Mundarija Kirish Bob. Mavzuga doir adabiyotlar taxlili
Ilmiy tadqiqotning maqsadi
Download 118.65 Kb.
|
tayyor
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot usullari
- Tadqiqot obyekti
Ilmiy tadqiqotning maqsadi.
Savodga о„rgatish darsining korreksion vazifalarini nazariy о„rganish. Tadqiqot vazifalari: -Pedagogik, psixologik, metodik adabiyotlarda intellektida nuqsoni bо„lgan bolalarni savodga о„rgatish yо„llari, usullariga doir muammolarni о„rganish, taxlil etish; о„qituvchi va о„quvchilar faoliyatini savod о„rgatish darslari jarayonida kuzatish Tadqiqot usullari Tadqiqotning maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan xolda dissertatsiyani bajarish mobaynida: mavzuga oid adabiyotlarni о„rganish va taxlil etish; -mexnat ta‟limi maktabida savod о„rgatish darslarini kuzatish, taxlil qilish; -о„qituvchi va о„quvchilar bilan suxbatlar uyushtirish; xujjatlarni о„rganish; Tadqiqot obyekti Mehnat ta‟limi maktabining birinchi sinflarida savod о„rgatish jarayoni. Tadqiqot predmeti Mexnat ta‟limi maktabining birinchi sinfida savod о„rgatish vazifalari; 1 Bob. Mavzuga doir adabiyotlar taxlili 1.2. Maxsus yordamchi maktabda savod о‘rgatish bо‘yicha olib boriladigan ishlar Boshlang„ich maktabda ona tili darslari oddiy amaliy faoliyatga asoslangan bulib, о„quvchilarni savodga о„rgatish, ular ongiga va yoshiga mos keladigan matnlarni ongli, tо„g„ri, tez, ifodali о„qishga о„rgatish, uz fikrlarini og„zaki va yozma nutq orqali izchil va tо„g„ri bayon etishga о„rgatish, dunyoqarashini kengaytirish, har tomonlama rivojlanishini ta‟minlash, о„quvchilarning bilim doiralarini kengaytirish, ona tili va о„qishga bulgan qiziqishlarini yanada ustirish masalalarini xal etishga qaratilgan. Maxsus yordamchi maktabda savod о„rgatish ishlari boshlang„ich maktabning davlat ta‟lim standartlari talablariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Boshlang„ich maktabda savod о„rgatish ishlari birinchi sinfda yarim yil mobaynida olib boriladi. Birinchi sinf dasturi ikki bulimdan iborat: 1bо„lim- alifbe davri. Alifbe davri taxminan 4 oy davom etadi. Ikkinchi bо„lim-alifbedan keyingi davr. Ushbu davr о„quv yilining oxirida yakunlanadi. Umumta‟lim maktablarining alifbegacha davri ya‟ni savod о„rgatishga tayyorlash ishlari maktabgacha tarbiya muassasalarining tayyorlov guruxida amalga oshiriladi. Savod о„rgatishga tayyorlash davrining asosiy vazifalari: о„quvchilarni dastlabki о„qish va yozish malakalarini о„zlashtirishga tayyorlash, ularda о„qishga qiziqish uyg„otish, har bir о„quvchining umumiy va nutqiy rivojlanishidagi о„ziga xos xususiyatlarni aniqlash, og„zaki nutqini о„stirishdan iborat. Bu davrda ishlar bir necha yunalishda olib boriladi. Maxsus yordamchi maktabda birinchi sinfda savod о„rgatish ishlari bir о„quv yili davomida amalga oshiriladi. Avvalo bolalar har tomonlama tekshiriladi, о„rganiladi. Tibbiy - pedagogik komissiya tomonidan berilgan ma‟lumotlardan tashqari о„qituvchi, tarbiyachi va logoped bolalarni ta‟lim - tarbiya jarayonida kuzatishadi, ularning umumiy va nutqiy rivojlanish darajasini aniqlaydi: nutqning talaffuz tomoni, sо„z boyligi; grammatik tuzum xolati , о„qish va yozish malakalarining xolati aniqlanadi. Birinchi kundanoq bolalar nutqini о„stirish ishlari boshlab yuboriladi. Bunda nutqning fonetik tomoniga, ya‟ni tovushlar talaffuziga e‟tibor berib, kamchiliklarni belgilab olib, tuzatib borilishi, og„ir nutqiy nuqsonli bolalar bilan logopedik mashg„ulotlar boshlab yuborilishi maqsadga muvofiqdir. О„qituvchi logoped bilan birgalikda har bir bolaning fonematik eshitish qobiliyatini о„rganadi, xolatini aniqlaydi. Nutq о„stirish jarayonida bolalarning sо„z boyligini aniqlash, uni kengaytirish va faollashtirish ishlari xam olib boriladi. Maxsus yordamchi maktabda savod о„rgatish ishlari alifbegacha ya‟ni savod о„rgatishga tayyyorlash, propedevtik davr va alifbe davri bо„yicha amalga oshiriladi. Propedevtik davrda og„zaki nutqni rivojlantirib borish zarur. Bunda nutq sur‟ati, ravonligi ifodali bо„lishiga e‟tibor berish, artikulyatsion mashqlar о„tkazish, nutqiy nafas olishni tarbiyalash ishlari о„tkaziladi. Atrofdagi narsa va xodisalar yuzasidan turli savollar berishga о„rgatish, muloqat nutqini ustirish maqsadida suhbat, kuzatishlar, sayohat singari tadbirlar keng qо„llaniladi. Maxsus yordamchi maktab о„quvchilari berilgan savollarga qisqa, tо„liq bulmagan javoblar beradilar. Har bir darsda tо„g„ri, tо„liq javoblar talab etiladi. Bolalar faoliyati asosida ular bajarayotgan ishlari, nima qilmoqchi bо„lganliklari, sinfda va sinfdan tashqari joylarda kо„rgan, eshitganlari xaqida bayon etishga о„rgatish dasturda talab etiladi. Nutq о„stirishda ertak ustida ishlash, she‟r, topishmoq, tez aytishlarni о„qituvchi ovozidan yod oldirish, kichik asarlarni sahnalashtirish ishlaridan ham keng foydalanish zarur. Alifbegacha bо„lgan propedevtik davrda bolalarni eshituv qobiliyatlarini rivojlantirish zarur, chunki bola nutq tovushlarini eshitish yuli bilan tahlil qiladi, о„zlashitiradi. Bu ishlar ikki yunalishda amalga oshiriladi: 1.Fiziologik eshitishni rivojlantirish, 2. Fonematik eshitish, nutqiy idrokni о„stirish. Fiziologik eshitish - bu nutqdan tashqari barcha tovush va shovqinlarni eshitish qobiliyati bо„lsa, fonematik eshitish – nutqdagi tovushlarni - fonemalarni eshita bilish, ularning sifatini aniqlay olish, gap, sо„z, bо„g„in ichidan ajratib olish va aksincha, biriktirish - fonemalardan bо„g„in, sо„z, gap tuzish qobiliyatidir. Fonematik idrok analiz va sintez yoki tahlil va tarkib malakalari asosida tarkib topadi. Eshitish idrokini rivojlantirishda eshitish diqqati, xotira, xayvonlar ovozi, ular qanday ovoz chiqarishi namoish etiladi. Boalalar amaliy mashg„ulotlarda sо„z, bо„g„in, tovush xaqidagi tuchunchalarni о„zlashtirib oladilar. Ular о„qituvchining savol, topshiriqlari asosida gap tuzishga, uni tahlil qilishga – bо„g„inlarga bо„lish, gapda nechta sо„z borligini aniqlash, sо„zni bо„g„inlarga, bо„g„inni esa tovushlarga ajratish, sо„z boshida, oxirida yoki о„rtasidagi tovushni ajratish, nechta tovushdan iborat ekanligini aniqlash ishlarini amalga oshiradilar. Barcha ishlar buyum, predmetli va syujetli, seriyali syujetli rasmlar asosida amalga oshiriladi. Analiz - sintez malakalari shartli belgilar asosida amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir. Alifbegacha davrda idrokning boshqa turlari ustida ham ishlash lozim. Ayniqsa kurish idroki, fazoviy idrok bolada yaxshi rivojlanmaganlikni inobatga olib, rang va shakllarni ajrata olishga о„rgatish muxim ahamiyatga ega. Bolalarning kurish nigoxi tor bо„ladi. Shuning uchun bu borada ham ma‟lum ishlar olib borilishi lozim. Geometrik shakllarni rang va shakli bilan ajrata olishga, ularni ma‟lum yunalishda, tartibda kо„rib, kuzatishga, xoshiyalar chizishga о„rganadilar. Mashqlar berilgan na‟muna asosida, eslab qolgan xolda va keyinchalik tushuntirish yо„li bilan bajartiriladi. Bolalar keyinchalik yozish malakalarini egallashlari uchun maxsus tayyorlov ishlari olib boriladi. Bolalar qalam, ruchka bilan andaza (shablon), trafaret asosida geometrik shakllarni chizish va bо„yashga, xarf qismlariga о„xshash shakldagi xoshiyalar, rasmlar chizishga, sо„ngra esa xarf shakllarini yozishga о„rganadilar. Alifbe davri yil mobaynida soddadan murakkabga qarab tо„rt bosqich bо„yicha amalga oshiriladi. Yordamchi maktabda alifbe davrida tovush va xarflar soddadan murakkabga qarab t о„rt bos qich b о„yicha о„rgatiladi. 1-bosqich Oo, Aa, Ii, Uu, Ll, Nh tovush va xarflarni о„rgatish. Tovushni t о„g„ri va ani q talaffuz etish, uni s о„z boshidan, oxiridan ajratib k о„rsatish. Tovush va xarflardan yopi q ( ol,il, un, ot) s о„ngra ochi q (lo, li, no, ta kabi) b о„g„inlat tuzish va ch о„zib, bir nafas chi qarishda о„ qishga о„rgatish. Ikki tovushli yopi q va ochi q b о„g„in xamda s о„zlarni bir-biri bilan ta q qoslash. Ular ishtirokidagi s о„z va gaplarni tuzish, kesma xarflardan terish, о„ qish. Yozuv darslarida о„tilgan xarflarning bosh xarfini yozma shaklida xusnixat qoidalariga rioya qilgan xolda yozishga о„rgatish. 2- bos qich Tt, O 'o', Mm, Ss, Bb, Hh, Dd, Kk tovush va xarflari bilan tanishtirish. Yangi о„rganilgan xarflarni b о„g„in, s о„z ichidan ajratib olish, о„rnini ani qlash (s о„z boshida, о„rtasida, oxirida). Ikki tovush ishtirokidagi ochi q va yopi q b о„g„inlar tuzish, ularni ch о„zib, q о„shib о„ qish. Ikki tovushdan iborat ochi q va yopi q b о„g„inlardan s о„z tuzish va uni о„ qish. (bola, bino, bobo, lola, Nabi, Soli, mana, t о„ti). 3-bosqich Sh, Rr, Ee, Yy, Qq, Vv, Pp, Zz ,Gg tovush va x‟arflari bilan tanishtirish, ularni bо„g„in, sо„z va gaplarda tо„g„ri о„qish va yozishga о„rgatish. Ma‟lum tovush ishtirokidagi s о„z topish ( sо„z boshida, о„rtasida, oxirida kelgan). Ochiq va yopiq bо„g„inli sо„z tuzish, yangi о„rganilgan bо„g„inlar ishtirokida sо„z va gaplar tuzish. Ikki-uch sо„zdan iborat gaplarni о„qish, taxlil etish, kesma xarflardan tuzdirish. Tovush v xarflarning bosma va yozma , bosh va kichik xarflari bilan tanishtirish, bosh va kichik qо„l yozma shakldagi xarflarni tо„g„ri yozishga mashq qilish. Nuqtalar о„rniga kesma xarflardan mosini qо„yib, sо„zlarni tiklash, kо„chirib yozish. О„tilgan xarflar ishtirokidagi bо„g„in, sо„z va gaplarni xusnixat qoidalariga rioya qilgan xolda kо„chirib xamda diktovka ostida yozishga mashq qildirish. 4-bosqich О„tilganlarni takrorlash, mustaxkamlash. Yangi Ch, G'g', Ff, Jj, Xx, ( ') tutuq belgisi xarflari bilan tanishtirish, yozish vaqtida amaliy yо„l bilan unli va undosh tovushlarni ajratish. Yangi tovush-xarf ishtirokidagi yopiq va ochiq, avval ikki, sо„ngra uch tovushdan iborat bо„lgan bо„g„in va sо„zlarni tuzish, о„qish va yozish. Undosh tovushlari yonma-yon kelgan bо„g„inli s о„zlar bilan ( mard, qirk, stol, stul, sharq) tanishtirish, ular ishtirokidagi sо„z va gaplarni kesma xarflardan tuzish, о„qish va yozishga о„rgatish. Alifbe darsligi xamda boshqa manbalardan olingan sodda matnlarni bо„g„inlab, ongli о„qishga о„rgatish. Xusnixat qoidalariga rioya qilgan xolda kitob va doskadan bosmacha va q о„l yozma shrift bilan yozilgan matnlarni k о„chirib yozish. Amaliy mash qlar asosida kishilarning ismi va familiyasi bosh xarf bilan yozilishini о„rgatish. Taxlil qilingan sodda sо„z, gaplarni о„qib turib, diktovka ostida yozdirish. Murakkab sо„zlarni mustaqil taxlil etib, kesma xarflardan tuzib о„ qish xamda yozish. Nuqtalar о„rniga kerakli xarflarni qо„yib, doska va kitobdan kо„chirib yozish. Savod о„rgatishning alifbe davri oxirida tо„rt bos qichdan s о„ng о„ quvchilar : Unli va undosh tovushlar, ularning talaffuziga xos farqlanish xaqida ma‟lumot bera oladigan ( Xavo oqimi tо„siqqa uchraydi, uchramaydi); Xarf va tovush munosabatiga oid tuchunchalar bilan tanishgan; Kesma xarf va bо„g„inlar asosida sо„z xosil qilish, tuzilgan sо„zlarni tо„g„ri о„qiy oladigan; Sо„zlarni bо„g„inlab о„qishga о„rgangan; О„qish jarayonida amal qilinishi lozim bо„lgan gigiyena qoidalariga rioya qila oladigan ; Unli va undosh xarflarning bosh va kichik shakllarini yoza oladigan bolichlari lozim. О„quvchida yozuv sifatini, ya‟ni: xarflarni tо„g„ri bog„lab yozish; xarflarni 650 qiyalikda yozish; xar bir qatorda xarflarning bir xil balandlikda bо„lishiga erishish; xarf unsurlari, xarflar va sо„zlar orasidagi masofalarni bir xilda saqlash kabilarni shakllantirish datsurda talab etilgan. Shunday qilib, yordamchi mexnat ta‟limi maktabida Savod о„rgatish ishlari alifbegacha, alifbe va alifbedan keyingi davrlar bо„yicha amalga oshiriladi. Savod о„rgatishning alifbe davrida xarflar tо„rt bosqichb о„yicha soddadan murakkabga qarab о„rgatiladi. Intellektida nuqsoni bо„lgan bolalar alifbe davridagi о„qish va yozuv darslarida о„zlashtirishi lozim bо„lgan barcha bilim, kо„nikma va malakalar nafaqat ta‟limiy va tarbiyaviy, balki korreksion axamiyatga xam ega. Xar bir darsda bolaning bilish faoliyatidagi kamchiliklari izchillik bilan bartaraf etib boriladi. Download 118.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling