Relslar. Temir yo’llar qurilishida standart relslardan foydalaniladi. Relslarning xili ularning bir metrining massasiga qarab (kg/m) belgilanadi. Poezdlarning og’irligi, tezligi va serqatnovligi qancha katta bo’lsa, temir yo’l uchun massasi shuncha katta bo’lgan relslar qo’llanilishi ko’zda tutiladi. SHaxtalarda R18, R24, R33, R38, R43, R50 tipidagi relslar, ochiq kon ishlarida esa R38, R43, R50, R65 tipidagi relslar ishlatiladi. Relslar uzunligi esa ularni yotqizish joyigacha tashish usuliga qarab 8-25 metrgacha bo’ladi. Yer osti yuk tashish lahimlarida bir metrining og’irligi 24 kg/m dan kam bo’lmagan relslardan foydalaniladi. Magistral yo’llarda bir metrining massasi 33,5 kg/m va undan kata bo’lgan relslar ishlatiladi.
Relslar maxsus po’latdan tayyorlanadi va termik ishlov beriladi. Relslar bosh qismi, bo’yin qismi va asos qismlaridan iboratdir .
3 -rasm. Relsning ko’ndalang kesimi sxemasi va qoziqcha bilan qotirish usuli.
Relslarning texnik tavsiflari. (1- jadval)
Do'stlaringiz bilan baham: |