Qo‘ruv-fazoviy idrokni va ko‘rgazmali-obrazli tafakkurni rivojlantirish. Tadqiqotimiz asosida ko‘rgazmali-obrazli va konstruktiv tafakkurni yuqori darajada rivojlantirish yozma nutq buzilishlarini oldini olishda katta ahamiyatga egaligini aniqladik. Mazkur bo‘lim quyidagi asosiy yo‘nalishlarga ega:
A) Perseptiv va konstruktiv topshiriqlarni bajarishda fazoviy mo‘ljal olish bosqichi ustida ishlash. Bolani tasvir va kurilmalarni tartib bilan va izchil ravishda tahlili etishga o‘rgatiladi. Tasvir yoki shaklni asosiy, birlamchi elementlari, mashg‘ulotlarning dastlabki bosqichida shablonlar yordamida predmetli xatti-harakatlar tarzida, keyingi mashg‘ulotlarda esa tafakkur asosidagina ajratish va farqlashga o‘rgatiladi.
B) Sensor etalonlar bilan ishlash va unga mos so‘zli tushunchalarni egallash: asosiy geometrik shakllar, o‘lchamlar, fazodagi joylashuvini bildiruvchi tushunchalar va h.z. Buning uchun “Ta’rifi asosida top” o‘yini, “Rassom nima chizganini top”, turli geometrik shakllar yig‘indisidan ibort tuzilmani eslab qolishga qaratilgan o‘yinlar qo‘llanadi.
V) Ko‘ruv obrazlarini tafakkur asosida joydan joyga ko‘chirish va transformatsiyalash malakalarini rivojlantirish.
Tasviriy-grafik qobiliyatlarni shakllantirish. Korreksion ish ikki yo‘nalishda olib boriladi. Birinchi yo‘nalish grafomotor malakalarni rivojlantirishga va ikkinchi yo‘nalish grafik simvolizatsiyani o‘zlashtirishga qaratiladi. Korreksion ish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
A) geometrik shakllarni kontur bo‘yicha shtrixlash va chizish, namunadan ko‘chirish;
B) Tugatilmagan rasmlarni yakunlash;
V) “Kim diqqatliroq?” o‘yini – naturadan chizishda imkon boricha ko‘proq detallarni tasvirlash;
G) Rasmdagi yetishmaydigan detallarni chizish({B}dan farqli ravishda rasmlarni faqat ba’zi detallari yetishmaydi);
D) Shakl yoki bir necha shakllar yig‘indisini eslab qolib chizish;
Ye) Harf va so‘zlarni shablonlar yordamida yozish. Selluloid yoki pleksiglasdan yozma shrift uchun shablonlar tayyorlanadi va bola ular orqali avtomatlashgan kinemalar, ya’ni harflarni tasvirlash uchun malakaviy xatti-harakatlar ustida ishlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |