Mundarija Kirish bob. Muammoni o’rganishning ilmiy nazariy asoslar


Fonematik idrokni tekshirish natijalari


Download 123.27 Kb.
bet13/17
Sana08.03.2023
Hajmi123.27 Kb.
#1251894
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
o\'qish va yozuvdagi kamchiliklarini oldini olish

Fonematik idrokni tekshirish natijalari
Fonematik idrokni tekshirish natijalarining ko‘rsatishicha maktabgacha yoshdagi nutq nuqsonlariga ega bo’lgan bolalarda nutqning fonematik tomoni normadan orqada qolishi aniqlandi. nutq nuqsonlariga ega bo’lgan bolalarda tovushlarni talaffuz qilishda ularni bir-biridan ajrata olmaslik, bolalar nutqida differensiyalanmagan tovushlar bo‘lishi, tovushlarni almashtirish, nutqda ularni to‘g‘ri qo‘llamaslik, tovushlarni eshitishga ko‘ra yetarli farqlamaslik kuzatildi. Bu kamchiliklarning xususiyati va namoyon bo‘lishi tovushlarning artikulyar va akustik xususiyatlariga, nutqni tartibi va hokazolarga bog‘liq.
Tekshirish jarayonida bolalar ma’lum tovushni, bo‘g‘inni tovushlar, bo‘g‘inlar qatoridan ajratishga qiynaldilar.
Bolalarning fonemalarni o‘z nutqi va boshqalar nutqida aniq farqlamasliklari, ayniqsa jarangli-jarangsiz, sirg‘aluvchi-shovqinli, tovushlarni farqlashda namoyon bo‘ldi. Bundan tashqari, hosil bo‘lish o‘rni va hosil bo‘lish usuli bo‘yicha o‘xshash tovushlarni (sh-j, z-s, b-p, d-t, k-g) farqlashda bolalar ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘ydilar.
Berilgan tovushga so‘z o‘ylab topish va rasm tanlashda bolalar uzoq o‘ylanib, qiyinchilik bilan javob berishga urindilar. Biroq nutq nuqsonlariga ega bo’lgan bolalar uchun fonematik idrokning rivojlanmaganligi xarakterli ekanligi sababli bolalar topshiriqlarni deyarli bajara olmadilar.
Fonematik idrokni tekshirish natijalari 1-jadvalda batafsil berildi.
Nutq nuqsonlariga ega bo’lgan bolalar fonematik idrokni tekshirish natijalari
1-jadval



Namoyon bo‘lishi

Bolalarning topshiriqni bajarganligi ko‘rsatkichlari (% hisobida)

5

4

3

2

1

1

Bir qator tovushlar ichidan ma’lum tovushni ajratish

-



30%



40%



10%
-

20%



2

Bir qator bo‘g‘inlar ichidan ma’lum bo‘g‘inni ajratish

-



20%



-



-



80%



3

Artikulyatsion jihatdan bir-biriga o‘xshash bo‘g‘inlarni takrorlash

-



30%



40%



30%



-



4

Artikulyatsion jihatdan bir-biriga o‘xshash tovushlarni takrorlash

-



30%



40%



30%



-



5

Berilgan tovushga so‘z o‘ylab topish

10%



-



70%



-



20%



6

Berilgan tovushga rasm tanlash

-



-



70%



-



30%



Nutqida nuqsoni bo’lgan bolalarning fonematik idrokini o‘rganish natijasida quyidagilarni aniqladik
20% (2 ta) nutq nuqsonlariga ega bo’lgan bolalar bir qator tovushlar ichidan ma’lum tovushni ajratolmaydi, 10% (1 ta) nutq nuqsonlariga ega bo’lgan bolalar topshiriqni xato bajardi, 40% (4 ta) nutq nuqsonlariga ega bo’lgan bolalar topshiriqni logoped yordamida bajardi va qolgan 30% (3 ta) nutq nuqsonlariga ega bo’lgan bolalar topshiriqni takrorlagachgina to‘g‘ri bajardilar.
Bir qator bo‘g‘inlar ichidan ma’lum bo‘g‘inni ajratish topshig‘ini 20% (2 ta) nutq nuqsonlariga ega bo’lgan bolalar topishiriq takrorlangach bajardilar, qolgan 80% (8 ta) nutq nuqsonlariga ega bo’lgan bolalar esa topshiriqni umuman bajara olmadilar.
Artikulyatsion jihatdan bir-biriga o‘xshash bo‘g‘inlarni takrorlash topshirig‘ini 30% (3 ta) nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalar xato bajardilar, 40% (4 ta) nutq nuqsonlariga ega bo’lgan bolalar logoped yordamida bajardilar va qolgan 30% (3 ta) nutq nuqsonlariga ega bo’lgan bolalar topshiriq takrorlangach bajardilar.
Artikulyatsion jihatdan bir-biriga o‘xshash tovushlarni takrorlash topshirig‘ini 20% (2 ta) nutq kamchiliklariga ega bolalar xato bajardilar, 40% (4 ta) nutq nuqsonlariga ega bo’lgan bolalar topshiriqni logoped yordamida bajardilar va 40% (4 ta) bolalar topshiriq takrorlangach bajardilar.
Berilgan tovushga so‘z o‘ylab topish topshirig‘ini 10% (1 ta) nutq nuqsonlariga ega bo’lgan bolalar to‘g‘ri bajardilar, 70% (7 ta) nutq nuqsonlariga ega bo’lgan bolalar logoped yordami asosida bajardilar va 20% (2 ta) nutq nuqsonlariga ega bo’lgan bolalar topshiriqni umuman bajara olmadilar.
Berilgan tovushga rasm tanlash topshirig‘ini nutqida nuqsoni bo’lgan bolalarning 70% (7 ta) bolalar topshiriqni logoped yordamida bajardilar, qolgan 30% (3 ta) nutq nuqsonlariga ega bo’lgan bolalar topshiriqni umuman bajara olmadilar.


    1. Download 123.27 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling