.
To‘rtinchi bosqich (1990-yillarning o‘rtasi va XXI asr boshi). Bu yagona Yevropa aktiga muvofiq 1993-yilning 1-yanvaridan boshlab Hamjamiyat chegaralari doirasida ishlab chiqarish vositalarining erkin harakati yo‘lga qo‘yildi. Hamjamiyat doirasida yagona iqtisodiy hudud vujudga keldi. Bu YEI doirasidagi iqtisodiy integratsiyaning sifat jihatdan yangi bosqichga kirganini anglatadi.
1972-yilda EESA ga a’zo bo‘lgan har bir davlat YEIH-YEI bilan o‘zaro kelishuvlarni imzoladi. Unga muvofiq sanoat tovarlariga boj va son jihatdan cheklashlar asta-sekin kamaytirildi. Bu davlatlar o‘rtasidagi bojsiz savdo murakkab qoidalar tizimiga asoslanadi. Yagona bojxona tarifi yo‘qligi sababli EESA ichida bojsiz savdo erkinligi faqat a’zo davlatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarga nisbatan qo‘llaniladi.
NAFTA davlatlari tomonidan imzolangan shartnomaning asosiy holatlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
  • AQSH, Kanada va Meksika davlatlari o‘zaro savdo qiladigan tovarlarga nisbatan bojlarni bekor qilish;


  • Shimoliy Amerika bozorlarni Meksika orqali AQSHga kirib kelayotgan tovarlar uchun bojlarni to‘lamaslikka harakat qiluvchi Osiyo va Yevropa kompaniyalari ekspansiyasidan himoya qilish;


  • Meksikada bank va sug‘urta kompaniyalarning ishida Amerika va Kanada kompaniyalari kapital qo‘yilmalari va raqobatlariga bo‘lgan taqiqlarni olib tashlandi.


    • Atrof-muhitni himoyalash bilan bog‘liq muammolarni hal qilish uchun uch tomonlama guruhlar tashkil qilish va boshqalar.


Jahon iqtisodiyotida integratsion jarayonlar Janubiy Amerikada ham faollashib bormoqda. 60-yillarning boshida Janubiy Amerika “erkin sav- do zonasi”ni yaratish, so‘ngra Markaziy Amerika umumiy bozorini – (MAUB) tashkil qilish ishlari rejalashtirildi. Biroq, ushbu mintaqada si- yosiy va iqtisodiy inqiroz bu rejalarni amalga oshirishga imkon bermagan edi.


90-yillarning o‘rtalarida integratsion jarayonlar 1991-yilda Argentina, Braziliya, Urugvay va Paragvay o‘rtasida tuzilgan va 1995-yilning 1-yanvarida kuchga kirgan “MERKOSUR” savdo paktining tuzilishi orqali yanada faollashdi. Bu paktga a’zo bo‘lgan davlatlarning umumiy aholisi 200 mln. kishidan ko‘proq bo‘lib, yillik umumiy YaIMi 550 mlrd. doll.dan ortiqroqdir.
MERKOSUR savdo guruhining tuzilishi natijasida unga a’zo bo‘lgan to‘rt davlat o‘zaro savdosidagi (90% atrofida) tarifli to‘siqlardan ozod qilindi, uchinchi davlatlardan importga esa bir xil tarif strukturasi va bojxona qoidalari kiritildi.
O‘z mintaqalarida integratsion jarayonlarni rivojlantirishga Afrika davlatlari ham intilmoqdalar. 1989-yilda Afrika qit’asining shimoliy qismida Jazoir, Liviya, Mavritaniya, Marokash va Tunis ishtirokida Arab Mag‘ribi Ittifoqi davlatlari tashkil topdi. Ushbu ittifoqqa a’zo bo‘lgan davlatlarning shartnomasida mintaqaviy integratsiya darajasida iqtisodiy hamkorlikni amalga oshirilish ishlari nazarda tutiladi.
  1. – XXI asrlar bo‘sag‘asida sharqiy Osiyoda ham integratsion jarayonlar kuchayib bordi. Osiyo “ajdarholari”dan biri - Singapur, shu- ningdek, “YaID”lar deb nom olgan Malayziya, Indoneziya, Tailand, Bruney va Filippin kabi Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlari Assotsiat- siyasi (ASEAN) qariyb 30 yillar mobaynida muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Bu guruh doirasida o‘zaro hamkorlikning muvaffaqiyati ushbu davlatlarning ko‘pchligining iqtisodiyoti gurkirab o‘sishi, rivojlanishining bir-biriga mosligi, yaxshi yo‘lga qo‘yilgan va uzoq tarix an’analariga ega bo‘lgan o‘zaro savdo aloqalari, shuningdek, tartibga solib bo‘lingan hamkorlik shakli bilan chambarchas bog‘liqdir.


Shunday qilib, ASEAN rejalarida ishtirokchi davlatlar bojlarini 2000-yilgacha 38 ming turdagi tovarlar bo‘yicha o‘rtacha 5% gacha qisqarish ko‘zda tutilgan bo‘lsa, 2003-yilga kelib erkin savdo zonasini tashkil qilish haqida qaror qabul qilingan edi.


Jahon iqtisodiyotida Sharqiy Osiyoda iqtisodiy integratsion jarayonlarning rivojlanishi istiqbollarini ko‘p jihatdan Osiyo - Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (OTIH)ning tuzilishi bilan bog‘lashadi. Ushbu tashkilotga Osiyo, shuningdek, Shimoliy va Janubiy Amerikaning 18 davlati a’zo bo‘lib kirgan edi.
Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik tashkilotining rejalariga muvofiq ushbu mintaqada 2020-yillarga borib jahonda eng yirik bojxona va ichki to‘siqlarsiz erkin savdo zonasini tashkil qilish nazarda tutilgan.
Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi iqtisodiy integratsiya jarayonlarini baholagan ko‘plab mutaxassislar uning rivojlanishi stixiyali ekanligi va o‘ziga xosligini ta’kidlaydilar. Buning ustiga integratsion munosabatlar hozircha ushbu mintaqalarda unchalik rivojlangan emas. Masalan, ASEAN tizimidagi savdo zonasining iqtisodiy integratsiyaning birinchi bosqichi, ya’ni tarif va tarifli to‘siqlarsiz erkin savdo zonalariga kiritish mumkin. OTIHga nisbatan esa hozircha erkin savdo zonasi deb emas, "erkin iqtisodiy assotsiatsiya" deb aytish mumkin. Ayni bir paytda, iqtisodiy siyosatni o‘zaro muvofiqlashtirish natijasida mintaqaning ichki savdosi va kapital bozorlarining tez rivojlanishi Osiyo-Tinch okeani mintaqasining integratsiyasi erkin savdo zonasiga o‘tishiga imkon beradi. Jahon iqtisodiyotida integratsiyaga, ya’ni o‘zaro hamkorlikni chuqurlashtirishga bo‘lgan intilish Fors ko‘rfazidagi Arab davlatlari orasida ham kuzatilmoqda.
Hozirgi kunda O‘zbekiston 140 dan ortiq mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni o‘rnatgan. Ularning orasida Janubiy Koreya, Germaniya, AQSH, Buyuk Britaniya, Shveysariya, Turkiya, Fransiya, Yaponiya, Eron, Gollandiya, MDH mamalakatlaridan – Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston, Turkmaniston bilan savdo aloqalari keng yo‘lga qo‘yildi. O‘zbekistonning asosiy tashqi savdo ko‘rsatkichlari 1-jadvalda ko‘rsatilgan.

Download 85.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling