Mundarija kirish I – bob. Biotexnologiyaning rivojlanishi
Download 0.62 Mb.
|
Kurs ishi (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Beshinchidan
Birinchidan, hujayrada modda almashinuv jarayonini boshqarish orqali kerakli mahsulotning to ‘planishiga erishish.
Ikkinchidan, hujayra ichida murakkab, samarali, turli tashqi omillarga chidamli makromolekulalarning sintez bo‘lishini boshqarish. Uchinchidan, yangi natijalarga erishish uchun DNK-biotexnologiyasi va hujayra injeneriyasi uslublarini yanada chuqurlashtirish va mukammallashtirish. To‘rtinchidan, chiqmdisiz toza biotexnologik jarayonlar yaratish. Beshinchidan, biotexnologiya jarayonlarida ishlatiladigan jihozlarni zamonaviylashtirish va bu jarayonlarni texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilash. Biotexnologiyaning yo‘nalishlari: • sog‘liqni saqlash sohasida — turli kasalliklami davolash, ularning diagnostikasi va profilaktikasi uchun yangi biologik faol moddalar va dorivor preparatlar yaratish; • qishloq ho‘jaligi sohasida — o‘simliklarni turli kasal qo‘zg‘atuvchilar va zararkundalardan himoyalash uchun biologik vositalar, bakterial o‘g‘itlar, o ‘simlik va hayvonlaming o‘sishini boshqaruvchi biopreparatlar, noqulay atrof-muhit omillariga chidamli bo‘lgan o‘simliklaming serhosil navlarini hamda foydali xususiyatga ega boigan hayvonlarning mahsuldor zotlarini (transgen hayvonlar), ular uchun qimmatli bo’lgan veterinariya preparatlari, diagnostikumlar va oziqa qo'shilmalarini (oziqaviy oqsil, aminokislotalar, vitaminlar, oziqalarni hazm qilishga yordam beruvchi fermentlar va boshq.) va boshqa biopreparatlar tayyorlash texnologiyalarini yaratish; • oziq-ovqat, kimyo va mikrobiologiya sanoatlari uchun qimmatli bo’lgan mahsulotlar va ularni ishlab chiqarish uchun yangi, raqobatbardosh texnologiyalar yaratish; • ekologiya sohasida — turli xil chiqindilardan samarali foydalanish orqali ekologiktoza, chiqindilarsiz, raqobatbardosh, energiya tejamkor texnologiyalar yaratish va ularni hayotga tatbiq etish; noan’anaviy energiya manbalari: biogaz, bioetanol, biodizel va boshqalami yaratish texnologiyalarini ishlab chiqish va h.k. Demak, biotexnologiya — ilmiy-texnikaviy progressning predmetlararo sohasi bo’lib, u biologiya, kimyoviy va texnik bilimlar to’qnashuvida vujudga kelgan va u yangi biotexnologik jarayonlami yaratishga qaratilgandir. Bu jarayonlaor aksariyat hollarda past temperaturada amalga oshadi, kam miqdorda energiya sarflaydi va boshlangich xomashyo sifatida arzon substratlardan, hatto turli xil chiqindilardan ham foydalanadi. Hozirgi zamon biotexnologiyasining asosiy yo'nalishlarini 2-sxemadagi kabi izohlash mumkin. Shuni ham ta’kidlash lozimki, bu sxema biotexnologiyaning hozirgi holatini ifodalaydi, xolos. Kelajakda esa qator yangi tarmoqlar, yo‘nalishlar shakllanishi muqarrar. Chunki biotexnologiya turli fan sohalarining yutuqlaridan foydalanadi va ular asosida xilma-xil tijorat mahsulotlari yaratadi (3-sxema). Biotexnologiya azaldan ma’lum bolgan insonlar ishlatib kelayotgan an’anaviy jarayonlar, ya’ni pivo tayyorlash, pishioq ishlab chiqarish, konditerlik hamda chiqindilarni qayta ishlash kabijarayonlarni o‘z ichiga oladi va bu jarayonlarning barchasida biologik obyektlar qatnashadi. Bugungi biotexnologiyada yangi ishlanmalarni yaratish, rivojlantirish va jarayonlardan optimal foydalanish maqsadida kimyo, mikrobiologiya, biokimyo, molekulyar biologiya, kimyoviy texnologiya va kompyuter texnikasi metodlaridan keng foydalaniladi. Yuqorida keltirib o ‘tilganidek, o ‘tgan asming 70-yillaridan boshlab eng yangi biotexnologiya. ya’ni molekulyar biotexnologiya shakllana boshladi. Bu fanning bir qismi sanoat mikrobiologiyasi va kimyo injenerlik sohalarining yutuqlariga asoslangan bo‘lsa, uning molekulyar qismi mikroorganizmlaming molekulyar gene-tikasi, molekulyar biologiyasi va nuklein kislotalarning enzimologiyasi kabi fan tarmoqlarining yutuqlariga asoslangan. Biotexnologiyaning rivojlanish tarixi 11-jadvalda keltirilgan. Sana Voqealar 1917 – yil. Karl Ereki ≪biotexnologiya≫ atamasini kiritgan. 1943 – yil. Sanoat miqyosida penitsillin ishlab chiqarilgan. 1944 – yil. Everi, Mak-Leod va Mak-Kartilar genetik material DNKdan tuzilganligini ko‘rsatib berganlar. 1953 – yil. Uotson va Krik DNK molekulasining tuzilishini aniqlaganlar. 1961 – yil. ≪Biotexnologiya va bioinjeneriya≫ jumali ta ’sis etilgan. 1961 — 1966 – yil. Genetik kod o'qib chiqilgan. 1970 – yil. Birinchi restriksion endonukleaza ajratib olingan. 1972 – yil. To‘iiq hajmli t-RNK gcni sintez qilingan. 1973 – yil. Rekombinant DNK texnologiyasiga asos solingan. 1975 – yil. Monoklonal antitela olingan. 1976 – yil. Rekombinant DNKni olish bo’yicha yo’riqnoma ishlangan. 1976 – yil. DNKning nukleotid ketma-ketligini aniqiash metodi ishlab chiqilgan. 1978 – yil. E.coli yordamida inson insulini ishlab chiqilgan. 1982 – yil. Rekombinant DNK tcxnologiyasi bo'yicha olingan birinchi vaksinani hayvonlarda qo‘llashga ruxsat berilgan. 1983 – yil. Gibrid Ti-plazmidadan foydalanib, o ‘simliklar transformatsiyal aniqlangan. 1988 – yil. Polimerazaning zanjir reaksiyasi metodi yaratilgan. 1990 – yil. Insonning somatik hujayrasidan foydalanib, gen terapiyasini sinash rejasi tasdiqlangan. 1990 – yil. ≪Inson genomi≫ loyihasi b o ‘yicha ishlar boshlangan. 1994 – 1995 – yil. Inson xromosomasining genetik va fizik xaritasi chop etilgan. 1996 – yil. 1-rekombinant oqsil (eritropoetin) katta miqdorda ishlab chiqarilgan va sotilgan. 1996 – yil. Saccharomyces cerevisiae ning barcha xromosomalarining nukleotid ketma-ketligi aniqlangan. 1997 – yil. Somatik hujayradan sut emizuvchi hayvon klonlashtirilgan. 2003 – yil. Inson genomi to'liq o ‘qib chiqilgan. 2003-yil aprelda xalqaro konsorsium (genomni sekvenlash markazi; Vashington Universiteti va Kembrijdagi Senger markazi) - AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Yaponiya va Xitoy olimlari o‘zlarining 10 yil davom etgan tadqiqotlari natijasi — Inson genomini to ‘liq o’qib chiqqanliklarini chop etishgan. Bu tadqiqotning bahosi 3 mlrd dollarga teng bo‘lib, uning natijasida inson genomi 30 ming gendan va 3 mlrd nukleotid asoslardan tuzilgan ekanligi isbotlandi. Bundan tashqari, bir qator samarali texnologiyalar va genomning xaritasini tuzuvchi uskuna va jihozlar yaratildi. O‘zbekistonda biotexnologiyani fan sifatida ikki yo'nalishini ko‘rish mumkin: 1) hozirgi zamon biotexnologiyasi; 2) klassik biotexnologiya. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling